O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021


Ish qog‘ozlarini yozishni o‘rganish uchun quyidagilarni bilish zarur



Download 11,9 Mb.
bet5/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

Ish qog‘ozlarini yozishni o‘rganish uchun quyidagilarni bilish zarur:

  1. Avvalambor ish qog‘ozining yo‘nalishi va uning tuzilishi bilan e’tibor berib tanishish kerak;

  2. Hujjat namunasi matnini o‘qigandauning mohiyatini bilishgaharakat qilish, axborot bayoni izchilligiga, xatboshilarning joylashishiga va tininsh belgilarning qo‘yilishiga e’tibor berish kerak;

  3. Yangi hujjat yozishga kirishganda “e’tibor bering” sarlavhasi ostidagi matn bilan albatta tanishing va unga rioya qiling;

  4. Notanish so‘zlarning ma’nosini izohli va ruscha-o‘zbekcha lug‘atlardan foydalangan holda aniqlash kerak.



3-topshiriq.Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, “Tilning mening sohamda to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati” mavzusida taqdimot tayyorlang.


4-topshiriq. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, o‘zga tillarda nomlangan 10 ta mahsulotga o‘zbek tilida muqobil nom topib yozing.
2-MAVZU:O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY FUNKSIYALARINING KENGAYISHI: JAMIYATDAGI O‘ZGARISHLAR
VA TIL RIVOJI.
Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi. Jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi. Til ijtimoiy funksiyalari kengayishining so‘z semantik strukturasiga ta'siri.


1-topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering.

Til paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot yo‘lini o‘rganish tilning qanday hodisa ekanligini o‘rganish imkonyatini beradi. Tilshunoslikda avvaldan qarama-qarshi ikki fikr o‘rtasida kurash ketadi.


Birinchisi; XIX asrda germanyada shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikr. Uning fikricha, til rivojlanishi xalq irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi, u o‘z qonunlari asosida rivojlanadi. Bundan til boshqa tabiiy hodisalar singari o‘z o‘zida paydo bo‘ladi rivojlanadi, o‘ladi degan fikr kelib chiqadi.
Aslida, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat va xalq bilan uzviy bog‘liq. Jamiyat bor joyda til bor. Misol uchun Hindistonda ikki bolani bo‘rilar to‘dasi ichidan topishadi. Biri 2 yoshda ikkinchisi 7 yo 8 yoshda bo‘lgan. Ularga tilni qancha o‘rgatishmasin gap tuza olishmaydi. Buni kuzatgan olimlar sotsiologalar tilshunoslar shunday xulosaga kelishadi. til-nutq muhiti bolani chaqoloqligidan yaratilishi kerak. Shunday qilib til ijtimoiy harakterga ega ijtimoiy hodisa ekan.
Til fikr ifodalashning muhimi vositasi chunki u ijtimoiy hodisa undan ijtimoiy hayotda so‘zlashishda, fikr va xayollariizni ifodalashda foydalanamiz. Til insonyat bilan birga paydo bo‘ladi va uning hayotida muhim ahamyat kasb etadi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy dunyo narsa predmetni ong orqali idrok qilish ular ustidan mulohaza yurutish, ularga oid fikrlarni so‘z orqali ifodalash imkonyatiga ega bo‘ldi.



Funksiya (lot. functio — bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi;


Tilning ijtimoiy vazifalari: til-biologik hodisa emas, ijtimoiy hodisa ekanligini hisobga olgan holda, tilning ijtimoiy vazifalari juda muhim. Masalan, Til jamiyatda, avvalo, axborat almashinuvida, insonlarda bir biri bilan fikr almashunuvi va o‘z fikrlarini, tuyg‘ularini ifoda etishda foydalaniladi va yana ko‘plab boshqa vazifalari bor. Shularni hisobga olgan holda tilni asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa –munosabat vazifasi ekanligini ta’kidlash mumkin.
Tilning falsafiy masalalari: falsafa va fanda tilni ilmiy bilishning ikki bosqichi farqlanadi.
-fahmiy yani emperik bilish
-nazariy (idrokiy,mantiqiy bilish).
Nazariy bilishni fahmiy bilishsiz aalga oshirilib bo‘lmaydi.amaliy bilish jarayonida to‘plangan faktik material nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li bilan umumlashtirib ularning mohiyati ochiladi.

Tilning asosiy vazifalari:


1. Kommunikativ (muomala, aloqa qilish), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon ), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat ) va boshqa Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsad vazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruhlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi. Tilning kommunikativ funksiyasi aloqa, muomala qilish uchun xizmat qilish tilning eng muhim funksiyasidir. Kishilar til orqali bir –birlarini tushunadilar.bu tilning kommunikativ yani ijtimoiy funksiyasidir.
2. Ekspressiv yani emotsional funksiya: kishilar bir birlariga til yordamida ta’sir qiladi. His–hayajon,istak,ruhiy kechinmalarni izhor etish vositasi.
3. Akkumulativ funksiya: tilda to‘plangan tajriba va bilimlarini kelajak avlodga yetkazish funksiya.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi.Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo‘shadigan hodisalar bo‘lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.

Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish