II. 3. Adabiy kechalar
Adabiy kecha adabiyotdan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Yaxshi tashkil etilgan kechalar o‘quvchilar ma’naviyatini tarbiyalashning qudratli vositalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday kechalar o‘quvchilar bilim doirasini kengaytiradi va boyitadi; ularda yorqin va kuchli taassurot qoldiradi, badiiy didining rivojlanishiga yordam beradi, o‘quvchilarni ahil jamoa qilib uyushtiradi. Adabiy kecha o‘quvchilarning mayli va shaxsiy qobiliyatini aniqlashda ham muhim vosita hisoblanadi. “Adabiy kecha, bu hamma to‘garaklar, adabiy-ijodiy, dramatik, ifodali o‘qish va ijodiy hikoya qilish to‘garaklari kuchining namoyishidir. Maktabda adabiy kecha aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak”,– deydi rus metodist olimi V. V. Golubkov.
Do'stlaringiz bilan baham: |