Ikkinchi qoida: Nima haqda gapirayotganingizni va nimalarni tushuntira olishingizni juda yaxshi, ipidan ignasigacha bilishingiz kerak bo’ladi. Agar Siz o’z ma’ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo’lsangiz, Siz boshqa bir ko’r kishini etaklamoqchi bo’lgan ko’rga o’xshab qolasiz. Agar Siz biror bir narsani gapirishingiz kerak bo’lsa, gapira olsangiz va bu sohani yaxshi bilsangizgina ma’ruza qiling. Gapirib bo’lgandan so’ng, minbarda ko’p qolib ketmasdan joyingizga o’tiring. Agar ma’ruza qilayotgan chog’ingizda u bilan bog’liq biror nimanidir ko’rsatsangiz yoki xayotiy misollarnamoyish
etsangiz, auditoriyaga mavzu yanada tushunarli bo’ladi va Siz ham ko’pchilik oldida o’zingizni yo’qotib qo’ymaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |