Topshiriq.
Dastlabki ilmiy taqdiqot uchun mavzu tanlash va mundarija yozish tartibini o’rganish.
Dastlabki ilmiy taqqiqot yozish uchun adabiyotlar yig’ish va ro’yxatini tuzish.
TESTLAR
“Tezis” so'zining ma’nosi nima va uning matni hajmi qanchagacha bo'ladi?
A) grekcha so'z, tasdiqlayman, 2 betgacha
B) forscha so'z, ma’lum qilaman, 4 betgacha
C) ruscha so'z, axborot, 3 betgacha
D) farangcha so'z, xabar beraman, 2 betgacha
«Taqriz» qaysi tilning atamasi va u qanday ma’nolarni beradi?
A) Arabcha so'z, «bayon qilish, so'zlash, tasdiqlash» ma’nolarini beradi
B) Tojikcha so'z, «asarning qimmatini belgilash»;
C) Forscha so'z, «asarni tahlil etish»;
D) Forscha - tojikcha so'z, «asarning o'rnini aniqlash»;
3. “Ma’ruza” so'zining ma’nosi?
1) Axborot
2) Hisobot
3) Biror mavzuda ko'pchilik oldida so'zlangan nutq, doklad
4) Tezisning bir ko'rinishi
4. Ilmiy ma’ruza uchun qancha vaqt ajratiladi.
1) 4-5 minut
2) 5-6 minut
3) 7-8 minut
4) 9-10 minut
5. Terminologik lug‘atlar qatorini belgilang.
A) “Ruscha - o'zbekcha matematik terminlar so'zligi”, “Turk tillari lug‘ati”
B) “Ruscha - o'zbekcha fizik terminlar lug‘ati”, “Ruscha - o'zbekcha - qisqacha botanika terminlari lug‘ati”
C) “Ruscha - o'zbekcha matematik terminlar lug‘ati”, “Chet tilidan kirgan so'zlar lug‘ati”
D) Barcha javoblar to'g‘ri
30-mavzu. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari tuzilishi, xususiyatlari. Annotatsiya, retsenziya, taqrizning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so’z va iboralar: darslik, o’quv qo’llanma, annotatsiya, retsenziya, taqriz
SAVOLLAR
Darslik tuzishda qanday tamoyillarga asoslanish kerak?
O’quv qo’llanma haqida ma’lumot bering.
Annotatsiya va retsenziyaning farqini ayting.
Taqriz deb nimaga aytiladi?
Darsliklar DTS asosida belgilangan ta’lim sohasining har bir sinfda (chorakda)haftada, kunda yetkaziladigan axborot va ma’lumotlar, tushuncha va tasavvurlarning majmui bo‘lib, muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan yaratiladi va bir necha (kafedra yoki uslubiy sho‘ba, ta’lim markazi IMK, vazirlik nashr bo‘limi, nashriyot nashr) bo‘limlaridan muhokamadan o‘tkaziladi. Dastlab kichik tirajda chop etilib,
tajriba-sinovdan hamda tanlovlardan o‘tkaziladi va so‘ngra zaruriy nusxalarda chop etishga ruxsat beriladi. Darsliklarda mavzu nomi, bayoni, savollar, testlar,suratlar, chizmalar, grafiklar beriladi va ular o‘quvchilar, tinglovchilar va boshqa ta’lim oluvchilar uchun chiqariladi.
O’quv qo‘llanmalari darsliklarni(yoki uning qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari,
yo‘llari va vositalari, jihozlari, texnologiyasi haqida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan metodik maslahatlar majmuidir.
O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada
qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test-reyting nazorat uslubi, pedagogik texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin.Qo‘llanmalarbiror sinf yokidarslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
Annotasiya turlari
Mazmuni va maqsadli
vazifasi bo’yicha
|
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz
tavsifnomasini beradi)
|
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan
auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
tavsifini va bahosini beradi)
|
Mazmunni to’liq qamrab
olishi bo’yicha
|
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman
matnning tavsifini beradi)
|
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
|
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar
tavsifini beradi)
|
Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya
tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari:
Maqolada…lar ko’rib chiqilgan.
…ko’rsatilgan.
…ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi.
…keng material keltirilgan.
Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi.
… ning mohiyatini ochishda
Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.
Annotatsiya namunasi
Annotatsiya
Mazkur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg‘otdi.
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi.
publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biror muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Namuna. Т А Q R I Z
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug‘ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va o‘zbek tili mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.
O‘zDJTU dotsenti,p.f.n. M.X. Axmedova
Do'stlaringiz bilan baham: |