O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi



Download 1,12 Mb.
bet70/175
Sana21.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#396663
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175
Bog'liq
ma\'ruza metodika

Matn bilan tanishing

Ekskursiya darsi. Ekskursiya quyidagi bosqichlardan tarkib topadi:

1.O‘qituvchining tayyorgarligi. O‘qituvchining muayyan mavzuni, ekskursiyaning maqsadi va boriladigan joyini belgilashi; ekskursiyaga boriladigan joy va o‘rganilishi kerak bo‘lgan obyekt bilan oldindan tanishishi; bolalar kuzatishlari kerak bo‘lgan narsani tanlab olishi; ekskursiya rejasini ishlab chiqishi tayyorgarlik jumlasiga kiradi.

Rejada ekskursiyaning mazmuni qisqacha belgilanadi, qaysi obyektdan qaysi biriga qanday izchillik bilan borishni belgilovchi yo‘nalish aniqlanadi. Rejada maktabdan ekskursiya obyektigacha va qaytib kelish uchun hamda ekskursiya o‘tkazish uchun ajratiladigan vaqt belgilanadi. Ekskursiyaning tashkiliy jihatlarini batafsil va puxta o‘ylab sinfda qanday ish bilan tugallash kerakligi yaqqol belgilanishi zarur.

2. O‘quvchilarning tayyorgarligi. O‘quvchilarni ekskursiyada o‘rganiladigan narsani ilgarigi mashg‘ulotlar bilan qurollangan holda idrok etishga tayyor bo‘lgan paytlaridagina olib borish mumkin. Buning ma’nosi shuki, ular ilgari olgan bilimlar va malakalar ekskursiya vaqtida eng ko‘p samara beradigan yangi kuzatishlar o‘tkazish hamda yangi fikrlarni shakllantirib namoyish etish imkonini beradi. Ekskursiyaning maqsadi o‘quvchilar uchun ravshan bo‘lishi kerak.

Ekskursiya vaqtida mehnatni taqsimlash zarur bo‘lib qolsa, topshiriqlar tayyorgarlik vaqtidayoq taqsimlab qo‘yiladi. Bunda quyidagi qoidaga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ekskursiya vaqtida har bir bola umuman butun reja bo‘yicha kuzatish olib borishi kerak, ayrim masalalar bo‘yicha materiallar to‘plash esa bir necha guruhlar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.

O‘quvchilarni ekskursiyaga tayyorlash vaqtida, shuningdek, o‘quv maqsadlarida qanday qurollarini olish kerakligi, kim nimani ko‘tarib borishini ham ko‘zda tutish kerak; agar ekskursiya uzoqqa cho‘ziladigan bo‘lsa, o‘zi bilan ovqat olib ketishi ham lozim. Ekskursiyani shu tarzda rejalashtirish tavsiya etiladiki, bunda pedagoglar ekskursiya o‘tkazishda bir-birlariga yordam bera oladigan bo‘lishlari kerak. O‘quvchilarni ikki pedagog boshlab borsa yanada yaxshi bo‘ladi.

3. Ekskursiyani o‘tkazish. Ekskursiyani oldindan belgilangan tartibda o‘tkazish muhimdir. Masalan, biror muzeyga ekskursiya qilingan vaqtda bir ekspo‘zbek tdan ikkinchisiga xohlagan tartibda o‘tish yaramaydi. Balki muayyan ekspo‘zbek tlarnigina oldindan belgilangan reja asosida ko‘zdan kechirish zarur. Ekskursiya vaqtida rejada belgilangan muayyan material to‘planadi. Ekskursiyadan olingan kuzatishlarni keyinchalik sinfda tahlil qilishda bunday materiallar qo‘l keladi.

Ekskursiya vaqtida o‘qituvchi hamma o‘quvchilarni diqqat markazida tutishi kerak. Tushuntirishni shunday olib borish kerakki, u puxta, sodda bo‘lib, har bir o‘quvchi ongiga yetib borsin. Tajribali o‘qituvchi o‘quvchilarning kuzatishlari natijasida mustaqil xulosalar chiqarishlariga alohida ahamiyat qaratadi.

Agar o‘qituvchi ekskursiya vaqtida tushuntirishni mutaxassisga topshiradigan bo‘lsa, u bilan mazkur tushuntirishlarning mazmuni, shakli haqida, ekskursiyaning har bir qismi uchun ajratiladigan vaqt haqida oldindan kelishib olishi zarur.

4. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya tamom bo‘lgandan so‘ng, albatta, yakunlovchi suhbat o‘tkaziladi101.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish