O’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi haqida. Yangi o’zbek alifbosi
Reja:
O’zbek tili O”zbekiston Respublikasining Davlat Tilidir.
O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli.
Yangi o’zbek alifbosi.
Sobiq Sho'rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta'kidlangan boisa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog'ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig'ilishlar, qurultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini bilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urugiariga, tanish-bilishlariga oddiy bir telegramma ham jo'nata olmas edilar. Bun-day holat rus tilidan boshqa tillar qoilanish doirasining chek lanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda norozili-giga sababchi bo'ldi. 1988-yildan boshlab o'zbek ziyolilari ham matbuotda o'zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko'tarib chiqdilar. Bu masalaga bag'ishlangan bir qancha anjumanlar bo'lib o'tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o'zbek tili O'zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi. Buning natijasida o'zbek tili respublikamizda o'tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo'llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o'tgach, respublikamiz hayotida katta o'zgarish ro'y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro'yobga chiqdi. Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e'tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o'rtasidagi obro'-e'tibori oshdi. O'zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
Ana shunday sharoitda mustaqillik qo'lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko'p moddalari o'z kuchini yo'qotdi yoki tahrirtalab bo'lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo'ldi. Nati-jada 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi. Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o'zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O'zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o'zining aniq ifodasini topdi. O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyatko'rsatishi, rivojlanishi, O'zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o'z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko'rsatadi.
Mustaqillik sharofati bilan o’xbek tili – davlat e’tibor kuchaygi, ona tilimizning 1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Oliy kengashining XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”giQonuni qabul qilindi. Bu qonun mustaqillikkaarafasida turgan davlatimiz hayotida unutilmas voqea bo’lib tarixga kirdi.1990 yil 19 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kengashining 101-sonli qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida ”Davlat tili haqida”giQonuni qabul etilgan kun “Ona tili kuni” deb e’lon qilindi/ (1-qism, 7-modda).Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati:
1. Qonun 30moddadan iborat bo’lib, avval o’zbek tilining qadr-qimmatini, huquqini, o’rnini tiklaydi.Qonunning 1-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili- o’zbek tilidir” deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga O’zbekiston o’zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qilinishini ta’minlaydi, deb uqtiriladi (1-modda).
2. O’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulkidir va shu boisdan uning ravnaqi, qo’llanishi va muhofazasini ta’minlashga oid barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining huquqiy doirasiga kirishi ijtimoiy mavqei kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida g’amxo’rlik qilinib,bir qancha qarorlar qabul qilindi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida.
Dastavval shuni aytish kerakki, o’zbek tilini XV asrda davlat tili darajasiga ko’yarish, uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz hazrati Mir alisher Navoiy ko’p kuch sarf qildi. U o’zining “Xamsa”,“Xazoin ul-maoniy”,“Muhokamatullug’atayn” kabi qator o’lmas asarlarini shu tilde yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning busohadagi ishlarni qo’llab-quvvatlagan hamda mahsus farmon bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi.O’tgan besh asrdan ko’proq davrda o’zbek tilining ahamiyati kamaygani yo’q. ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati sababli o’zbek tilining ish ko’rish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimizning doim mustaqil bo’lish, erkin yashash yo’lida kurashib keldi va Cho’pon, Fitrat, A.Qodiriy, A. Avloniy,G’. G’ulom,Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar adabiy tilimizning ravnaqi yo’lida tinmay ijod qildilar. Bu kurashlar samarasiz ketmadi. (2-modda).3. O’zbekiston Respublikasiningbarcha korxona, muassasa, tashkilotlarida ish respublika davlat tilida olib oriladi ( 7-modda), bu esa xalqimiz uchun yengilliklar yaratadi.4. O’zbekiston Respublikasining hunar-texnika, o’rta maxsusu va oily o’quv yurtlarida ular qatsi mahkamada bo’lishiga qaramay, respublika davlat tilida o’qitiladi (14-modda).5. Respublika miqyosidagi eng yirik anjumanlardan kichik yig’ilishlargachadavlat tilida olib boriladi (5-modda) deb ko’rsatilishi o’zbek tilining salohiyatini yanada oshiradi.1995-yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”giQonuning yangi tahriri ishlab chiqildi va amalda qo’llash uchun joriy etildi.Yangi tahrirdagi Qonun 24 bobdan iborat bo’lib, unga mustaqillik ruhi bilan sug’orilgan bir qancha o’zgarishlar kiritildi.Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida g’amxo’rlik qilib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.1993 yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi vatanimizning ma’naviy- madaniy hayotida jahonshumul ahamiyati kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24- avgustda tasdiqlandi. Davr taqozosi bilan ”Davlat tili haqida”giQonunga ham ayrim o’zgarishlar kiritildi va 1995 yilning 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda”Davlat tili haqida”giQonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo’lib, uning 1-moddasida asosiy bo’lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozib qo’yilgan. Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amho’rlik qilish, uning is’temol doirasini kengaytirish davlatimiz fuqorolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh va o’quvchi o’z ona tilidagiso’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikrqurolidir, kishi qanchalik ko’p so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.1993 yil 2-sentabrdabo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qaror qabul qildi. 1995 yil 6-7 mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o’zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagiO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidentiimzo chekdi.1996-1997 o’quv yilidan maktabning 1-sinfi yangi alifboni o’rgana boshladi. Yangi o’zbek alifbosiga o’tish 2005 yil 1-sentabrda tugallanishi ko’rsatilgan. Keyinchalik bu 2010-tilgacha uzaytirildi. O’zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o’zbek tilining nozik xususiyatini to’laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo’yildi. Alifbo. Nutq tovushi til uchun moddiy baza sanaladi. Chunki inson tili tovush tilidir. Tildagi so’z, ibora, gap, umuman, nutq ana shu tovushi esa tovush paychasining tebranishidan hosil bo’ladi. Nutq tovushi-ijtimoiy hodisa. U faqat insoniyatga xos. Biz fikrimizni nutq tovushi yordamida bayon qilamiz.Nutq yozma ravishda ham bayonqilinadi. Bu vaqtda yozma nutq harf ketma-ketligidan tashkil topadi.Yozma nutqni shakllantiruvchi, boshqa bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik grafik belgi harf hisoblanadi.Harf nutq tovushining yozuvdagi aksi, tasviri. Shuning uchun har bir tilde shu tilning tovushiga qarab olinadi. Bir tovushga bir harfni to’g’ri keltirishga harakat qilinadi.Harfni xotirada yaxshi saqlash va lug’at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida u muayyan tartibda joylashtiriladi. Muayyantartibda joylashtirilgan harf tizimi alifbo deyiladi. So’z alifbo tartibda joylashtirish amaliy ahamiyatga ega, jumladan, lug’at, kutubxona kartotekasi, kishi familiyasi ro’yxatini tuzishda zarur.
Lotin grafikasiga asoslangan yangi o’zbek alifbosi quyidagi harfni o’z ichiga oladi: a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u ,v, x, y, z, o’,g’, sh, ch, ng. Har bir unli tovush alohida-alohida harf orqali ifodalanadi. Undoshda bir tovushni ikki harf orqali ifodalash ham uchraydi:sh,ch,ngkabi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 2-sentabrda tasdiqlanganLotin yozuviga asoslangan yangio’zbek alifbosida 29 harf va bir belgi (tutuq) bor.
1989 yil 21 oktyabrda o’n birinchi chaqiriq O’zbеkiston Oliy Kеngashining o’n birinchi yig’ilishida (sеssiyasida) O’zbеkiston hukumatining Davlat tili haqidagi qonuni qabul qilindi.
Qonun o’zbеk tiliga Davlat tili maqomini bеrdi. Aholisining 72 foizi o’zbеk, 85 foizi o’zbеk tilini biladigan Rеspublika uchun bu tabiiy bir hol edi.
Shu kunning o’zida O’zbеkiston Oliy Kеngashi «O’zbеkiston hukumatining Davlat tili haqida» gi qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Davlat dasturida «Davlat tili haqida» gi qonun qabul qilingan kunni 1995 yil 25 dеkabrda «O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat tili haqida» gi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Uning to’la matnini kеltiramiz.
1-modda. O’zbеkiston Rеspublikasining davlat tili o’zbеk tilidir.
2-modda. O’zbеk tiliga davlat tili maqomining bеrilishi rеspublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarga monе’lik qilmaydi.
3-modda. O’zbеk tilining O’zbеkiston Rеspublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishning huquqiy asoslar ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan bеlgilab bеriladi.
Tilning Qoraqalpog’iston Rеspublikasida amal qilishiga bog’liq masalalar shuningdеk, Qoraqalpog’iston Rеspublikasining qonun hujjatlari bilan bеlgilanadi.
Ushbu qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog’liq udumlarni ado etishda qo’llanilishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o’z hohishlariga ko’ra tеnglagsh huquqiga egadirlar.
4-modda. O’zbеkiston Rеspublikasida davlat tilini o’rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo’lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolaga davlat tilini o’qitish bеpul amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |