2-topshiriq. Matnni o’qing. Matnda berilgan ma’lumotlarni eslab qoling.
Mos manbalarni topish
Talabalar uchun istalgan kursda muvofiq manbani tez topish va tushuna olish muhim hisoblanadi. Bubo‘lim:
1. Akademik matnlar
Siz veb sayt yoki jurnal maqolalari kabi matn turlarini o`qishingiz kerak. Demak, eng mos matnlarni aniqlash va ularning qiymatini baholashga yordam beradigan xususiyatlari bilan tanishish muhim sanaladi.
2. Adabiyotlardan foydalanish
Sizning o`qituvchinigiz qog`ozda chiqarilgan ro`yxatni berishi mumkin yoki u kutubxona veb sayti orqali onlaynda mavjud bo`lishi mumkin. Ro`yxat odatda darslik, jurnal maqolalari va veb saytlardan tashkil topadi. Agar, ro`yxat elektron bo`lsa, materialning mavjudligini tekshirish uchun kutubxona katalogiga ishora beriladi. Agar, ro`yxat qog`ozda chiqarilgan bo`lsa, siz matnni topish uchun kutubxona katalogidan foydalanishingizga to`g`ri keladi. Siz kitobning barcha so`zini o`qishingiz shart emas, chunki, o`qiydigan joyingiz ro`yxatda berilgan. O`qituvchingiz qaysi betni o`qishingizni va qaysi qism muhimligini aytar. Adabiyotlar ro`yxatda quyidagi formatlarni ko`rasiz:
Kitoblar Miles T.R.Dyslexia: a hundred yearson /T. R. Miles and Elaine Miles, 2nded. Open University Press, 1999.
Jurnal maqolalari Paulesu E. etal.Dyslexia: madaniy xilma-xillik va biologic birlik. Science, 2001, 291, betlar2165–2167.
Vebsaytlar: www.well.ox.ac.uk/monaco/dyslexia.shtml
3-topshiriq. Matnni o’qing. Matndagi ma’lumotlarni institut kutubxonasidan foydalanishda qo’llang.
Kutubxona katalogidan foydalanish
Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar, siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, Agar, siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz. Masalan, sizga esse mavzusi berilgan bo‘lsin:
“Baland binolar balandligiga amaliy chegara bormi? Javobingizni yaqinda qurilgan bir necha osmono`par binolar misolida keltiring”.
Siz harakat qilishingiz mumkin:
Osmono`par dizayn
Osmono`par konstruksiya
Baland bino dizayni
Baland bino konstruksiyasi
Agar, siz maxsus fraza ishlatsangiz, siz bir necha sarlavhalarni topishingiz mumkin. Masalan, “Osmono`par ko struksiya”ga bitta kutubxona katalogida 3 ta narsa bor, lekin, “osmono`parlar” kabi umumiyroq so`zda 57 ta topiladi.
Siz kutubxona katalogiga “osmono‘par” so‘zini kiritdingiz va quyida dastlabki 10 ta natija berilgan. Yuqoridagi esse mavzusiga javob berish uchun, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Sababingizni keltiring.
To`liq
detallar
|
Sarlavha
|
Yil
|
Manzil
|
Mavjudligi
|
1
|
Osmon o‘parlar: Juda ham noodatiy binolar tarixi / Judit Dupra; Adrian Smit bilan intervyu
|
2013
|
Asosiy kutubxona
|
Bor
|
2
|
Manhettan osmono‘parlari/ Erik P. Nash; Norman Macgratdan rasmlar. 3-nashr
|
2010
|
Asosiy kutubxona
|
Bor
|
3
|
Art deco San Francisco [electron manba]
|
2008
|
San’at kutubxonasi
|
Bor
|
4
|
XXI asr osmono‘parlari/ Karlio Aiello
|
2008
|
Ilmiy kutubxona
|
Bor
|
5
|
Taypey 101/ Jorj Binder
|
2008
|
Asosiy kutubxona
|
Bor
|
6
|
Baland binolar: osmono‘parlar rasmlari/ Skot Jonson
|
2008
|
San’at kutubxonasi
|
Bor
|
7
|
Osmono‘parlar: osmon yetgan xayratomuz binolar/ Gerbert Rayt
|
2008
|
Asosiy kutubxona
|
Bor
|
8
|
Ekoosmono‘parlar/ KenYeng
|
2007
|
Ilmiy kutubxona
|
Bor
|
9
|
Strukturani optimallashtirish qiymati: tushunarsiz mantiq, genetic algoritm va parallel hisoblash/ Hojjat Adeli, Kamal C. Sarma
|
2006
|
Ilmiy kutubxona
|
Bor
|
10
|
Osmono‘parlar: Amerika baland binolarining ijtimoiy tarixi/ Jorj H. Duglas
|
2004
|
Asosiy kutubxona
|
Bor
|
To‘liq detallar. Agar, siz shuni bossangiz, kitob haqida ko‘proq ma’lumot olasiz. Agar, kitobning birdan ortiq nashrlari bo`lsa mavzuyingizga mosini taklif etadi.
Yil. Kitobning qachon ro‘yxatga qo‘shilganini ko‘rsatadi, har doim yangilanganini ishlatishga urining.
Manzil. Ko‘plab katta universitetlarda bittadan ortiq kutubxonalar bor. Bu sizga kitob qaysi birida saqlanayotganini aytadi.
Mavjudligi. Agar, siz borni bossangiz, kutubxonada necha nusxa borligini va olishga imkon borligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |