Eski turkiy til bosqichi.
XI-XIX asrlarda amalda bo’lgan til eski turkiy deb ataladi. Yusuf Xos Hjibning “Qutadg’u bilig” asari ham shu tilda yaratilgan.
Eski o’zbek tili bosqichi.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo’llangan til eski o’zbek tili deb nomlanadi. Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Muqumiy, Furqat, zavqiy va boshqa ko’plab ijodkorlarning ko’plab asarlari shu tilda yaratilgan
Yangi o’zbek tili bosqichi.
XIX asrning ikkinchiyarmidan hozira qadar iste’molda bo’lgan til hozirgi o’zbek tli deb ataladi. “ Turkiston viloyati gazeti “ nashr qilina boshlagan vaqt 1870-yildan to shu kungacha bo’lgan davrlardagi asarlar hozirgi o’zbekadabiy tilining namunalari hisoblanadi
“Istalgan millatning madaniyatini yo’qotmoqchi bo’linsa, uning milliy mafkurasini o’zgartirmoqchi bo’linsa, uning milliy an’analarini yer yuzidan tak-tugi bilan ko’chirmoqchi bo’linsa uning milliy ona tilisini birinchi navbatdan yo’qotilsa bu millat o’z-o’zidan yo’qolib ketadi”-,degan fikr o’zining isbotini necha asrlardan beri bo’y ko’rsatib kelmoqda
Bizning ona tilimiz ham xuddi shunday holatga, yo’qolish arafasiga kelib qolgan, tubsizlikka mahkum jarlik sari kim uchundur bilinmas, kim uchundur shahdam qadam bilan ketayotgan davrda birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov va o’sha davrdagi yurtimizning, millatimizning ko’pchilik ziyoli vakillari birgalikda o’z ona tilimizga davlat tili maqomi berilishini mustabid tuzum hukmron doiralardan talab qilishib , nihoyat o’zlarining va millatning o’sha davrdagi eng muhim va eng ezgu orzularidan biri bo’lgan orzusiga erishishdi.
1989-yil 21-oktabr sanasida O’zbek tiliga-- davlat tili maqomi berilishidagi qonun qabul qilindi. Keyinchalik esa 1995-yil 21- dekabr sanasida qayta takomillashtirilgan
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim, Tilim turib o’z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag’ri dilim, Ona tilim, kechir meni, onatilim. Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo’q deb zirqiraydi bir joylarim, Paravozni hansiratgan bug’doylarim, Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Muhammad Yusufning ushbu she’ridan olingan parcha orqali biz o’sha tilimizni botqoqqa qorishtirishga tajovuzlar ko’paygandan ko’paygan paytdagi holatni aksini hech qanday vositasiz ko’rishimiz mumkin. Nafaqat Mauhammad Yusuf balki butun xalq, ayniqsa, ziyoli, ijodkor qatlam o’z ona tilisida bemalol gaprolmas. Davlat ishlari rus tilida yuritilardi.Eng qo’rqinchlisi esa bu hodisa aholi o’rtasida ham rus tilining ommalashishiga, aksincha, o’zbek tilining qadrsizlanishiga sabab bo’layotgan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |