Mos manbalarni topish
Talabalar uchun istalgan kursda muvofiq manbani tez topish va tushuna olish muhim hisoblanadi. Bu bo‘lim:
Akademi ishlar uchun eng mos matn turlarini
1. Akademik matnlar
Siz veb sayt yoki jurnal maqolalari kabi matn turlarini o`qishingiz kerak . Demak, eng mos matnlarni aniqlash va ularning qiymatini baholashga yordam beradigan xususiyatlari bilan tanishish muhim sanaladi.
2. Adabiyotlardan foydalanish
Sizning o`qituvchinigiz qog`ozda chiqarilgan ro`yxatni berishi mumkin yoki u kutubxona veb sayti orqali onlaynda mavjud bo`lishi mumkin. Ro`yxat odatda darslik, jurnal maqolalari va veb saytlardan tashkil topadi. Agar ro`yxat elektron bo`lsa, materialning mavjudligini tekshirish uchun kutubxona katalogiga ishora beriladi. Agar ro`yxat qog`ozda chiqarilgan bo`lsa, siz matnni topish uchun kutubxona katalogidan foydalanishingizga to`g`ri keladi. Siz kitobning barcha so`zini o`qishingiz shart emas, chunki o`qiydigan joyingiz ro`yxatda berilgan. O`qituvchingiz qaysi betni o`qishingizni va qaysi qism muhimligini aytar. Adabiyotlar ro`yxatida quyidagi formatlarni ko`rasiz:
Kitoblar Miles T.R.Dyslexia: a hundred yearson /T. R. Miles and Elaine Miles, 2nded. Open University Press, 1999.
Jurnal maqolalari Paulesu E. etal.Dyslexia: madaniy xilma-xillik va biologic birlik. Science, 2001, 291, betlar2165–2167.
Vebsaytlar: www.well.ox.ac.uk/monaco/dyslexia.shtml
Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz. Masalan, sizga esse mavzusi berilgan bo‘lsin: “Baland binolar balandligiga amaliy chegara bormi? Javobingizni yaqinda qurilgan bir necha osmono`par binolar misolida keltiring”.
Internet manbalarini tanqidiy tahlil qilish
Eski yoki ishonchsiz matnlarga siz vaqtingizni sovura olmaysiz. Agar siz o‘qish ro‘yxatingizda bo‘lmagan materialdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz uni ishonsa bo‘ladigan materiallarni yo‘qmi tekshirishingiz kerak.
Internet manbalari yetarli va qulay, ammo siz har bir sayt haqida bir necha savol so‘rashingiz kerak:
U mos saytmi?
Muallif nomi berilganmi va u mashhurmi?
Matn tili akademik uslubga mosmi?
Matnda muharrir xatolari bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |