G`ayrat va ishtiyoq xatti-harakatlarning ifodalanishi uchun qiyin bo`lgan aspektdir
Vaqt. Bu ehtiyotkorlik va qiziqish bilan tenglashtiriladi.
Tinglash va gapirish uchun odamlarga berilgan vaqt ularda o`z-o`zini hurmat qilish hissini yaratadi.
Boshqa tomondan esa, oʽzi va boshqa insonlarning vaqtini isrof qiluvchi shaxs, unumsiz va tartibsiz inson taassurotini yaratadi. Yigʻilishlarni boshqarishda vaqt hissi, yaxshi va yomon yangiliklarni bildirishda, taqdimotlarni qilishda, hurmat va Hayrixohlik qozonadi.
Oraliq masofa.Har bir muloqotchi oʽzi atrofida shaxsiy hududini koʻrgan boʻladi va muloqot mobaynida Agar, soʽzlovchi va tinglovchi munosabat yaqin boʻlmasa, bostirib kirishlariga imkon bermaydi. Edvard T. Xoll inson munosabatlarini 4 turdagi masofa turlari vositasida tasvirlaydi:
Yaqin – jismoniy aloqa 18 dyuymgacha (≈45sm)
Shaxsiy – 18 dyuym 4 futgacha (≈120 sm)
Ijtimoiy – 4 futdan 12 futgacha (≈365 sm)
Ommaviy – 12 futdankoʽzilgʻagunchavaeshitishguncha
Bu 4 hududlarning har birida savollarsiz, muloqot faoliyatining turi va sifati oʽzgaradi. Ammo, biz bu hududlarni shaxsan belgilashimizni va oʽzimizning turgan joyimiznioʽzgartirish bilan ularni oʽzgartira olishimizni yodda tuting. Shunday qilib, ularhar birimiz uchunoʽzgachadir. Masofa bir madaniyatdan boshqasida oʽzgacha boʻladi. Oraliq masofa ba’zan noto‘gʻri talqin etiladi hamda muloqotga vaxabar mazmuniga ta’sir koʻrsatadi. Biroq,, bo‘rttirilgan ongning emotsionalholatida normal masofa pisand qilmasligi mumkin. Proksemikaga kishilarning muloqot davomida bir-biriga qarab, moslab ishtutishiva oraliq masofani tutishi kiradi:
Ovoz.Ovoz quyidagi xususiyatlarga ega: ohang – ovozning sifati. Balandlik notiq va tinglovchi oʻrtasidagi masofa va auditoridagi odamlar soniga ongli ravishda moslashtiriladigan balandlik yoki mayinlikdir. Juda ham baland gapirish oʽzini tuta bilish kamligi yoki qo‘pol tabiatini namoyon qiladi. Chastota (balandlik) shkaladagi baland yoki past nota. Baland notadagi ovoz koʻpincha yoqimsiz, kamolotga yetmagan yoki emotsional kasallik fikrini uygʻotadi, qo‘rqqan shaxs yuqori chastotada gapiradi. Mayinlik bilan, past chastotada va talab qilingandek balandlikni ko‘tarish yaxshiroqboʻladi.
Tezlik.Tezlik nutq omilidir. Tez nutq hayajonlanishni bildiradi. Biz qiziqarli hikoyani aytishda gapirish tezligini oshiramiz va qiyin fikrni tushuntirish uchun tezlikni kamaytiramiz.
Talaffuz.Talaffuz soʽz aytilishining qabul qilingan standart yoʻlini anglatadi. To‘gʻri va aniq talaffuz muhim va soʽzlovchining diqqat-e’tiborliligini va auditoriyaga fikri borligini koʻrsatadi.
Aksent. Odamning tildagi tovushlarni talaffuz qilish uslubi aksent boʻladi. Har bir tilning tovushlarni shakllantiruvchi oʽz usuli bo`ladi, biz boshqa tilga oʽzona tilimizning aksentini oʻtkazamiz. Yangi tilda yaxshi aksent til egalarini eshitish orqali oʻrganiladi.
Sukut saqlash. Sukut saqlash muloqotning samarali yoʻli boʻlishi mumkin. Sukut saqlashga qodir boʻlish oʽz-oʽzini nazorat qilish va oʽziga ishonch –muloqotning qiyin metodi hisoblanadi. Qisqa sukut yoki tin olishlar soʽzlarga urgʻu berishda juda samarali. Muayyan soʽzdan oldin qilingan tin olish soʽzlarni boshqalaridan ajratadi. Mohirlik bilan qilingan pauza(tin olish) tinglovchini sergaklantirish kuchiga ega. Ammo, ba’zilari, masalan, telefon orqali muloqot kabi hollarda samarasiz boʻlishi mumkin, bu shaxs boshqasining yuz ifodasini koʻra olmagani uchun muloqotda toʻsiqlarga sabab boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |