O‘zbek tili va adabiyoti


Xorazm bayozchilik an’anasi –



Download 2,2 Mb.
bet40/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Xorazm bayozchilik an’anasi – Xorazm bayozchilik maktabida adabiy matnlar asosan janriga ko‘ra jamlangan. Jumladan, Muhammad Rahimxon (Feruz) davrida “Bayozi musaddasot”, “Bayozi majmuai ash’or”, “Bayozi muxammasot”, “Bayozi ruboiyot” kabi bayozlar tuzilgan.


NAZORAT SAVOLLARI

1.Bayoz tuzishdan nima maqsad qilingan?


2.Bayozlarning farqi nimalarda ko‘rinadi?
3.”Bayozi Muhallo”ga nechta shoirning asari kirgan?
4.Bayozni kimlar tuzgan?


Test savollari



Savollar

To‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Noto‘g‘ri javob

Maoniy haqidagi ilm

Muqtazoyi hol ilmi;

so‘z yasalishi haqidagi ilm;;

she’r vaznlari haqidagi ilm;

misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm

Muhabbatnoma”” kimning asari:

* Xorazmiy



Fuzuliy;



Navoiy

Mashrab

Adabiy ilmlari soni



12 ta *

10 ta

8 ta;

4 ta.

Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:



*shakliga;

ruhiga;



mazmuniga

Tiliga

Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:



tab’i nazm;

adabiy ta’lim;

qofiyadoshlik;

ma’no uyg‘unligi.





1-AMALIY MASHG‘ULOT
ARAB YOZUVI VA MUSULMON KITOBATCHILIGI AN’ANALARI

Reja:
1. Arab yozuvining vujudga kelishi


2. Mushaf masalasi
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojida musulmon kitobatchiligining o‘rni

Tayanch tushuncha va so‘zlar


qadimiy Misr; finikiy o‘lkasi; musnad yozuvlari; nabatiy yozuvi;arab yarim oroli; kahton va adnon urug‘lari; mudariylar; rabi’iylar; terilarga bitilgan oyatlar; Mushaf masalasi va kitobatchilik an’anasi.

Qadimiy Misr yozuvi arab yozuvining kelib chiqish zanjirining birinchi halqasi hisoblanadi. Bu yozuv asosida finikiya xati vujudga keldi. Finikiya xatini ixtiro qilgan xalq dengiz sohilida, Finikiya o‘lkasi va Livan tog‘i etagida yashar edilar. Ularning shug‘ullanadigan yumushlari ko‘proq Misr davlati bilan tijorat ishlari edi. Ular qadimgi Misr yozuvlaridan 15 harfni o‘z o‘lkalariga olib keladilar va unga shakliy o‘zgartirish kiritib, yana boshqa harflar qo‘shib finikiy yozuvini keltirib chiqaradilar. Keyinchalik esa, ushbu xatdan ikki shoxabcha kelib chiqadi. Bular musnad va oromiy yozuvlaridir. Oramiy va musnad yozuvlari Arabiston yarim orolining janubida yashovchi somiy xalqining yozuvidir. Mazkur yozuvlar eng qadimiy arablarning dastlabki yozuvlari hisoblanadi. Uning shoxobchalari esa samudiy, safaviy, lahyoniy yozuvlaridir. Oromiy yozuvi juda tez rivojlanib, yarim orolining shimolida joylashagn davlatlar Suriya, Iordaniya, so‘ngra Iroq sarhadlarigacha etib bordi. 270-milodiy yilda Nabatiy yozuvi vujudga keldi. Kufa yozuvi yuzaga kelgunga qadar nabatiy yozuvidan o‘zga bir qancha yozuv turlari vujudga kelgan. Bular xiriy, xijoziy yozuvlaridir. Bu yozuvlar asosida yana nimara, zayd, xiron yozuvlari ham paydo bo‘ladi. Nimara yozuvi Xira shahri yaqinidagi Duruz tog‘i yozuvi hisoblanadi. Uning vujudga kelish sanasi 323 milodiy yiliga to‘g‘ri keladi. Zayd yozuvi Firot daryosi bo‘yida yashovchi xalq yozuvi hisoblanadi. Bu yozuv 512 yilda vujudga kelgan. Xiron yozuvi esa zayd yozuvidan kam farq qilib, 568 yil paydo bo‘lgan. Undan kufiy xatigacha bo‘lgan qadimgi yozuvlardan biri bo‘lib, harflarning to‘g‘ri chiziqligi bilan ko‘fiy xatidan ajralib turadi.


Muqaddas kitobni jamlash uning turli sahifalardagi bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra suralarni tartib bilan joylashtirib, sahifalarni bitta mushaf(muqova) ostida yig‘ish deganidir. Bu tarzda jamlash Muhammad alayhissalom hayotligida voqe bo‘lmadi. U paytda muqaddas kitob to‘laligicha sahobalarning qalblarida hifz qilingan edi. SHuningdek, ba’zan yassi toshlarga, xurmo po‘stloqlariga, hayvonlarning kurak suyaklariga, egarlarga va oshlangan teri parchalariga ham yozilgan.
Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida YAmomada Musaylima qo‘shini bilan bo‘lgan jangda musulmonlardan juda ko‘p (500, ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, 700 nafar) hofizlar jon taslim qilishdi. Bu voqeadan Umar ibn Xattob dahshatga tushdi, muqaddas kitobni yod bilgan qorilarning o‘limi tufayli oyatlar unutilib ketishidan qo‘rqdi va Abu Bakr huzuriga kirib, Qur’onni jam qilishga buyurishlarini so‘radi. Abu Bakr Siddiq Bu mas’uliyatli ishga Payg‘ambarning vahiy kotibi Zayd ibn Sobitni boshchi qildi. Zayd ibn Sobit xurmo po‘stloqlariga, toshlarga yozilgan oyatlarni yig‘ib, oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib, muqaddas kitobni to‘liq jamladi. Jamlangan bu sahifalar dastlab Abu Bakr Siddiqda, uning vafotidan so‘ng hazrati Umarda, hazrati Umarning qizi Hafsada saqlandi.
Qur’onning ikkinchi marta jamlanishiga sabab bo‘lgan voqea xususida Anas ibn Molik hikoya qiladi: “Huzayfa ibn YAman Usmon ibn Affonning oldiga keldi. U SHom va Iroq ahli bilan Armaniston va Ozarboyjonni fath qilish uchun jang qilar edi. Huzayfani qiroatda paydo bo‘lgan ixtilof xavfga solib qo‘ydi.
Usmon ibn Affon qurayshlik Abdulloh, Said va Abdurahmonga aytdi: “Agar siz va Zayd ibn Sobit jamlagan Mushafdagi biror so‘z xususida ixtilofga borsangiz, Zaydga qurayshning tilida yozdiringlar, chunki Mushaf quraysh tilida nozil bo‘lgan”. Ular shu tariqa Mushafdan nusxalar ko‘chirishdi. Keyin Usmon ibn Affon Abu Bakr Siddiq davrida ko‘chirilgan nusxani yana Hafsa onamizga qaytarib berdi. Ko‘chirilgan nusxalarni dunyoning to‘rt tarafiga jo‘natdi va Qur’onning ushbu nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib yuborishni buyurdi”[1].
Hozirgi zamon ijtimoiy-gumanitar fanlari taraqqiyoti zaminida sharq filologiyasining islom paydo bo‘lgandan keyingi uch yuz yil oralig‘ida erishgan yutuqlari yotadi. Tibbiyot, falakiyot, matematika, fizika, kimyo kabi qator fan sohalarida Evropa uchun inqilobiy taraqqiyot yo‘llarini SHarq tafakkuri ochib bergani hech kimga sir emas. Ammo filologiya sohasida ham yutuqlar uchun sharoit SHarqdan boshlangani tor doiradagi mutaxassislar uchun ham ma’lum emas.
Islom mamlakatlarida ijtimoiy-gumanitar fanlarning kelib chiqishi Qur’on va uni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan. Statistika sohasida qo‘yilgan birinchi qadamlar ham ulug‘ kitob matnini yig‘ib, Mushaf holiga keltirish jarayonida yuzaga keldi. Qur’on avval surama-sura, oyatma-oyat to‘plab tartibga solingach, so‘zlar soni, hatto harflar miqdorigacha aniq hisobga olingan. Yig‘ilgan suralar matnlari va tartibini o‘rganish hozirgi kunda matnshunoslik deb atalmish ilmning mukammal tamoyilini, dastavval, islom dunyoga kelgan davrdayoq yuzaga chiqargan edi. SHu jarayonning o‘zida bir guruh olimlar fonetika ilmiga asos solishdi. SHarqda bu ilm hanuzgacha ilmi tajvid nomi bilan atalmoqda. Ilmi tajvid olimlari Qur’on matni asosida arab tili fonetikasini batafsil bayon qilib berganlar. Natijada, bu ilmni o‘zlashtirgan evropalik olimlar uchun ilmi tajvidda mavjud fonetik hodisalarni tushuntiruvchi qonuniyatlarni o‘z tillariga tatbiq qilish va ularni o‘zlariga tushunarli atamalar bilan nomlashdan iborat vazifagina qolgan.
Leksikografiya va leksikologiyaning Evropadagi ravnaqi ham Qur’onni o‘rganishdan orttirilgan bilim va tajribalarni o‘zlashtirishdan boshlangan. Zero, lug‘atlarga hozirgi kun nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablar arab leksikografiyasida bundan ming yil ilgari ham bor edi. YA’ni, Qur’on uchun tuzilgan lug‘atlar X asrdan boshlab, izohli va ikki tilli lug‘atlar uchun zamin yaratish bilan birga, hozirgi kunda deyarli barcha tillarning lug‘atlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan leksikografik usullarga asos bo‘ldi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish