18. O‘zbek tili lug‘atining boyish manbalari javoblarning qaysi birida to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari hisobiga;
B. Boshqa tillardan so‘z olish hisobiga va ichki imkoniyatlari hisobiga;
C. Texnika sohasining taraqqiyotga erishuvi orqali;
19. Tilshunoslikning terminologiya bo‘limida nimalar o‘rganilinadi?
A. So‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar yasash.
B. Ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘rganish va leksikada qo‘llash.
C. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti va rivojlanishi natijasida ortirilgan terminlarni o‘rganadi.
20. Termin so‘ziga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A. Termin – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib ”chek yoki chegara “ degan ma’nolarni anglatadi.
B. Termin – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib qarama qarshi degan ma’nolarni anglatadi.
C. Termin- bu talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘lgan so‘zlardir.
21. Javoblarning qaysi birida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF- 5850-son qarorining nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida .
B. 2020 — 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida.
C. Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oShirish to‘g‘risida.
22. Javoblarning qaysi birida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi Pf 6084- sonli farmonining nomi to‘g‘ri berilgan.
A. Mamlakatimizda O‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- t adbirlari to‘g‘risida.
B. Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish to‘g‘risida.
C. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida.
23. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishimizda oldimizda qanday vaifalar turadi?
A. O‘zbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib boriSh, 2020 yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratiSh, teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030 yilgacha 100 foizga etkazish.
В. Do‘stlik axborot-ma’rifiy dasturlar tahririyati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari va quyi tashkilotlarning mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etish.
С. 2021 yil 1 yanvardan boshlab markaziy telekanallarda «Tilga e’tibor», «Ona tilida so‘zlashamiz», «Notiqlik mahorati», «Til – millat ko‘zgusi», «Kitob bilim manbai», «Bilimli yoshlar — kelajak bunyodkori» kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |