O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tilshunoslik o’quv-uslubiy majmua



Download 3,55 Mb.
bet32/53
Sana08.06.2022
Hajmi3,55 Mb.
#644806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
2 5287524570134222818

Savol va topshiriqlar:
1.Lingvistik tahlilning qanday turlari farqlanadi?
2.Lingvistik tadqiq metodlariga maxsus bag‘ishlangan qanaqa ishlarni bilasiz?
3.Kognitiv tadqiq metodlari haqida nimalarni bilasiz?

Adabiyotlar ro‘yxati



  1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.

  2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.

  3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy. – M., 2009.

  4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T., 2010.



10-mavzu: TILLAR TASNIFI
2 soat
Reja:
1.Dunyo tillari
2.Tillarning geneologik va tipologik tasnifi
3.Til oilalari
4.Til guruhlari
Dunyo tillari. Dunyo tillarini qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga ajratib o‘rganish XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan tarixiy-qiyosiy tilshunoslikning izlanish samaralaridan biridir. Umuman qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning, tilshunoslikka bergan eng katta hosilasi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini yaratish imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytsak, komporativistikaning asoslanishi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini yaratish imkonini berdi. Tillarni bir-biriga qiyoslab, taqqoslab o‘rganish tillardagi so‘zlarning ma’nolari, grammatik xususiyatlari bir-biridan juda katta farq qilishini ko‘rsatdi. Bir - biridan katta farq qilagan tillar kelib chiqishiga ko‘ra qardosh tillar bo‘la olmaydi. Shuningdek, tillarni qiyoslash oqibatida ba’zi tillarning leksik boyligi, grammatik xususiyatlari, ulardagi so‘zlarning shakllari va ma’nolari, paydo bo‘lish manbai ham bir-biriga ancha yaqin ekanligi ko‘rinadi. Bunday tillar bir tildan kelib chiqqan, qardosh tillar hisoblanib, grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deb qaraladi. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, gagauz, qoraqalpoq, turk, chuvash kabi tillar turkiy til oilasiga kiritiladi. Chunki, bu tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik, umuman, qardoshlik tomonlari ularning so‘z boyligi, fonetik, grammatik qurilishiga bir – biriga juda o‘xshaydi.
Qardosh tillar jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yo differensiya yoki integratsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan tarixiy hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini biologik hodisa deb qarash xatodir [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 156].
Qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarda o‘xshashlik hodisalari uchrashi mumkin. Til ochiq tizim bo‘lgani uchun, bir tildan ikkinchi bir tilga tinimsiz so‘zlarning kirib kelishi yuz beradi. Ma’lu bir tilda boshqa bir qardosh bo‘lmagan tildan kirgan so‘zlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan, o‘zbek tiliga arab tilidan: ism, fe’l, harf, kalima, jumla, qofiya, vazn, balog‘at, istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun singari, rus tilidan mashina, stol, stul, ruchka kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan ham qardosh bo‘lib chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z boyligi ma’nolari, so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari jihatidan ham birmuncha o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib turadi. Jumladan, Yevropa tillari va boshqa tilarda ham bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik aloqalari aniqlandi. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z negizlari, grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki grammatik vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi g‘ tovushiga qozoq tilidagi u (w) tovushi muvofiq keladi: bog‘ - bau (baw), tog‘-tau (taw);o‘zbek tilidagi t tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq keladi: temir-demir, til-dil; o‘zbek tilidagi y tovushiga qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangan hamda qardosh tillardagi so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik qurilishlaridagi ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning boyligi inson irqining oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu asosda, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni guruhlarga ajratadi.
Professor N.Uluqov tillarning geniologik tasnifiy birliklari deb quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]:




Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish