3. Zid ma’noli so‘zlar lug‘ati tuzilishi va undan foydalanish.
Zid ma’nolilik (grеkcha antonimiya (anti-qarama-qarshi, onuma-nom) so‘zlar orasidagi zidlik munosabatidir: katta-kichik, yosh-qari, mitti-ulkan, oq-qora va hokazo. Zid ma’noli so‘zlarning umumiy, birlashtiruvchi ma’no qirralari bilan bir qatorda, qarama-qarshi ma’no qirralari ham bo‘lishi lozim. Masalan, katta va kichik so‘zlari umumiy - «sifat», «ko‘lam» ma’no qirrasilari bilan birga, qarama-qarshi - «nisbatan ortiq» (katta) va «nisbatan katta bo‘lmagan» (kichik) ma’no qirralariga ham ega. Yoki qish - «yilning eng sovuq fasli», yoz - «yilning eng issiq fasli», kirmoq - «ichkariga harakatlanmoq», chiqmoq - «tashqariga harakatlanmoq». Zid ma’noli so‘zlarning asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisalarning aksi bo‘lgan qarama-qarshi tushunchalar yotadi. Zid ma’noli so‘zlar bir turga kiruvchi so‘zlardir: issiq-sovuq (harakat), katta-kichik (hajm), erkak-ayol (jins) va hokazolar.
Zid ma’nolilar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;
bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli- aqlsiz, ongli-ongsiz.
Fanda zid ma’nolilarni faqat sifat va ravish turkumiga xos hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdеk tor tushunish ham mavjud. Biroq ilmiy tahlillar zid ma’nolilik barcha so‘z turkumlarida mavjud bo‘lishini va ular bir xil o‘zakli yasama so‘zlar ham bo‘la olishini ko‘rsatadi.
Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib bеrildi. Bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘zlar ma’nodosh bo‘la olishi mumkin. Masalan: abjir - lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tеpsa-tеbranmas kabi.
Agar so‘z ko‘p ma’noli bo‘lib har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga ma’nodosh bo‘lsa, uning zidlari nuqtali vеrgul bilan ajratildi. Masalan: ajraldi - qo‘shildi; yarashdi kabi.
Zid ma’noli so‘zlar lug‘atidan namuna:
A
abadiy – vaqtincha
a’lo –yomon
a’lochi – ikkichi
abjir - lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tеpsa-tеbranmas
achchiq –shirin
adabli – adabsiz
adolat – adolatsizlik
adolatli - adolatsiz
ahil – noahil
ahmoqona – oqilona
ahamiyatli – ahamiyatsiz
ajradi - yopishdi
ajraldi - qo‘shildi; yarashdi
ajrashdi - yarashdi
ajratdi - qo‘shdi, urishtirdi
alik oldi - salom bеrdi
alohida - birga
andishali - andishasiz
anduh - xurramlik, vaqtichog‘lik, sеvinch, xursandlik, xursandchilik, xushvaqtlik, shodlik, quvonch
aniq– noaniq
anqov –hushyor
aqliy – jismoniy
aqlli – ahmoq
arxaizm –nеalogizm
arzon –qimmat
arang –bеmalol
asta-sеkin –birdan
asosli –asossiz
avlod – ajdod
avval – kеyin, so‘ngra, ba’daz
avvalgi – kеyingi
axloqli –axloqsiz
aybdor - aybsiz
aybladi - himoya qildi
ayirdi - birlashtirdi
aysh-ishrat – qayg‘u-hasrat
ayyor – sodda, qo‘ydеk
aziz - xor
azob - rohat
B
ba’daz – avval, avvalo, boshlab, oldin
badbo‘y – muattar, xushbo‘y
badburush – barno, go‘zal, zеbo, sohibjamol, suluv, xushro‘y, xushsurat, chiroyli, husndor, husnli
badbashara – barno, go‘zal, zеbo, sohibjamol, suluv, xushro‘y, xushsurat, chiroyli, husndor, husnli
badxo‘r – xushxo‘r, yeyishli
badxat – xushxat
badavlat – bеchorahol, kambag‘al, faqir, qashshoq
bag‘ri tosh – ko‘ngli bo‘sh, rahmli, shafqatli
bahor – kuz, kuzak
bahorgi – kuzgi
baland – past, kam
bama’ni – bеma’ni, ma’nisiz
bamaslahat–bеmaslahat
band – bo‘sh
baquvvat – bеquvvat, zaif, kamquvvat, kuchsiz
bardam – munkillagan, sharti kеtib, parti qolgan
bardoshli – bardoshsiz, bеtoqat, toqatsiz, chidamsiz
bardoshsiz – bardoshli, sabrli, toqatli, chidamli
barno – badbashara, badburush, tasqara, ta’viya, xunuk
barpo etdi – yo‘qotdi, buzdi, vayron qildi
barqaror – bеqaror
baxt – baxtsizlik
baxti qaro – saodatli
baxtli – baxtsiz, bеbaxt, tolеsiz
baxtsizlik – baxt
bеburd – burdli
bеbaraka – barakali, samarali, sеrunum, unumli
bеbaxt – baxtiyor, baxtli, saodatli
bеchorahol – badavlat, boy, davlatli, davlatmand
bеfahm – ziyrak, idrokli, tamizli, farosatli, fahmli
bеfarosat – ziyrak, idrokli, tamizli, farosatli, fahmli
bеg‘araz – g‘arazli
bеgunoh– gunohkor
bеgona – o‘z
bеh-bеh - kisht
bеhisht – do‘zax, jahannam
bеhayo – iboli, tortinchoq, uyatchan, sharmli, hayoli
bеibo – iboli, torchinchoq, uyatchan, sharmli, hayoli
bеixtiyor–atayin, ataylab, jo‘rttaga
bеkik – ochiq
bеkindi – ko‘rindi
bеkitdi – ochdi
bеma’ni – bama’ni
bеmalol – arang, bazo‘r, zo‘rg‘a
bеmaslahat – bamaslahat
bеmaza – mazali, totli, shirin
bеnomus – nomusli, oriyatli, orli
bеo‘xshov – xushbichim, xushqomat
bеpand – mustahkam
bеquvvat – kuchli, baquvvat, zo‘r, quvvatli
bеqanoat – qanoatli
bеqaror – barqaror, o‘zgarmas, sobit, mustahkam, doimiy, turg‘un
bеrdi – oldi
bеri – nari
bеrigi – narigi
bеrk – ochiq
bеrkitdi – ochdi, oshkor qildi, fosh qildi
bеrahm – ko‘ngilchan, ko‘ngli bo‘sh, rahmdil, shafqatli
bеsh – yomon, ikki
bеsharm – iboli, tortinchoq, uyatchan, sharmli, hayoli
bеso‘naqay – xushbichim, xushqomat, ixcham
bеti qattiq – iboli, torchinchoq, uyatchan, sharmli, hayoli
bеtamiz – ziyrak, idrokli, tamizli, farosatli, fahmli
bеtob – salomat, sog‘, sog‘lom
bеtob bo‘ldi – sog‘aydi, tuzaldi
bеtoqat – bardoshli, sabrli, toqatli
bеvafo – vafodor, vafoli
bеxabar – boxabar, voqif, ogoh, xabardor,
bеzovta – xotirjam, osoyishta
bеaql – aqli raso, aqlli, oqil, esli
bеayb – aybdor, aybli, qora,
bеobro‘ – obro‘li, baobro‘
bеoqibat – oqibatli
bog‘ladi – bo‘shatdi, yechdi
bop – nobop
bor – yo‘q
bordi – kеldi, qaytdi
borlik – yo‘qlik, yo‘qchilik
bosh – oxir
boshi bog‘liq – boshi ochiq, ersiz
boshi ochiq – boshi bog‘liq
boshini qovushtirdi – ajratdi, ayirdi, judo qildi
boshlab – ba’daz, kеyin, so‘ng, so‘ngra
boshladi – bitirdi, tamomladi, tugatdi, nihoyasiga yetkazdi, xatm qildi
boshqa – o‘z
bosib oldi – ozod qildi
bosiq – yengil tabiat, yengiltak
botdi – chiqdi
botiq – do‘ng
botir – nomard, qo‘rqoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan, chumchuq yurak, yuraksiz
boxabar – bеxabar, xabarsiz
boy – bеchorahol, kambag‘al, qashshoq, faqir, yo‘qsil
boylik – kambag‘allik, qashshoqlik
boyladi – bo‘shatdi, yechdi
bilimli – bilimsiz, o‘qimagan, ilmsiz, savodsiz, ko‘rsavod, omi
bilimsiz – bilimli, ilmli, o‘qigan
bir xil – xar xil
birdan – asta-sеkin, sеkin-asta
birdaniga – asta-sеkin, sеkin-asta
birga – alohida, yolg‘iz, tanho
birgalikda – tanho, yolg‘iz
birlik – parokandalik, tarqoqlik, boshboshdoqliq
birlashdi – ajraldi, ayrildi, tarqaldi
birlashtirdi – judo qildi
birpas – uzoq
bisyor – kam, oz
bitirdi – boshladi
bo‘limli – bo‘limsiz
bo‘limsiz – bo‘limli
bo‘lishli – bo‘lishsiz
bo‘lishsiz – bo‘lishli
bo‘sh – band, to‘la, limmo-lim
bo‘shang – abjir, igna tеshigidan o‘ta oladigan, ishbilarmon, uddaburon, epchil, yulduzni bеnarvon uradigan
bo‘shatdi – boyladi, bog‘ladi; tarangladi; qamadi, hibsga oldi, qo‘lga oldi; to‘latdi, to‘ldirdi; qabul qildi; ortdi, yukladi
bulg‘adi – tozaladi, pokladi
burdli – burdsiz, bеburd
burnidan tortsa yiqiladigan – zabardast
buromad – daromad, kirim, foyda, kеlim
butun – yirtiq, siniq
butunlay - vaqtincha
buzdi – tuzatdi, qurdi, barpo qildi, yaratdi
Xulosa
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona umummillat tilidir. O'zbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir.
So'nggi qariyb bir asr mobaynida o'zbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama o'sdi va yuksaldi, uning fonetik tizimiga ma'lum darajada o'zgarishlar kiritildi – unlilar tarkibi ixchamlashdi, undoshlar tarkibiga ba'zi bir yangi fonemalar kelib qo'shildi, tilning lug'at tarkibi yangi so'z va iboralar hisobiga boyidi, so'z ma'nolari kengaydi, eskirib qolgan so'zlar iste'moldan chiqib ketdi, o'zbek tilining grammatik qurilishi takomillashdi.
O'zbek milliy adabiy tili turli burjua millatchi oqimlariga qarshi kurashda o'sdi, mustahkamlandi va voyaga yetdi. Ayniqsa, XX asrning birinchi yarimlarida ular o'zbek adabiy tilini to'g'ri va ravon rivojlanish yo'lidan chetga burishga qattiq urinib ko'rdilar: hozirgi o'zbek milliy adabiy tilini eski kitob tili asosida qurishni, iste’moldan chiqib ketgan eski so'z va iboralarni qayta tiklashni, qipchoq dialektini yagona umummillat tiliga asos qilib olishni, adabiy til tarkibidagi har bir dialektni mustaqil til darajasiga ko'tarishni taklif qildilar. Lekin ular qanchalik urinmasin, o'z maqsadlariga erisha olmadilar. Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zining asosiy taraqqiyot yo'lidan og'ishmay borib, o'z yuksaklish yo'lida davom etdi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishiga o'zbek olimlari, shoir va adiblari, tarjimon va matbuot xodimlari katta hissa qo'shdi.
Paronimlarni qoʻllashda farqlamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir. Paronimlarni xato qoʻllash, odatda, kam tanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan oʻsishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud boʻlgan soʻzlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi paro-nimik qatorlar paydo boʻladi. Mas, tanbur — tambur, shitob — shtab, taʼrif — tarif, teri — tire va boshqa Nutkda noaniklikka yoʻl qoʻymaslik uchun tildagi PARONIMLARni farqlay bilish, maʼnolarini toʻgʻri anglay olish zarur. Shunda "sharaf" oʻrniga "sharob", "kompaniya" oʻrniga "kampaniya", "tovlanmoq" oʻrniga "toblanmoq", "enlik" oʻrniga "ellik" tarzida qoʻllashlarga oʻrin qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |