"Koʻngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin soʽz bil"
Rahbar ommaga, jamoaga oʽz fikrlari, nuqtai nazarini yetkazishga harakat qilar ekan, muhim sinovdan o‘tadi, zero, rahbar hukmu qarori oʽzgalarning taqdiriga ta’sir oʻtkazadi. Shu ma’noda omma (jamoa) muayyan ma’noda rahbarning muxolifi hamdir. Odamlar rahbarning yoʻl qoʻygan xatosiga, noto‘gʻri soʽziga darhol munosabat bildiradilar.
deydi hazrat Navoiy. Nutqda xato qilmaslikning choralaridan biri chin soʽzni aytish. Shunda soʽz tinglovchi qalbi qulfini ochuvchi kalitga aylanadi, odamlarni inontiradi, zero, "Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngliyu tili bir kishi aytqan soʽzga but".
Do'stlaringiz bilan baham: |