Kurs ishining maqsadi. Masnaviy janri haqida to‘liq ma‘lumot berish, masnaviy janrining o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rnini atroflicha yoritish
Kurs ishining ilmiy o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek mumtoz adabiyoti bilamizki, keng, atroflicha o‘rganilgan adabiyot hisoblanadi. Jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida masnaviy janrida ijod qilgan ijodkorlar ham alohida o‘rganilgan. Bularning orasida eng ko‘p o‘rganilganlaridan Alisher Navoiy ijodi hisoblanadi.
Ammo ochilishi kerak bo‘lgan joylari ham talaygina.
Kurs ishining metodologik asosi.
Xorazmiy “Muhabbatnoma”si, Xo‘jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar, Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni, “Yusuf va Zulayho”, “Gul va Navro‘z” asari, Navoiy, Muhammad Solih, Nishotiy dostonlari, Muqimiyning hajviy hikoyalari va Alisher Navoiy asarlaridagi masnaviy janriga oid asarlar qiyoslab tahlil qilinadi.
I bob. Masnaviy – mumtoz she’riyatning asosiy janri sifatida
Masnaviy o‘zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat she’r shaklidir. “Masnaviy” so‘zi arabcha so‘z bo’lib, “ikkilik”, “juft” degan ma’nolarni bildiradi. Masnaviy usuli voqea va hodisalarni epik ko‘lamda aks ettirishga imkon bergani uchun ham doston ko‘pincha shu yo‘l bilan yoziladi. Bundan tashqari, qasida, she’riy noma va boshqa turdagi asarlar ham masnaviy shaklida yaratilishi mumkin. Masnaviy mumtoz adabiyotimizda eng ko‘p qo‘llangan. “Xamsa” (Alisher Navoiy), “Shayboniyxon” (Muhammad Solih), “Tanobchilar” (Muqimiy), “Ilm xosiyati” (Furqat) kabi asarlar masnaviy janrida yozilgan.
Masnaviyni “doston” ham deyishadi. Alisher Navoiy masnaviy janri “vase” (keng maydon) deb ta’riflangan. Masnaviyning qofiyalanish tartibi quyidagicha: a-a, b-b, d-d….
O’zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to’la holda saqlangan asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonidir.
Misol:Nedur ahvoling, ey zo‘ri g‘aribim, -a
Visolim davlatidan benasibim -a
Chekardim g‘am tog‘in holing nechukdir?... -b
Buyukdin jismi chun noting nechukdir?... -b
(Alisher Navoiy, Shirinning Farhodga maktubidan)
Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi. Bu xil qofiyalash usuli qulay bo‘lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlari: hikoya- manzumalar, hajviy hikoyalar, soqiynomalar, dostonlar shu tarzda qofiyalangan.
Jumladan, Xorazmiy “Muhabbatnoma”si, Xo‘jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar, Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni, “Yusuf va Zulayho”, “Gul va Navro‘z” asari, Navoiy, Muhammad Solih, Nishotiy dostonlari, Muqimiyning hajviy hikoyalari, Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan. Jumladan, Ogahiyning dahr bog‘i ta’rifidagi masnaviysi shundan boshlanadi:
Dahrki bir bog‘i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ilu orodurur.
Lutfu nazohat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O‘ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o‘ylaki bahrum najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori nomdur o‘lub,
Oynai tahtihol anhor o‘lub.
Havfzalari ichra musaffo zulol,
Xosuyatu ta’m aro havsar misol,
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uzra sunbullari….
Manaviyning xususiyatlari to‘g‘risida “Al-mo’jam fi-maori ash’or ul-Ajam” asarida Qays at-Roziy shunday deb yozadi: “…Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarining o’zaro qofiyadosh bo’lishi nuqtai nazaridan uni masnaviy deb yuritilgan”. Noma va masal janrining ham ko’pchiligi masnaviyda yaratilgan.
«Qutadg‘u bilig» haqida so‘z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrоvi va ifоda tarzi haqida fikrlar bayon qilingan. Masalan, Najib Оsimbеk: «Qutadg‘u bilig» mavzu e’tibоrila «Siyosatnоma»ning aynidir. Turk avzоining mashhuri o‘lan o‘n birli vaznda va tarzi masnaviyda yozilmish o‘lan bu asari nafis bеshinchi asri hijriydagi turk jamоatining haqiqiy bir tasvirini, afkоri ma’naviya va siyosiyasini go‘stariyur», dеsa, H.Tavfiq, M.Ehsоn, H.Оliylar o‘zlarining «Turk adabiyoti namunalari»da uning masnaviy shaklda yozilganligini qayd qilish bilan chеklanishadi. Shu xil fikrlarni bоshqa ko‘p tadqiqоtlarda ham ko‘rish mumkin.
Masnaviy haqidagi nazariy ma’lumotlarda, asosan, uning shakliy-poetik xususiyatlari qayd etilgan. Masnaviy (ar. ikkilik) deganda, asosan, she’riy shaklning qofiyalanish prinsipi (a-a, b-b, v-v…) tushunilgan.
Masnaviy haqida doktor Zahroi Xonlari yozadi: “Fors she’riyatining o‘ziga xos shakllaridan biri masnaviy bo‘lib, arab tilida ham forslarga taqlidan yaratilgan va uni muzdavaj deydilar. Masnaviy har ikki misrasi bir xil va mustaqil qofiyaga ega bo‘lgan she’rdir”. Olim masnaviyning qo„llanish doirasiga ham ishora qiladi: “Fors tilidagi jangovar va maishiy-ma‟rifiy manzumalar yozishda (Mavlaviyning ma’lum “Masnaviysi”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Nizomiyning “Xamsa”si kabi) masnaviy shaklidan foydalaniladi”.
Masnaviyning bu xildagi ta’rifi uning ayrim xususiyatlarini belgilash imkonini beradi:
- Masnaviy alohida, o‘ziga xos she’riy shakllardan biri.
- Masnaviydagi bayt misralari o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi.
- Har bir bayt qofiya nuqtai nazaridan mustaqildir.
- U hajm va mavzu jihatidan chegaralangan emas.
Masnaviy haqida fikr yuritgan klassik poetika mutaxassislarining ko‘pida mazkur shaklning bu xususiyatlari qayd etilgan.
Turkiy tilli xalqlar poeziyasi tarixi ham uning turli namunalarini o‘zida jamlagan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”idan boshlangan bu shakl Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Durbekning “Yusuf va Zulayho”, Navoiyning “Xamsa”larida davom ettirildi va turkiy xalqlar adabiyotining eng asosiy she’riy shakllaridan biri bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy:
Do'stlaringiz bilan baham: |