Faksimil nashr. Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir97[18].
Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi.[19] 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilk devon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilk devon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi. Bu xususda S. G‘anieva quyidagi mulohazani bildiradi: “Xatning yozilish uslubi haqida aytish kerakki, u professional kotib xatiga o‘xshamaydi. Masalan, “alif”, “kof”, “lom” harflari o‘ng tomonga moyil qilib yozilgan. Misralarning notekisligi esa xatning mistarsiz yozilganidan belgi beradi. Lekin, shubhasiz, xat kitobat san’atidan puxta xabardor odamning qo‘li bilan yozilgan. Harflarning muayyan mutanosibligining saqlanishi, har bir harfning aniq ifodalanishi, xususan, harflarning nuqtalari alohida-alohida qo‘yilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ayni chog‘da, harflarning ust va ostki nuqtalarining aniq va dona-dona qo‘yilish holini qadimgi o‘zbek tilidan xabardor bo‘lmagan forsiyzabon kotiblarga engillik tug‘dirish maqsadida qilinganligidan dalolat beruvchi omil deb qarash mumkin”[20].
Bugungi kunda yangi topilgan asarlarni yoki yangi ma’lum bo‘lgan o‘tmish ijodkorlarning birinchi marta e’lon qilinayotgan devonlarini nashrga tayyorlashda “Muxtasar” matnida qo‘llangan prinsiplardan foydalanish eng ma’qul yo‘ldir.
[1] SHamsievP. O‘zbekmatnshunosligigaoidtadqiqotlar. – T.: Fan, 1986. – B.19–21.
[2] Eshonxo‘jaevSH. “Lisonut-tayr”ningilmiy-tanqidiymatnihaqida. Alisher Navoiy Lison ut-tayr. – T.: Fan, 1965. – B.20–21.
[3] Qarang: So‘fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. Nashrga tayyor. R. Zohid. – T.: San’at jurnali, 2007. – B. 6.
[4] Qarang: SHamsievP. O‘zbekmatnshunosligigaoidtadqiqotlar. – T.: Fan, 1986. – B.9.
[5] SHamsievP. O‘zbekmatnshunosligigaoidtadqiqotlar. – T.: Fan, 1986. – B.11.
[6] Qarang: Alisher Navoiy. Farhod va SHirin. – T. : Davlat nashriyoti, 1956. – B. 178–179.
[7] Alisher Navoiy. Layli va Majnun. Nashrga tayyorlovchilar: Amin Umariy va Husaynzoda. – T.: Fan, 1941.
[8] Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami, 13-jild. – T.: Fan, 1997. – B.24.
[9] O‘sha asar. – B.227.
[10]Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami, 13-jild. – T.: Fan, 1997. – B.73.
[11] Qarang: Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 13-jild. – T.: Fan, 1997. – B.244-245.
Do'stlaringiz bilan baham: |