1.Lingivistik sharh
.
(Tushunilishi qiyin so‘zlar, ma’nosi notanish va noaniq so‘zlar izohi). Sharhning
bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik so‘zlar, tarixiy so‘zlar, dialektizm,
arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi
haqida ham ma’lumot beradi.
2.Tarixiy-milliy sharh.
Bu xil sharhda qadimiy
milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi.
3.Tarixiy-adabiy sharh.
Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq
an’analar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum
so‘zlar izohi bo‘lishi mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy
shaxslar, ular haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar, xalq maqollari, iboralar va
22
tasviriy vositalar, qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari.
Son bilan ifodalangan so‘z va iboralar va hakozolar.
8
Bugungi kunda Akademik litsey talabalari uchun o‘rgatilayotgan mumtoz asarlar
haqida mening shaxsiy mulohazalarim quyidagilardan iborat.Birinchi navbatda
darslikni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq,chunki berilayotgan ijod
namunalari bir qarashda o‘quvchilarni band qilib turishdek tuyuladi undan bir
ma’naviy ozuqa olish hollari juda kam holatlarda uchraydi.Misol tariqasida
darslikda berilgan Alisher Navoiyning
“Ashraqat min aksi shamsil-ka’si
anvorul-xudo”
g‘azalini akademk litsey tugul hatto ba’zi o‘qituvchilarni o‘zi ham
asl mohiyatiga yetib bormaydi.Chunki ushbu g‘azal bo‘yicha hali bir to‘xtamga
kelinmagan.Eng mukammal sharh sifatida A’zamxon Qozixo‘jayev sharhi
hisoblanadi.Talalabalar hatto ushbu g‘azalni sharhidan ham bir ma’anaviy ozuqa
olishi amrimaholdur. Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Munavvar
qori Abdurashidxonov shunday degan edi. “Har millatning maktab va madrasasi
o‘ldig‘i kabi, bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom va beusul o‘lsa
ham, yo‘q demak darajada oz emas. Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi
ulumda ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham o‘z ma'sum avlodlarini
jaholat va g‘aflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan
kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko‘rsatmakchi zotlar mavjuddirlar.
Va lekin dunyog‘a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va maorifg‘a aslo rag‘bat
qilmay, jonidin shirin bolalarini ko‘cha-bako‘cha kezdirib, bechora ma'sumning
aziz umrini jaholat otashina yondirg‘uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham
oramizda oz emasdur. Ko‘p dindoshlarimizni ko‘rarmizki, o‘z farzandlarini aslo
maktabg‘a bermay orqalaridin ergashtirib, ruslar eshigida o‘zlari kabi
xizmatchilikka o‘rgatib, dunyo va oxiratning saodati o‘lg‘on ilm va maorifdin
mahrum qo‘ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba'zi azizlarimiz bordurki, o‘g‘lini
qo‘lidin tutib maktabga olib borur. Muallimdan tolib qilurg‘a: “Taqsir, shu
o‘g‘limni go‘shti sizniki, ustixoni bizniki, bir iloj qilib, tezlik ila naqd va nasiya
yozmoqni o‘rgatib berursiz”, der. “Eshagiga yarasha tushovi” degan o‘zbek
maqolicha, muallimlar ham aksarlari qonuni ta'lim-tarbiyadin butun-butun bexabar
kishilar o‘lub, balki o‘quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidan
8
M.Tursunova Adabiyot darslarida sharhlash usuli. “Til va adabiyot ta’limi” oynomasi. 1992,№3,4. 23-
bet.
23
bechora ma'sumalarni iste'dodi zotiyasig‘a nazzora ikki yil zarifida jami'
lavozumoti diniyani bildirmoq mumkin o‘lg‘on holda, to‘rt-besh yilg‘acha hijja
usuli birla dunyo va oxiratga foydasi bo‘lmag‘on Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va
Bedil kabi mushkul manzuma kitoblarg‘a umri azizini barbod etarlar.
Ey vatandoshlar! Diqqat nazari ila boqing! Bir bolani maktabg‘a bermakdan
maqsudi vojibot diniyamiz o‘lg‘on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib,
sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va ro‘za, haj va zakotlarni ham zaruroti
dunyaviyamiz o‘lg‘on ilmi hisob, jug‘rofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi
foydalik ilmlarni bildurmoq o‘lg‘on holda johil domlalarning «ta'limi faloniy,
qoshi qaro, qaro ko‘zi, qaro yuzi, oh, so‘zi shirin», deb bolalarni fasod axloqig‘a
birinchi sabab o‘ladurg‘on manzuma kitoblar o‘lmish.Bu xususda otada ayb yo‘q,
chunki bu bechorani e'tiqodida bolani o‘qutmoq yolg‘iz naqd va nasiya
yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yo‘q, chunki bu zikr qiling‘on ulumi
zaruriyalarni bechora muallimning o‘zi bilmas, balki ba’zilarini ismini ham
eshitgan emas. Bechora na qilsun? Nochor, befoyda bo‘lsa ham maktablarda
bolalarga o‘qitgudek bulardan boshqa bir kitob topilmag‘on zamonlarda o‘zi o‘qib,
bilgan kitoblari shu kitoblar o‘ldig‘i chun eski o‘runlarda eski tushlarin
ko‘rmakdadurlar. Mani so‘zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedillar kabi
ulug‘ zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g‘arazim bu
kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarg‘a bu kitoblarning ta'limi
befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o‘rniga ilmi qiroat, Navoiy o‘rniga
masoili e'tiqodiya, Xo‘ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badalig‘a ilmi hisob
o‘qitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib, musulmon o‘lur
.
”
9
Ushbu jumlalani o‘zi ham bugungi kundagi birgina Akademik litseylarning
adabiyot darsliklaridagi haddan oshiq ko‘p,o‘quvchi deyarli tushunmaydigan
tushunsa ham uning yosh xususiyatlarini inobatga olmagan holda berilgan she’r va
dostonlar bugungi kunda o‘zini oqlamoqdamikin,kim ayta oladi bugun hamma
sohada “ARUZ” kerak deb, Kim ayta oladi litseydagi hamma talabalar mumtoz
she’rni birday o‘zlashtira oladi deb.Mening fikrimcha ko‘proq tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan,kundalik turmush tarzida uchraydigan holatlar bilan
bog‘liq asarlarni berib borib uni sodda sharhi bilan yondosh ya’ni o‘quvchi avval
9
Munavvarqori Abdurashidxonov “BIZNI JAHOLAT - JAHLI MURAKKAB” , “Taraqqiy” gazetasi, 1906
yil, 14 iyun
24
tanish bo‘lgan,mag‘zini chaqqan asar bilan solishtirib o‘rgatsa natija
ko‘rinadi.Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan ma’lum parchalar berilgan
“Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Xursav bahsi. Bu Navoiy ijodining
cho‘qqisi.Ko‘p qavatli binoga chiqmoqchi bo‘lsak birinchi qavat so‘ngra ikkinchi
qavat va hokazo. Alisher Navoiyning “Hayrat ul abror” dostonida Hazrati Ayyub
hikoyati mavjud ushbu hikoyat bilan 5-sinf darsligida mavjud bo‘lgan G‘afur
G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi bir biriga juda o‘xshash buni
talaba tez anglaydi va bundan ozuqa oladi. Xuddi shunday Navoiy ijodini
o‘rgatishda ham pog‘onama-pog‘ona o‘rgatish joiz. Nafaqat Alisher Navoiy balki
butun mumtoz shoirlarni nazarda tutmoqdamiz. Ammo berilgan ba’zi she’rlarni
sharhlashda men tadqiqotchi, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida ayrim metodlarni
qo‘llayman. Albatta shaxsiy qarash sifatida. Chunki bugungi kunda darslikda
mana shu she’riy parchalar berilgan ekan biz bunga quyidagicha yondoshgan
bo‘lardik va uni amaliyotga tadbiq etamiz . Joriy dasturda 1-bosqich adabiyot
darsligida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat
ul- haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosiriddin Rabg‘uziyning
“Qissasi Rabg‘uziy” asarlari, Pahlavon Mahmud ruboiylari, Sayfi Saroyi g‘azallari
va “Gulistoni bit-turkiy” asari hamda “Suhayl va Guldursun” dostoni,
Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asari, Sakkokiy,
Atoiy, Gadoiy, Lutfiy ijodidan namunalar kiritilgan. Jahon adabiyoti durdonalari
hisoblangan Rudakiy ijodi namunalari va Firdavsiyning “Shohnoma”sidan parcha
o‘rin olgan. 2-bosqich adabiyot darsligida esa XV asrning 2- yarmidan XX
asrgacha bo‘lgan davrdagi adabiy yodgorliklarni qamrab olgan. Unda Alisher
Navoiy g‘azallari, qit’alari, ruboiylari, tuyuqlari, mustazod, muxammas,
tarjibandlaridan namunalar hamda “Xamsa” dostonidan parchalar, Husayniy
ijodidan namunalar, Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, ruboiylari va
tuyuqlaridan namunalar, “Boburnoma”dan parcha, Majlisiy ijodi, Xojaning
“Miftoh ul-adl” asaridan namuna, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk”
asaridan parchalar, Turdi Farog‘iy, So‘fi Olloyor ijodlaridan namunalar,
Mashrabning devoni, Huvaydoning “Rohati dil” dostonidan lavhalar, Uvaysiy,
Amiriy, Nodiralarning lirik merosi, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmur,
Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muqimiyning “Sayohatnoma”si,
Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Dilshodi Barno va Anbar Otin ijodiy merosi kabi
mumtoz asarlar joy olgan.
25
Berilayotgan asarning
Do'stlaringiz bilan baham: |