O’zbek tilida paronimiya


Hozirgi o'zbek adabiy tili



Download 61,86 Kb.
bet8/10
Sana28.06.2022
Hajmi61,86 Kb.
#717004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbek tilida paronimiya

Hozirgi o'zbek adabiy tili. Hozirgi o'zbek adabiy tili asrlar davomida qo'llanib kelgan yagona o'zbek tili taraqqiyotining yuqori shakli, milliy tilning ishlangan shaklidir. Hozirgi o'zbek adabiy tili davlat va ijtimoiy tashkilot, fan va maktab, matbuot va badiiy adabiyot, xullas, o'zbek millati-ning ilmiy­madaniy tilidir.
O'zbek xalqining millat bo'lib shakllanishi va rivojlanishi milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishidir.
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona umummillat tilidir. O'zbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir.
So'nggi qariyb bir asr mobaynida o'zbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama o'sdi va yuksaldi, uning fonetik tizimiga ma'lum darajada o'zgarishlar kiritildi – unlilar tarkibi ixchamlashdi, undoshlar tarkibiga ba'zi bir yangi fonemalar kelib qo'shildi, tilning lug'at tarkibi yangi so'z va iboralar hisobiga boyidi, so'z ma'nolari kengaydi, eskirib qolgan so'zlar iste'moldan chiqib ketdi, o'zbek tilining grammatik qurilishi takomillashdi.
O'zbek milliy adabiy tili turli burjua millatchi oqimlariga qarshi kurashda o'sdi, mustahkamlandi va voyaga yetdi. Ayniqsa, XX asrning birinchi yarimlarida ular o'zbek adabiy tilini to'g'ri va ravon rivojlanish yo'lidan chetga burishga qattiq urinib ko'rdilar: hozirgi o'zbek milliy adabiy tilini eski kitob tili asosida qurishni, iste’moldan chiqib ketgan eski so'z va iboralarni qayta tiklashni, qipchoq dialektini yagona umummillat tiliga asos qilib olishni, adabiy til tarkibidagi har bir dialektni mustaqil til darajasiga ko'tarishni taklif qildilar. Lekin ular qanchalik urinmasin, o'z maqsadlariga erisha olmadilar. Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zining asosiy taraqqiyot yo'lidan og'ishmay borib, o'z yuksaklish yo'lida davom etdi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishiga o'zbek olimlari, shoir va adiblari, tarjimon va matbuot xodimlari katta hissa qo'shdi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishi yo'li:
1) uning yagona umummillat va mahalliy dialektlarga munosabati;
2) tayanch va yetakchi o'zbek shevalarining fonetik tizimi;
3) umumxalq tili lug'at tarkibining son va sifati, qo'llanish doirasi
va mazmuni;
4) grammatik qoidalarning hajmi va mohiyati;
5) uslubiy bo'linishga ko'ra belgilanadi.
Hozirgi o'zbek adabiy tili 6 unlili fonetik tizimga ega. So'nggi yillarda o'zbek tilining undoshlar tizimida ham ma'lum o'zgarishlar bo'ldi. Bunga o'zbek tiliga rus tilidan ko'plab yangi so'zlarning kirib kelishi ham sabab bo'ldi. Bunday olinmalar tarkibidagi ayrim tovushlarning o'zbek tili fonetik qoidalariga mos kelmasligi, ularni o'z fonetik tizimiga muvofiqlashtirish o'zbek tilining tovushlar tizimida ayrim o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
Ma'lumki, tilning leksikasi uning eng o'zgaruvchan qismidir. Shuning uchun keyingi qariyb bir asr davomida o'zbek tili leksikasi juda katta o'zgarishlarga uchradi. Bu o'zgarishlarni quyidagicha sharhlash mumkin:
a) hozirgi o'zbek adabiy tilida ko'pgina so'zlarning ma'no doirasi kengay-di, ko'pgina so'zlar o'z ma'nosi bilan birga yangi, qo'shimcha ma'nolar kasb etdi, so'z ma'nosida kengayish va torayish yuz berdi: vatan – uy, hovli; mamlakat, ona­Vatan kabi,
b) ayrim so'zlarda ma'no jihatdan differensiyalanish (farqlanish) yuz berdi: yonilg'i (neft, benzin); yoqilg'i (o'tin, ko'mir) kabi;
c) sinonimlarda kengayish yuz berdi: zo'r, buyuk, katta, ulkan – gigant kabi;
d) yangi tipdagi barqaror so'z birikmalarining ko'lami kengaydi: oq oltin, tinchlik-sevar xalqlar kabi;
f) rus tilidan qabul qilingan so'zlar o'zbek tilining lug'at tarkibini boyitish bilan birga ayrim so'zlarning lug'at tarkibidan chiqib ketishiga ham sabab bo'ldi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi so'zlarning morfologik tarkibida, so'z birikmasi va gap qurilishida, umuman tilning grammatik qurilishida ham ma'lum o'zgarishlar sodir bo'ldi. Masalan, XX asr o'zbek adabiyotining, ayniqsa, proza janrining ravnaqi hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'shma gaplar, xususan, ergash gapli qo'shma gaplar va murakkab gaplar qurilishini tubdan o'zgartirdi.
O'zbekiston respublikasining uzoq kutilgan Mustaqillikka erishishi, istiqlol sharofati bilan o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi hozirgi o'zbek tili taraqqiyotida nur ustiga a'lo nur bo'ldi: davlat idora ishlari o'zbek tilida olib borila boshladi; lotin grafikasi asosida yangi yozuv tizimi, qabul qilindi. Bularning barchasi hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotini yangi izga soldi.

Download 61,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish