Mustaqil ish mavzulari Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o‘zbek tilini Davlat tili sifatida o‘qitish masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plash..
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo‘yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.
3. O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “Raqamli iqtisodiyot” mavzusida ijodiy matn yaratish.
4. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Kimyo texnologiyasiga oid o‘z va o‘zlashgan so‘zlar tasnifi.
5. O‘zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan sohaga oid so‘zlar izohi bilan tanishish.
6. Kimyoviy texnologiyaga oid terminlar bo‘yicha nostandart testlar tuzish.
7. Kimyoviy texnologiyaga oid ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili.
8. Kimyogar olimlarning ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida
reproduktiv testlar tuzish.
9. Badiiy, so‘zlashuv, publisistik uslublarda matn tayyorlash.
10. Ixtiyoriy badiiy yoki ilmiy asar mutolaasi, o‘qilgan asarlar jadvalini
tuzish.
11. O‘g‘zaki va yozma savodxonlikni o‘stirishda asar mutolaasining o‘rni
haqida esse yozish.
12. So‘zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish. Kimyoviy
texnologiyaga oid ilmiy mavzuning og‘zaki taqdimoti.
13. Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil
qilish. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.
14. Soha bo‘yicha terminlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, yangi terminlar
ustida ishlash.
15. Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish.
16. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash.
17. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy maqolaga rezyume tayyorlash.
18. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash.
19. “Mashhur kimyogar olimlar” mavzusida rasmli ko‘rgazmali vosita
tayyorlash va uni taqdim etish.
20. “Mutaxassis va davlat tili” mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzeri
asosida ochib berish.
21. “Mutaxassislik tarixidan” mavzusini Klaster usulida yoritib berish.
22. Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish.
23. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma)
24. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari)
25. Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari.
26. Kimyoviy texnologiyasiga oid innovatsion yangiliklar haqida taqdimot tayyorlash.
27. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish.
28. Ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish, ularda soha terminlarining qo‘llanishiga e’tibor qaratish.
29. Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish.
30. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga
tayyorlash. Himoya nutqi.