REPRODUKTIV METOD (frantsuzcha re’roduction – qayta tiklash, qayta xotirlash) – o‘quvchilar faoliyatida bir necha marta ishlab chiqilgan bilim-malakani qayta tiklash, xotirga olish usuli. Bu usul instruktiv (yo‘llanma) metod ham deb yuritiladi.
Referat (lotincha refero – axborot berayapman) – biror ilmiy asar, maqola, o‘qilgan kitob va shu kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og‘zaki bayoni; o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan sharhli tahlilini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi ma’ruza. R., odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi.
SINTEZ – yunoncha birikish, qo‘shilish, biriktirish. Predmet va hodisalarni bir butun holda, ularni tashkil etgan qismlarning birligi va o‘zaro bog`liqlikda o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |