O`ZBEK TILIDA LEKSIK STILISTIK DARAJALANISH
Maxkamova Mavludaxon Anvarjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti
1-bosqich magistranti
m.maxkamova1998@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezis stilistika, leksik stilistika hamda sinonimlar va ularning stilistik xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar: stilistika, stilistik ottenka, suyakdan qilingan uchli tayoqcha, tilning vazifadosh shakllari, fonetik stilistika, leksik stilistika, grammatik stilistika, ikki qismli sinonimik qator.
LEXICAL STYLISTIC LEVELING IN UZBEK LANGUAGE
Annotation: This thesis provides information on stylistics, lexical stylistics and synonyms and their stylistic features.
Keywords: stylistics, stylistic types, a pointed stick made of bone, functional forms of language, phonetic stylistics, lexical stylistics, grammatical stylistics, two-part synonym series.
Kirish:
Tilning leksikasi eng nozik ma’no va stilistik ottenka ya’ni turlar
bilan informatsiya berishda juda katta imkoniyatlarga ega.
Hozirgi o‘zbek tilida yoki rus tilida necha so‘z bor? Bunga javob
berish juda qiyin. Ayniqsa, neytral va stilistik bo‘yoqli so‘zlami
aniqlash undan ham qiyin.
Stilistika — grekcha «stylos» so‘zidan olingan bo’lib, «suyakdan
qilingan uchli tayoqcha» degan m a’noni bildiradi. Qadimgi greklar
mum surtilgan taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu
tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o'xshar edi. Xato yozilgan
so’zni tayoqchaning kurakchaga o’xshagan tomoni bilan taxtachadagi
mumni tekislash orqali o‘chirar edilar va uchli tomoni bilan
to‘g‘irlab yozardilar[1]. Stil so’zidan stilet — ingichka xanjar va stilo — avtoruchka so’zlari kelib chiqqan. Qadimdanoq stilistika ikki xil ko‘rinishga ega:
1. Nutq stilistikasi. Bu tilning vazifadosh shakllari deb ham yuritiladi. Bunga so‘zlashuv stili, rasmiy stil, ilmiy stil, publitsistik va badiiy stil kiradi.
2. Lingvistik, ya’ni til stilistikasi. Uning turlari:
a) fonetik stilistika
b) leksik stilistika
d) grammatik stilistika
Fonetik stilistika nutq tovushlarining stilistik imkoniyatlarini
o‘rgatadi. Bu nima degani? Bunda har bir tovushning nutqni
ta’sirchan, e’tiborli qilishdagi o’rni, maqsadni aniq va to‘g‘ri
ifodalash xususiyatiga ega bo‘lishi tushuniladi.
Grammatik stilistika grammatik tushunchalar va grammatik
shakllaming nutq stillari bo‘yicha xoslanib ishlatilishi masalalarini
o‘rgatadi.
Leksik stilistikada tilimizning lug’at boyligidagi birliklarning stilistik
xususiyatlari o‘rganiladi. Ular ichida, ayniqsa, sinonimlar,
antonimlar, omonimlar stilistik imkoniyatga boy vositalar hisoblanadi [2].
Leksik stilistikada sinonimiya hodisasi muhim o‘rin tutadi. Stilistik
bo‘yoqli so‘zlar, ayniqsa, sinonimik qatorda o‘z ifodasini topadi.
Ma’lumki, sinonimik qatorning uzunligi turlichadir: bir tomondan,
sinonimik qator faqat ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, bir necha so‘zdan tuzilishi mumkin.
Masalan: ikki qismli sinonimik qator: chopmoq-yugurmoq, sevinmoq-xursund bo'lmoq, uysiz-joysiz, dum-quyruq.
Ko'p qismli sinonimik qator: yuz, aft, bashara, turq, bet, chehra, siymo.
Nozik ma’nolarni ifodalash uchun ham sinonimlar tanlab
olinadi. Masalan: Kishining hamma yeri: so’zi ham, kiyimi ham, qalbi
ham, afti ham go‘zal bo‘lishi kerak[3]. Faylasuf shoir Maqsud Shayxzoda ,,qaytariq so’z“ haqida shunday fikr bildiradi: «Qaytariq so‘z nazm uyini qiladi vayron... Ma’nodosh so‘zlarni ishlatish so‘z san’atkori uchun farz. Tilimizning shu tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor».
Mavzuga oid adabiyotlar
Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov H.
O'zbek tili stilistikasi. — Т.: « O‘qituvchi», 1983.
2. Qilichev E. O'zbek tilining amaliy stilistikasi. — Т.: 1999.
3. Qo’ng’urov R., Karimov S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq
madaniyati: bibliografik ko‘rsatkich. - Samarqand, SamDU nashri,
1984.
Do'stlaringiz bilan baham: |