O‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’llari reja: I. Kirish II. Asosiy qism
O\'tgan zamon fe\'li
Masalan, hozirgi zamon fe’lining bir shakli nutq paytiga to‘g‘ri kelgan, u bilan bir vaqtda bo‘layotgan harakatni anglatsa, uning boshqa bir shakli nutq paytida bajarilayotib, undan keyin ham davom qiladigan harakatni bildiradi: borayotirman, boraman, boryapman, bormoqdaman kabi. Ijro maylidagi fe’llarda harakatning nutq momentiga munosabati bevosita ifodalanadi. Bu mayl formasi bildirgan zamon absalyut zamon hisoblanadi. Ayrim fe’l formalari, masaln, sifatdosh va ravishdosh formalari harakatning nutq momentiga munosabatini bevosita ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun bulardagi zamon nisbiy zamon bo‘ladi. Har bir zamon shakli ma’lum Grammatik ko‘rsatkichga ega. Zamon shakini yasovchi vazifasida asosan sifatdosh va ravishdosh shakllari xizmat qiladi. Fe’lning zamon shakllari tuzilish jihatdan ikki turga bo‘linadi: a) sintaktik shakl. Bunda zamon shakl yasovchi affiks bilan ifodalanadi: yoz – di – m, yoz – a – man, yoz – gan – man; b) analitik shakl. Bunda zamon fe’lining turlicha funksional shakllari bilan to‘liqsiz fe’lning biri kishi orqali ifodalanadi: yozgan edim, yozgan ekansan, yozib eding, yozar eding, yozayotgan edi kabi. Hozirgi o‘zbek tili fe’lning zamon formalariga juda boyligi bilan ham harakterlanadi. Bu formalarning o‘zaro umumiy bo‘lgan tomonlarini va har birining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Turli darslik va qo‘llanmalar, ayrim monografiyalar, shuningdek o‘zbek tilidagi fe’l zamonlari temasi bo‘yicha to‘rtta kandidatlik dissertatsiyasi yoqlandi. Biroq har bir zamon formasining o‘ziga xos xususiyati haqidagina emas, hatto fe’lning qaysi zamon qanday formalarga egaligi haqida ham shu vaqtga qadar bir xil fikrga kelingan emas. Zamon formalari harakatning nutq momentiga munosabatini bildirishi va harakatning nutq momentiga munosabatiga ko‘ra fe’llar uch turga – o‘tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon fe’llariga bo‘linishi hammaaga ma’lum. Maktab grammatikasidan tortib oily o‘quv yurtlari uchun chiqarilgan darslik va qo‘llanmalarda ham “Fe’l zamonlari” bobida fe’llar uch guruhga bo‘linadi va uch xil sarlavhacha bilan – “O‘tgan zamon fe’li”, “hozirgi zamon fe’li”, “kelasi zamon fe’li” sarlavhasi bilan beriladi. Demak, bularda fe’llar harakatning nutq momentiga ko‘ra guruhlanishi va har bir guruhda shunday munosabatni ko‘rsatuvchi formalar tekshiriladi. Lekin o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqilsa, “zamon kategoriyasi bo‘limida fe’llarni “o‘tgan zamon fe’li”, “hozirgi zamon fe’li”, “kelasi zamon fe’li” kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, hatto zamon formalarini bunday guruhlashni to‘g‘ri deyish ham mumkin bo‘lmay qoldi. Chunki o‘zbek tilidagi fe’lning zamon formalarini, xuddi fe’llarni ular bildirgan harakatning nutq momentiga munosabatiga ko‘ra uch turga ajratganidek, uch guruhga ajratib bo‘lmaydi. Masalan hozirgi o‘zbek tilida fe’lning hozirgi – kelasi formasi borligi ma’lum. Bu forma ko‘pchlik ishlarda “hozirgi zamon” fe’li bo‘limida berilsa bazan “kelasi zamon fe’li” bo‘limida berildi. Lekin ikkala holatni ham to‘g‘ri deb bo‘maydi. Chunki, u faqat hozirgi zamon yoki faqat kelasi zamon formasi emas, balki hozirgi va kelasi zamon ma’nolarini ifodalay oladigan formadir. Demak, fe’llar harakatning nutq monentiga (munosabatiga) qarab guruhlanadigan bo‘lsa(“o‘tgan zamon fe’li”, “hozirgi zamon fe’li”, “kelasi zamon fe’li” kabi), u holda hozirgi – kelasi zamon formasi bu uch guruhning birortasiga ham kiritib bo‘lmaydi, ya’ni birining maxsus formasini hisoblab bo‘lmaydi. Shu hodisaning o‘ziyoq zamon formalarini fe’llarni ular bildirgan harakatning nutq moment munosabatiga qarab gruppalagandek gruppalash mumkin emasligini ko‘rsatadi3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lning o‘tgan va hozirgi zamon formalariga boy kelasi zamon fe’lida esa boshqacharoq holni ko‘ramiz. Aniqroq bo‘lishi uchun yuqorida ko‘rsatilgan asarlarda kelasi zamon fe’li yasovchi affiks sifatida keltirilgan formalariga qisqacha to‘xtalib o‘taylik: (a)r. Bu affiks yordamida yasaluvchi forma deyarli barcha ishlarda “kelasi zamon gumon fe’li” deb tariflanadi. Lekin harakatning nutq momentiga munosabatini ko‘rsatishi jihatidan u yozadi, ishlaydi tipidagi hozirgi – kelasi zamon fe’lidan farqlanmaydi. Undan faqat gumon ma’nosiga egaligi bilan farqlanadi. Hozirgi – kelasi zamon fe’li bildirgan harakatni gumonlik ma’nosi bilan ifodalashda har qanday holatda ham - a(r) affiksi bilan yasaluvchi formani qo‘llash mumkin. Qiyoslang: zavodda ishlaydi – (balki) zavodda ishlar, ertaga keladi – (balki) ertaga kelar. Demak ishlaydi, keladi tipidagi formani faqat kelasi zamon fe’lining maxsus formasi hisoblab bo‘lmagani kabi ishlar, kelar tipidagi formani ham faqat kelasi zamon formasi deb bo‘lmaydi. Bu forma hozirgi – kelasi zamon gumon fe’li hisoblanadi. moqchi. Bu affiks yordamida yasaluvchi fe’l formasi harakatning nutq momentiga munosabatini ko‘rsatmaydi, balki harakatni bajarish maqsadini(maqsad ma’nosini) bildiradi. Shunga ko‘ra uni aniqlik maylining kelasi zamon formasi deb qarash mumkin emas. digan. Bu affiks bilan yasaluvchi forma kesim vazifasida kelganda maqsad yoki lozimlik ma’nosini bildirishi mumkin. Lekin harakatning nutq momentiga munosabatini bildirmaydi(harakatning momentidan so‘ng bajarilishini ko‘rsatmaydi). Binobarin, bu formani ham aniqlik maylining kelasi zamon formasi deb bo‘lmaydi. Ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtai nazaridan faqat kelasi zamon ma’nosini ifodalovchi biror maxsus forma bor deyish qiyin. Kelasi zamon ma’nosi( harakatning nutq momentidan keying oidligi) adabiy tilde hozirgi – kelasi zamon formasi(keladi, ishlaydi tipidagi forma) orqali ifodalanadi. O‘zbek adabiy tili uchun asos bo‘ladigan shevalarda ham xuddi shunday. Demak, zamon kategoriyasi bo‘limida fe’llarni ular bildirgan harakatning nutq momentiga, munosabatiga qarab gruppalab(o‘tgan zamon fe’li, hozirgi zamon fe’li, kelasi zamon fe’li kabi gruppaga ajratib) o‘rganish bu jihatdan ham maqsadga muvofiq bo‘maydi. Bizningcha, “Fe’l zamonlari” bobida zamon formalarini harakatning nutq momentiga munosabatini ko‘rsatish xususiyatiga ko‘ra gruppalab o‘rganish to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilganda, birinchidan, hozirgi - lelasi zamon formasini majburiy va noto‘g‘ri ravishda hozirgi zamon yoki kelasi zamon fe’l formasi qatoriga kiritishdan, ikkinchidan kelasi zamon fe’li bor ekan uning o‘zi uchun xos bo‘lgan (maxsus) forma bor deb, shunday formani zo‘rma – zo‘raki qidirish va topish harakatidan qutilamiz. Bu esa til hodisasiga obektiv yondashish demakdir. Harakatning nutq momentiga munosabastini ko‘rsatish xususiyatiga ko‘ra hozirgi fe’l zamonlari 3 guruhga bo‘linadi: 1.O‘tgan zamon formalari; 2. Hozirgi zamon formalari; 3. Hozirgi kelasi zamon formalari4. Zamon formalaridan biri – o‘tgan zamon formasi. Fe’lning o‘tgan zamon shakllari nutq paytidan ilgari bajarilgan harakatni bildiradi. Hozirgi va kelasi zamonga qaraganda o‘tgan zamon fe’llari o‘z shakllarining ko‘pligi va juda xilma – xil ma’no ottenkalarini ifodalashi bilan ajralib turadi. O‘tgan zamon shakllari sintetik va analitik usullar bilan yasalishi jihatdan ham bu shakllarda o‘tmishdagi harakatning hamda nutq onidan oldingi paytning turli baholanishi tomonidan ham farqlanib turadi. Hozirgi o‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’lining bir nechta formalari bo‘lib ular o‘zlariga xos ma’no va boshqa xususiyatlari bilan bir – biridan farq qiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘tgan zamon fe’lining quyidagi formalari qo‘llaniladi: – di affiksi yordamida yasaluvchi forma: yozdim, yozding, yozdi; – gan affiksi yordamida yasaluvchi forma: yozganman, yozgansan, yozgan; – (i)b affiksi ravishdoshni shaxs – son bilan tuslash orqali hosil qilinuvchi forma: yozibman, yozibsan, yozibdi; edi to‘liqsiz fe’li yordamida hosil qilinuvchi formalar: yozgan edim, yozgan eding, yozgan edi, yozib edim, yozib eding, yozib edi, yozayotgan edim, yozayotgan eding, yozayotgan edi, yozayotib edim, yozayotib eding, yozayotib edi, yozmoqda edim, yozmoqda eding, yozmoqda edi, yozar edim, yozar eding, yozar ei, yozuvchi edim, yozguvchi eding, yozguvchi edi. Ko‘rinadiki, o‘tgan zamon fe’lining uchta formasigina yordamida yasaladi. Qolgan besh formasining yasalishida edi to‘liqsiz fe’li qatnashadi. Bu formalarning har biri ma’no va boshqa jihatdan o‘ziga xos farqli xususiyatlarga esa. Lekin shu bilan birga edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalarda ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgi – xususiyatlar ham bor. Bu belgi – xususiyaltlar o‘tgan zamon fe’lining sintetik formalarining birortasida ham yo‘q. Shunday ekan bu formalarning birortasi ham edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalarning birortasi bilan ham bir guruhga kiritilishi mumkin emas. O‘tgan zamon fe’lining sintetik formalarida harakatning nutq momentiga munosabati bevosita ifodalanadi. O‘tgan zamonning sintetik shakllari quyidagicha yasaladi: – di affiksi bilan yasaladi. Bunda harakatning nutq paytidan biroz oldin aniq amalga oshgani ifodalanadi, shunga ko‘ra aniq yaqin o‘tgan zamon shakli deyiladi: gapir +di + m. – gan affiksi bilan yasaldi. Bunda harakatning nutq paytidan ancha oldin amslga oshgani ifodalanadi. Aniq yaqin o‘tgan zamon va uzoqroq o‘tgan zamondan farqlab ushbu zamon yasalishini shartli ravishda aniq old o‘tgan zamon deb nomlash mumkin” gapir + gan + man kabi. Bu zamon shakliga - dir gumon yuklamasini qo‘shish bilan harakatning aniq bajarilganiga gumon bildiriladi: gapir + gan + dir + man kabi. – b affiksi bilan yasaladi. Bunda harakatning nutq paytidan oldin amalga oshganidan keyinchalik xabardor bo‘lish ma’nosi ifodalanadi. Shunga ko‘ra shartli ravishda darak old o‘tgan zamon shakli deb nomlash mumkin: gapir + ib + san kabi. O‘tgan zamonning analitik Grammatik shakllari asosan edi affiksoidi bilan hosil qilinadi. Bu affiksoid fe’lning o‘tgan zamon shakllariga ham hozirgi zamon shakllariga ham, kelasi zamon shakllariga ham qo‘shilib asosan uzoqroq o‘tgan zamon ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi. O‘tgan zamonning – di affiksi bilan yasaladigan sintetik shakli edi affiksoidi bilan ishlatilmaydi. Qolgan ikki sintetik shaklga edi affiksoidi qo‘shilib, o‘tgan zamonni yana ham olinroq o‘tgan zamon sathiga ko‘chiriladi; – gan affiksi bilan yasalgan aniq old o‘tgan zamon shakliga qo‘shilib bu shaklda uzoqroq aniq o‘tgan zamon ma’nosi ifodalanadi: gapir + gan + edi +_m. – b affiksi bilan yasalgan darak old o‘tgan zamon ma’nosi ifodalanadi: gapir + ib + edi + m. So‘zlashuv tilida bu shakl tovush o‘zgarishlariga uchrab gapiruvdim tarzida talaffuz qilinadi. Bu yerda b tovushi v tovushiga, undan oldingi i tovushi u tovushiga almashadi, e tovushi talaffuz qilinmaydi. 2. edi affiksoidi hozirgi zamonning quyidagi shakllariga qo‘shiladi: harakatning amalga oshish payti hozirgi zamon ma’nosi ichki qirra sifatida saqlangan holda oldingiroq(uzoqroq) o‘tgan zamon sathiga ko‘chiriladi. Shakliga qo‘shiladi gapir + a + yotib + edi + m (gapirayotuvdim) kabi; 2) – yotir affiksi bilan yasalgan shakliga qo‘shiladi gapir + a + yotir + edi + m kabi (Bu shakl juda oz ishlatiladi. 3) Holat fe’llarining - b affiksi bilan yasalgan shakliga qo‘shiladi o‘tir + ib + edi + m (o‘tiruvdim) kabi; 4) – moqda affiksi bilan yasalgan shakliga qo‘shiladi: gapir + moqda + edi + m kabi(Bu shakl oz ishlatiladi) 5) – yotgan affiksi bilan yasalgan shakliga qo‘shiladi” gapirayotgandirman shaklda farqli holda bu yerdagi yasalishda - dir gumon yuklamasi qatnashmaydi: gapir + a + yotgan +_ edi + m kabi. 3. edi affiksoidi kelasi zamonning - a/-y affiksi bilan yasaladigan shakli (sof kelasi zamon shakli) bilan ishlatilmaydi. Kelasi zamonning quyidagi shakllariga qo‘shiladi: 1) – digan affiksi bilan yasalgan mo‘ljalli kelasi zamon shakliga qo‘shiladi: gapir + a + digan + edi + m. Bunda kelasi zamon uzoqroq o‘tgan zamon sathiga ko‘chiriladi. 2) – r affiksi bilan yasalgan shakliga qo‘shiladi: gapir + ar + edi + m kabi. Bunday shakldan taxminli emas, balki davomli(takroriy) o‘tgan zamon ma’nosi ifodalanadi. Yoshligimda Chig‘atoy darvozaga ko‘p kelar edim. Analitik zamon shaklida edi affiksoidi o‘rniga ekan, emish affiksoidlarini ishlatish mumkin: ekan affiksoidini ishlatish bilan “eshitilganlik”, keyin ma’lum bo‘lganlik” ma’no qirrasi ifodalanadi: gapir + gan + ekan + man kabi emish affiksoidini ishlatish bilan “ishonchsizlik” ma’no qirrasi ifodalanadi: gapir + gan + mish + man5. Yedi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalar faqat harakatning o‘tgan zamonda bajarilganligi ma’nosini ifodalovchi forma sifatida qo‘llangan hollarda ular bildirgan harakatning bajarilishi vaqti hech qachon “hozir” (hozirgi vaqt) doirasida bo‘lmaydi va bu formalar bildirgan harakatning bjarilish vaqtiga nisbatan qo‘yiladigan so‘roqqa “ilgari” “bir vaqtlar” kabi so‘z yoki so‘z birikmalari javob bo‘lishi mumkin. U jimib qolgan dalada yaralanib yotarkan, shunaqa hayollarni ko‘p surgan edi(Said Ahmad). Dadasi kuzda daladan qaytishdi to‘nini yo plashini ana shunday “to‘rva” qilib, ichiga qovun, tarvuz solib kelguchi edi. Demak o‘tgan zamon fe’lining sintetik formalari “nutq momentida emas, undan oldin” degan ma’noni bildirsa, edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi o‘tgan zamon fe’l formalari “hozir emas, avval, ilgari’ degan ma’nolarni bildiradi. Agar shartli ravishda, obektiv o‘tuvchi vaqtni chiziqlardan tashlik topgan uzun strelka(– – – – – – – →) bilan, nutq momentini kichik to‘g‘ri to‘rtburchak () bilan, harakatning bajarilish vaqtini qora strelka (→) bilan belgilab obektiv o‘tuvchi zamonni “o‘tmish” “hozir” “kelgusi” kabi qismlarga ajratsak, u holda o‘tgan zamon fe’lining sintetik formalari bildirgan harakatning bajarilish vaqti obektiv o‘tuvchi vaqtning “hozir” qismiga to‘g‘ri kelishi mumkin, lekin edi to‘liqsiz fe’li bilan yasaluvchi formalar bildirgan harakatning bajarilish vaqti uning “o‘tmish” qismiga to‘g‘ri keladi. Lekin bundan edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalar hamma vaqt ham harakatning o‘tmishga, ilgari vaqtlarga oidligini ifodalaydi degan xulosa chiqmaydi. Bu formalar qndaydir boshqa harakat – hodisaga munosabat aloqadorlik ifodalashi ham mumkin. Bunday hollarda edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi forma bildirgan harakatning bajarilish vaqti obektiv vaqtning “hozir” qismiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Siz bilan xayrlashay deb kelgan edim, bunaqa mojaroning ustidan chiqib qolibman. Xullas edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi o‘tgan zamon formalarining hammasi ham o‘tgan zamon fe’lining dintetik formalaridan farqli umumiy xususiyatlarga ega. Agar o‘tgan zamon formalari ma’nosi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra ma’lum gruppalarga ajratilgan bo‘lsa, u holda sintetik formalarning har biri alohida – alohida berilishi, edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalar esa ulardan farqlanuvchi alohida tur sifatida berilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalar ma’no xususiyatlariga ko‘ra yana ma’lum guruhlarga ham ajratih mumkin. Ko‘rinadiki o‘tgan zamon fe’lining uchta formasigina affikslar yordamida yasaladi. Qolgan besh formasining yasalishida edi to‘liqsiz fe’li qatnashadi. Bu formalarning har biri ma’no va boshqa jihatdan o‘ziga xos farqli xususiyatlarga ega. Lekin shu bilan birga edi to‘lqsiz fe’li yordamida yasaluvchi formalarning birontasi ham yo‘q. shunday ekan bu formalarning birontasi bilan ham bir guruhga kiritilishi mumkin emas. O‘zbek tilida o‘tgan zamonning quyidagi 5 guruhi mavjud aniq o‘tgan zamon shakli uzoq o‘tgan zamon shakli o‘tgan zamon hikoya shakli o‘tgan zamon davom shakli o‘tgan zamon eshitilganlik shakli6. Aniq o‘tgan zamon. Bu shakl fe’l asosiga - di zamon yasovchisini va tegishli shaxs – son affiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi: Birlik Ko‘plik I Shaxs kel – di – m kel – di – k II Shaxs kel - di - ing kel – di – ngiz III Shaxs kel – di kel – di – lar Bu forma harakatning nutq momentigacha bajarilganligini aniq , qat’iy tarzda ifodalaydi. Bu harakat odatda so‘zlovchi o‘zi ko‘rgan, bilgan harakat bo‘ladi. – di affiksi yordamida yasaluvchi forma bildirgan harakat so‘zlovchi va tinglovchining bevosita ko‘z oldida bajarilishi ham mumkin: Yozuvchilar bilan uchrashuv juda do‘stona va samimiy sharoitda o‘tdi. Sayramov o‘zga keksalr bilan ham qadrdonlarcha ko‘rishdi. Uy ichi, bola chaqalarning ahvolini so‘radi, hazillashdi. So‘zlovchi harakatning bajarilgani yoki bajarilmaganligini o‘zgadan eshitib bilgan bo‘lishi mumkin. Bunga juda ishonsa, aniqligiga to‘la ishonch hosil qilsa, bu harakatni - di affiksi yordamida yasaluvchi forma orqali ifodalayveradi. Masalan, kecha uyidan chiqmaganligi aniq ekanini o‘zgadan eshitib bilib olgan kishi “Kecha uyingdan hech qayerga chiqmading deb aytishi mumin” den aytishi mumin. Umuman – di affiksi bilan yasalgan forma ifodalagan harakat bir necha oy yoki yil ilgari bajarilgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu harakat o‘tmishga)uzoq o‘tmishga) oid harakat bo‘lmaydi. Shu xususiyatiga ko‘ra harakatni o‘zi kuzatgan harakat sifatida xronologik tarzda ifodalashda shu forma keng qo‘llanadi. Gulshan opa Barnoni bir ko‘ray deb bexgalteriyaga kirdi. Barno yo‘q ekan bir oz kutdi kelavermagach o‘tirishga sabri chidamay idoradan chiqdi(O.Yoqubov). hamshira qiz qo‘lidagi harorat o‘lchagichini qo‘ltig‘iga qo‘ydi. Boshqa to‘larog‘I stulga o‘tirdida so‘roq qila boshladi. Siddiq jonning yuzida iljayishga o‘xshagan, lekin hech qanday ma’noni ifoda etmagan bir narsa paydo bo‘ldi(A.Q). Mohidilning ko‘zi yo‘l bo‘yidagi tanish tepalikka tushdi. Akamning chehrasi juda ochilib ketdi(P.Q). yurakning yarasini faqat mehr tuzata oladi. gan affiksi yordamida yasaluvchi forma: Birlik Ko‘plik I shaxs o‘qi – gan – man o‘qi – gan – miz II shaxs o‘qi – gan – san o‘qi – gan –siz III shaxs o‘qi – gan o‘qi – gan – lar gan affiksi yordamida yasaluvchi forma quyidagi xususiyatlarga ega – gan affiksi yordamida qo‘llangan fe’l bildirgan harakat hech vaqt so‘zlovchi va tinglovchi o‘zaro suhbatlashib turgan hozirgi vaqtda bajarilgan harakat bbo‘lmaydi. Shuning uchun ham hozirgina aytdi, yangi ketdi gaplardagi aytdi, ketdi formasi o‘rnida aytgan, ketgan formasini qo‘llab bo‘lmaydi. Quyidagi misollarda ham, xuddi shu xususiyatga ko‘ra - di affiksi yordamida yasalgan forma o‘rnida - gan affiksi orqali yasalgan o‘tgan zamon formasini qo‘llab bo‘lmaydi: Tanidi, tanidi! – Cho‘lbobo bir qop semirib ketdi(H.G‘ulom), kapalgimni uchirib yubording – a ! (H.Nazir), Yuragim orqaga tortib ketdi(G‘ayratiy). Aynan bir vaqtdagi harakar – di yoki – gan affiksi bilan yasaluvchi forma qo‘llanganda, harakat bajarilish vaqtining nisbatan uzoqligiga ishora qilish sezilib turadi. Qiyoslang: Institutni o‘tgan yili bitirdi – Institutni o‘tgan yili bitirgan. Agar harakatning bajarilish vaqtini ko‘rsatuvchi kecha, o‘tgan yili kabi so‘zlar bo‘lmasa, - gan affiksi bilan yasaluvchi formada harakatning bajarilish vaqti doim nisbatan uzoqqa(ilgariga) oid bo‘ladi: keldi – kelgan, uyg‘ondi – uyg‘ongan, uylandi – uylangan. Harakatning bajarilganligi va undan yuzaga kelgan holatning hozir ham mavjud ekanini bildiradi. Bunda xatto, holatning hozir mavjudligi asosiy o‘rinda bo‘ladi. Yo‘ning iki tomoniga cho‘zilgan qir yonbag‘rlarini endigina yorib chiqayotgan o‘tlar qoplagan . O‘rinda ham gaplashveramiz, sen juda charchagansan . –di va - gan affikslari yordamida yasalgan formaning ikkalasida ham harakatning bajarilganligi aniq tarzda ifodalanadi. lekin - gan affiksli formada so‘zlovchi harakatning bevosita kuzatgan, unga ishonchi juda qat’iy bo‘lishi shart emas. Harakatni o‘zgadan eshitgan yoki hech kimdan eshitmay, uning bajarilganini o‘zicha aniq deb aytishi mimkin – Bormadim –Bording(aniq bilaman o‘zim ko‘rdim). – Bormadim –Borgansan (bo‘lmasa kechikmas eding) Demak, so‘zlovchi bajarilgan biror harakatni – di affiksi bilan yasaluvchi forma orqali ifodalaganda shu harakatining aniq bajarilganligiga hech qanday shubha bo‘lmaydi, u harakatning bajarilganligini isbotlovchi (tasdiqlovchi) dalilga ega bo‘ladi: - gan affiksi bilan yasaluvchi formada esa bunday aniq dalil bo‘lmasligi ham mumkin Saida uning… qildan qiyiq topayotganining sababini darrov tushundi. “Raisning xatosi topilgan emish, masalasi qachon ko‘riladi”, degan mish- mishga kimdir libos kiygizib, uning yuragiga g‘ulg‘ula solgan(Oybek). – gan affiksi bilan yasalgan o‘tgan zamon fe’li bildirgan. Ravishdoshning - i(b) affiksi yordamida yasaluvchi turini shaxs – son bilan tuslash orqali hosil bo‘luvchi forma yozibman yozibsiz yozibsan yozibsiz yozibdi yozibdi(lar) O‘tgan zamon fe’lining bu formasi: Harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo‘lganlik ma’nosini bildiradi. Keyin xabardor bo‘lish esa ikki xil yo‘l bilan bo‘lishi mumkin:1) O‘zgadan eshitish yo‘li bilan. Bunda eshitib bo‘lganlik ifodalanadi. O‘ng yonboshimda Nargisxon… Yuziga harir parda tutib o‘tiribdi(O‘.Hoshimov). 2) Harakatni o‘zgadan eshitmay undan o‘zi keyin xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu turning birinchi shaxs(birlik va ko‘plik) formasi ana shu ma’noda qo‘llanadi. Hoshimga kelib, oynaga qarasam, o‘ng yuzim oqib tushay degan nondek cho‘zilib ketibdi(O‘.Hoshimov) Bu forma harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini keyin bilganlikni emas, balki bajarish yoki bajarilmaslik kerakligini keyin bilgamdek manosini ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo‘lganlik ma’nosini bildiradi. Bu ma’no ikki xil ottenkaga ega: I) o‘zgadan eshitib bilganlik ottenkasi: Eshitishimga qaraganda, Qo‘chqor tuman markaziga ketganicha qaytib kelmabdi(S.Ayniy), Ularning paroxodlari Oltiquduqda hukumatga o‘tib ketibda, endi bizning davlatga sotgan balig‘imizni tashirmish. (As.M.); 2) harakatning bajarilganidan so‘zlovchining o‘zi keyin xabardor bo‘lganlik ottenkasi: Kechirasiz, o‘rtoq Zunnunov, yoshlarning mojarosi bilan bo‘lib sizni mahtal qilib qo‘yibman, (I. R.) O‘zim ko‘rdim, tosh chap yelkasiga tushibdi. (M. Ism.) O‘tgan zamon fe’lining «etakchi fe’l + qo‘y» ko‘makchi fe’lidan tashkil topgan formasi harakat-holatdan keyin xabardor bo‘lganlikni emas, balki bu harakat-holatning hozir mavjudligi ma’nosini bildiradi: Rahmat davlatimizga, yetarli mashina berib qo‘yibdi.(H. G‘.) Meni daraxt ekmagan deb o‘ylaydi, shekilli, boboy, qirq gektar bog‘ni yashnatib qo‘yibman. (H. G‘.) Payt ergash gapning kesimi -ki bog‘lovchisi bilan qo‘llanganda, bosh gapdagi harakat, hodisaning ergash gap kesimi bildirgan harakat bajarilgandan beri davom etayotganligi ma’nosi ifodalanadi: Aqlimni tanibmanki, shu kolxozda ishlab kelyapman.(S.An.) Shu uyga tushibmanki, mehmon kutaman.(H. G‘.) To‘liqsiz ergash gap kesimi vazifasida kelib, to‘siqsizlik ma’nosini ifodalaydi: Yepiray, bunaqa battol o‘g‘rini umrimda ko‘rgan emasman, ustidan oshirib o‘q otibman-u kiprik qoqmadi-ya! -degan edi.(A.Q.) Ko‘rdim deb gerdayma, na ko‘ribsan-kam. (Shukrullo.) O‘tgan zamon subparadigmasi murakkab shakl yasalishi tizimiga ega bo‘lib, dastlab o‘tgan zamonning birlamchi yasalish tizimini va ikkilamchi yasalish tizimini ajratish kerak. Birlamchi tizim – affikslar bilan yasalish, sintetik grammatik shakllar tizimi; ikkilamchi tizim – asosan edi affiksoidi bilan hosil qilinadigan analitik grammatik shakllar tizimi. Tarixan er- fe’li mavjud bo‘lib, keyinchalik bu fe’l leksik ma’no anglatish xususiyatini va shu bilan birga undan turli shakllar yasalishi xususiyatini yo‘qotgan. Bu ikki hodisani nazarda tutib ushbu fe’l to‘liqsiz fe’l deyiladigan bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida to‘liqsiz fe’l degan fe’l yo‘q, faqat e- fe’l asosidan hosil qilingan edi, ekan, emish affiksoidlari mavjud. Bulardan tashqari, e- asosidan hosil qilingan esa, emas ham mavjud bo‘lib, allaqachon alohida-alohida til birligiga: esa – ta’kid yuklamasiga, emas – inkor morfemasiga aylangan. Bulardan emas bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalaydigan affiksoid sifatida ishlatiladi. Uch affiksoid – edi, ekan, emish garchand asos (ye-) va affiks (-di, -kan, -mish) qismlaridan tashkil topgani aniq sezilib tursa ham, bunday ma’noli qismlarga ajratilmaydi, yaxlitligicha affiksoid deyiladi. Bu affiksoidlarning ishlatilish doirasi ancha keng bo‘lib, shu jumladan fe’lning uzoqroq o‘tgan zamon shakllarini yasashda qatnashadi, analitik shakl hosil qiladi. O‘tgan, hozirgi va kelasi zamon ma’nolarining har biri maxsus Grammatik form orqali ifodalanadi. Lekin bir zamon formasining boshqa zamon formasiga xos ma’noda qo‘llanishi ham uchrab turadi. Bu hodisa ma’lum uslub talabi bilan bo‘ladi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan sezilib turadi. O‘tgan zamon fe’l formalaridan - di affiksi yordamida yasaluvchi formaning kelasi zamon va hozirgi zamon ma’nolarida qo‘llanish hollari uchraydi. Misol Hozir qorong‘uda qayoqqa bordigu nimayam qildik. Shundan so‘ng bilmadim, qncha vaqt shirin hayollar osmonida qanot qoqib yurdim. Qosim aka internatdagi o‘rtoqlarining yordami bilan hademay o‘qib, yozadigan bo‘ladi. Bir vaqtga oid voqea – hodisalarning bayon etishda -gan affiksi bilan yasaluvchi o‘tgan zamon formasining. Ma’nosida qo‘llanilishi uchraydi. Masalan Birov kitob o‘qigan, kimlardir shaxmat atrofida. -gan affiksi bilan yasaluvchi formaning holat ifodalay olish xususiyati uning shu ma’noda qo‘llanilishiga imkon beradi. Hozirgi zamon fe’lining kelasi zamonga oid harakatni ifodalash uchun asosan ket, yur, bor, boshla kabi fe’llar doirasida uchraydi. Bunda so‘zlovchi subektni harakatni bajarishga kirishgan kabi ktasvirlaydi. Masalan Bularni boshqa hududga yuboryapmiz. Ertaga ish bilan ketyapman, ona. Sizdan fotiha olay deb keldim, bugun ishni boshlayapmiz. Hozirgi zamon formasining o‘tgan zamonga oid harakatni ifodalash uchun qo‘llanishi juda ko‘p uchraydi. Bunday hollarda o‘tgan zamonga oladi va harakatni uning bevosita kuzatuvchisi sifatida bayon etadi. XULOSA Zamon kategoriyasi fe’l ifodalagan harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi. R. Sayfullayeva va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida zamon kategoriyasiga quyidagicha ta’rif beriladi. “Payt valentligiga ta’sir etish orqali kesimni shakllantirishda ishtirok etish va undan anglashilgan voqelikning nutq momentiga munosabatini ifodalash” zamon kategoriyasining umumiy Grammatik ma’nosi. Fe’lda bu UGM dagi voqelik uzvi harakat tarsi ko‘rininshida xususiylashadi. Fe’l bildirgan harakatning bajarilishi ma’lum bir vaqtda bo‘ladi. Demak, harakat vaqt(zamon) tushunchasi bilan aloqador bo‘ladi. Fe’l bildirgan harakat obektiv harakatning tildagi ifodasi bo‘lganidek, fe’llardagi zamon ham harakatning bajarilishi bilan aloqador bo‘lgan obektiv vaqtning tildagi ifodasidir. Lekin obektiv zamonning tildagi ifodasining o‘zi Grammatik zamon kategoriyasi hisoblanmaydi. Grammatik zamon kategoriyasi harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi. Harakatning bajarilish vaqti bilan nutq payti orasidagi munosabatga qarab fe’lning uch zamoni farqlanadi. Hozirgi o‘zbek tili fe’lning zamon formalariga juda boyligi bilan ham farqlanadi. Voqelikning nutq momentiga munosabatiga qarab uch xil zamon farqlanadi: Nutq momentigacha bo‘lgan voqelik – o‘tgan zamon Nutq momentidagi voqelik – hozirgi zamon Nutq momentidan keyin bo‘ladigan voqelik – kelasi zamon. Fe’lning o‘tgan zamon shakllari nutq paytidan ilgari bajarilgan harakatni bildiradi. Hozirgi va kelasi zamonga qaraganda o‘tgan zamon fe’llari o‘z shakllarining ko‘pligi va juda xilma – xil ma’no ottenkalarini ifodalash bilan ajralib turadi. O‘tgan zamon shakllari sintetik va analitik usullar bilan yasalishi jihatidan ham bu shakllarda o‘tmishdagi harakatning hamda nutq onidan oldingi paytning turli baholanishi tomonidan ham farqlanib turadi. R.Sayfullayeva va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida, “O‘zbek tili grammatikasi”da, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining 1968 – yil 5 – sonida o‘tgan zamon fe’llari to‘rt guruhga ajratilgan bo‘lsa, U.Tursunov., J.Muxtorov va Sh.Rahmatullayevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobi(1992)da o‘tgan zamon fe’llarini 5 guruhga ajratga. Ular quyidagilar: Aniq o‘tgan zamon – di affiksi bilan yasaladi. Barno yo‘q ekan biroz kutdi, kelavermagach o‘tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. Uzoq o‘tgan zamon – gan affiksi orqali yasaladi. O‘rinda ham gaplashaveramiz, sen juda charchagansan O‘tgan zamon hikoya shakli - b(-ib) bilan yasaladi. Shogirdimni Marg‘ilonga yuborib edim O‘tgan zamon davom shakli - r(-ar) orqali yasaladi Arava gijilab borar, gap mavzudan – mavzuga ko‘char edi. O‘tgan zamon eshitilganlik shakli - b(-ib) affiksi bilan yasaladi. O‘zim ko‘rdim tosh chap yelkasiga tushibdi. O‘tgan, hozirgi va kelasi zamon ma’nolarining har biri maxsus Grammatik forma orqali ifodalanadi. Lekin bir zamon formasining boshqa zamon formasiga xos ma’noda qo‘llanishi ham uchrab turadi. O‘tgan zamon fe’l formalaridan -di affiksi yordamida yasaluvchi formaning kelasi zamon va hozirgi zamon ma’nolarida qo‘llanish hollari uchraydi: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigi, nimayan qildik. Shundan so‘ng bilmadim, qancha vaqt shirin hayollar osmonida qanot qoqib yurdim. Bir vaqtga oid voqea – hodisalarni bayon etishda - gan affiksi bilan yasaluvchi o‘tgan zamon formasining ba’zan hozirgi zamon ma’nosida qo‘llanishi uchraydi. – gan affiksi bilan yasaluvchi formaning holat ifodalay olish xususiyati uning shu ma’noda qo‘llanishiga imkon beradi. Download 187,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |