2-topshiriq. Matnni o’qing. Verbal va noverbal muloqotga sahna ko’rinishi tayyorlang.
M
So`zlar yordamida sodir bo`luvchi muloqot verbal muloqotga taalluqli bo`ladi.
uloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki, turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi.
Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hatto,ki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Noverbal muloqotning ahamiyati
1.Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
2.Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |