Tadqiqotning predmeti. So’z va morfemalarning yozuvda qadimdan odat bo’lib qolgan shaklda yozilishi imloning tarixiy-an’anaviy tamoyili deb ataladi. Bu tamoyilda so’zlarning yagona shakli va talaffuzi e’tiborga olinmaydi. So’zlar hozirgi holatiga qarab emas, balki qadimdan an’ana tusiga kirib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Masalan fikr, qadr, aql, ilm so’zlari talaffuzda i tovushi orttirilgan holda fikir, qadir, aqil, ilim tarzida aytiladi. Ammo tarixiy -an’anaviy tamoyil bo’yicha bu so’zlar i tovushisiz yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |