Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar - davlat muassasalari, kasaba uyushmalari, xo‘jaliklari, tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi.
Umumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli- tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish muddati albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |