FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI . . . . . . . . . . . . . . . . . 21
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Istiqlol tufayli ma’naviy hayotimizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda bu sohaga ulkan va uzluksiz e’tibor qaratib kelinmoqda. Halqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi o‘sib, ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga poydevor yaratayapti.
She’rning o‘zi qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy va masnaviy singari bir necha turga bo‘linadi. Shoirlardan bir guruhi kuchli qobiliyatga ega bo‘lganliklari sababidan ushbu she’r turlarining barchasida she’r yozishgan, ulardan boshqa bir guruhi esa ta’blarining o‘tmasligi sababli bu turlarning ayrimlaridagina she’r aytishga harakat qilish bilan cheklanganlar.
Allohga hamd va shukrlar bo‘lsinki, «Hazrat Sultonning yaqin kishisi» degan daraja va martabaga ega bo‘lgan ul oliy hazratning ushbu she’r turlarining barchasidagi mahorati shu darajaga yetgandiki, agar ilgarigi davrlarda yashab o‘tgan shoirlar ul hazratning muborak zamonlarigacha yetib kelishganida [va ushbu saodatli zamonni ko‘rishganida] edi, she’r yozadigan daftarlarini yopib (ya’ni she’r yozishni yig‘ishtirib), dunyoning turli tomonlaridan uning fazilat makoni bo‘lgan ostonasi tomon shoshilgan bo‘lardilar.
Alisher Navoiyning boy adabiy-ilmiy merosi nazm va nasrda yaratildi. Ulug‘ shoir va mutafakkir o‘sha davrdagi zullisonaynlik (o‘zbek va fors-tojik tillarida ijod etish) an’anasini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z merosining asosiy qismini turkiy-o‘zbek tilida ijod qildi. Ustozi Abdurahmon Jomiy bu masalaga alohida to‘xtalib, shunday degan: “Agarchi Alisher Navoiyning keng qobiliyati she’rning har ikki – turkiy va forsiy nav’ida iqtidorlidir, ammo uning mayli ko‘proq turkiyda bo‘lib, bu tilda yozg‘anlari forsiydan ko‘pdir”.
Masnaviy janri zamonaviy she’riyatimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘sha oldi. G‘afur G‘ulomning “Uchuvchi qo‘shig‘i”, Zulfiyaning “Salom sizga, sulhparvar ellar” masnaviylari tinchlik va gumanizm bahsidir. Mirtemir masnaviy janri taraqqiyotida sezilarli iz qoldirgan, unung o‘nlab iboratomuz masnaviylari bor. Habibiy, Charxiyning aruzda yozgan masnaviylarida davr qahramoni tasvirlanadi (Habibiyning “Xazina”, “Iqlim bahori’, Charxiyning “El baxti” masnaviylari).
Masnaviyda realizm va poetika birlashib, davr ruhi ifodasiga munosib xizmat qildi (hozirgi poeziyadagi masnaviychilik to‘g‘ri yo’ldan bormoqda, bu janr o’z qurilishining soddaligi bilan bolalar adabiyotiga qo‘l keldi, ayniqsa, buyuk shoir Quddus Muhammadiy masnaviylari buni ko‘rsatib turibdi.) Xurshid Davron masnaviy janrining barmoq vaznidagi ko‘rinishi rivojiga yaxshi ulush qo’shdi, u bunday she’rlarda (“Otam xotirasiga”, “Epitafiya”, “Unutayin degandim seni” va boshqalarda) hayot qadri, ezgulik himoyasi, o‘tganlarning aziz yodi haqida tahsinbop so‘z yuritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |