Muomala va muloqot qoidalari
6-topshiriq:. Insonlar bilan muloqotning asosiyusullari.
Ko’pchilik insonlar, ayniqsa yoshlar o’zlarini zamonaviy jamiyat va jamoada qanday tutishlari kerakligi haqidagi, uyda va ishxonada nimalarga e’tibor berishlari lozimligi, savdoda, ish vaqtida insonlar bilan qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiqligi, do’stona va amaliy ko’rinishdagi suhbatlarni qanday qilib olib borish to’g’risidagi, oila va ishxonadagi konflikt sharoitlarda nimalar qilish mumkinligi haqidagi yangi va zamonaviy adabiyotlar bilan tanisha olmadilar, chunki ular o’z vaqtida yaratilmadi va natijada bu sohaga oid ta’lim-tarbiya berish ishi ancha oqsab qoldi. Jamiyat hayotini va uning hozirgi holatini faqatgina o’zaro munosabatlar qoidalari mukammal emasligi bilan tushuntirish juda ham soddalik bo’lgan bo’lar edi. Ammo bunday qonun-qoidalarning katta madaniy ahamiyatini rad etish ham katta xatolik bo’lar edi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, atrofdagilar bilan muloqot qoidalarini yaxshi bilmaslik ko’pchilik odamlar, ayniqsa, tadbirkorlar oldida kattagina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu sohada o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, moliyaviy munosabatlarda muvaffaqiyat qozonish, xatto iqtisodiyotning texnik sohalarida ham faqatgina 15% gina texnik bilimlarga, qolgan 85% esa hamkasblar bilan muomala qila bilish, boshqacha qilib aytganda, odamlarga rahbarlik qilishdagi shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarga bog’liq ekan. Amerikalik tanikli biznesmen Jon Rokfeller shunday degan ekan: «Odamlar bilan muomala qilish malakasi xuddi shakar yoki kofega o’xshash sotib olinishi mumkin bo’lgan tovardir. Men dunyodagi barcha narsalardan ko’ra, ana shu malaka uchun ko’proq haqto’layman».
Omad, muvaffaqiyat, do’stlar, sog’liq – bular hammasi ko’pchilik insonlar uchun oddiy insoniy baxt bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalardir. Xuddi shu baxtga qanday erishish usullarini Deyl Karnegi o’z kitoblarida batafsil xolda, tarixiy dalillarga tayangan tarzda tushuntiradi va ularni ustalik bilan ko’rsatib beradi. Insoniy munosabatlar xuddi fan, san’at yoki texnika kabi umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagidir va shuning uchun ham bu sohadagi kitoblarni yaratish ham muhim ish bo’lib hisoblanishi kerak. Bunday kitoblar insonlarga ularning kundalik muammolarini ijobiy hal qilish uchun suv bilan havodek zarur desak, xato qilmagan bo’lar edik. Ular hayotda muvaffaqiyatga erishishga va boy-badavlat yashashga ko’maklashish uchun ham zarurdir. Ular insonlarni ijodiy hamda ijobiy fikrlashga majbur qiladi, o’zlari uchun kerakli va eng to’g’ri yo’lni tanlab olishlari uchun xizmatqiladi.
Agar siz insonning tashqi qiyofasi va uningtabiatibir-biri bilan qanday bog’liqligini yaxshi bilib olsangiz, harqandaykishining hoh yaxshi, hoh yomon odat va hislatlarini hech bir tajriba,tekshiruvvaimtihon qilmasdan ham osongina bilib olishingizmumkin.Bunday odat va hislatlar tug’ma yoki uning xayoti davomidaorttirilganham bo’lishi mumkin. Agarda har bir kishining qiyofasidanuningyaxshi hislatlari ayon bo’lib tursa, uni do’st va ulfatqilishingizmumkin. Ammouningqiyofasidanyomonhislatvafe’l-atvorlarinamoyonbo’lib turgan bo’lsa, u kishi bilan suhbatni va oshnogarchiliklarnitarkqilib, yomonliklardan saqlanishingiz mumkin bo’ladi.Ko’pchilikfaylasuflar va ruhshunoslarning ilmiy izlanishlaridan hamda ko’plab tajribalaridan ma’lum bo’lganki, har kimsaning tashqi ko’rinishidagi alomatlar uning ichki dunyosini va ruhiyatini ma’lum ma’noda aks ettirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |