O‘zbek tili tarixi fanidan yakuniy nazorat uchun testlar
1. “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» predmeti qaysi davr manbalariga tayanadi?
+ XIII-XIX asrlar
- XIV-XIX asrlar
- XI-XX asrlar
- XII-XX asrlar
2. Qadimgi turkiy tilda nechta unli tovush mavjud bo’lgan?
+ 8 ta
- 6 ta
- 10 ta
- 12 ta
3.Eski o‘zbek adabiy tilida nechta unli tovush mavjud?
+ 10 ta
- 9 ta
- 8 ta
- 7 ta
4. Til oldi unlilarini to‘liq keltirilgan qatorni belgilang?
+ ä, ө, ü,i,e
- e,a,u,o,ө
- a,ә,u,ү,i,ï
- a,o,u,ï,o
5. Qaysi qatorda til orqa unlilari to‘liq keltirilgan?
+ a, ï, u, o
- a, u, ү, e, i
- a, ә, u, i, e
- ә,ү,ө,i,e
6. Lablangan unlilar berilgan qatorni ko‘rsating?
+ u, ү, o, ө
- a, i, e, o
- u, a, o, i
- a, ï, u, ү
7. Qattiq talaffuz qilinuvchi so‘zni belgilang?
+ qïlurlar
- ko‘rmәk
- kүzүm
- sensiz
8. ā (o) unlisi to‘g‘ri yozilgan (o‘zlashgan) so‘zlarni aniqlang?
+ sālih, jahān
- bāsh, qāsh
- chārbāg‘,ārā
- vilāyat, bārdïlar
9. Alisher Navoiy asarlari tilida nechta unli fonema mavjud?
+ 10 ta
- 6 ta
- 7 ta
- 9 ta
10. Qaysi qatordagi so‘zlar labial singarmonizm asosida yozilgan?
+ og‘luŋuz, sөzүŋүz, kөzүŋүz
- sizniŋ, anïŋ, jamolïŋ
- og‘lanïm, tilim, kitobim
- atam, kishim, balam
11. Labial singarmonizm qaysi gap tarkibida mavjud?
+ Dostlarïmnï kүldүrdүm.
- Kendlәr saldïlar.
- Ahmad Yusuf beg iztiroblar qïldï.
- Tashlarnï tamom bu tag‘dïn әltәrlәr.
12. Palatal singamonizmga xos so‘zlarning to‘g‘ri yozilgan qatorini toping?
+ qan yïg‘laram
- bashim, yүzindә
- muŋluqtuq-men,
- qarardï kөzүm
13. Avvalda neluk javob bermading? (QR) Olmoshining qaysi turi qo‘llangan?
+ so‘roq
- kishilik
- o‘zlik
- gumon
14. Agar bizga madad qilmasalar, o‘zbak uchun xud urushmag‘ularidur. Gapdagi olmoshlarni toping?
+ biz, xud
- biz, uchun
- o‘zbak, xud
- uchun, xud
15. Agglyutinatsiyaga xos bo‘lmagan qo‘shimchalar qaysi tildan o‘zlashgan?
+ fors
- arab
- mo‘g‘ul
- boshqa turkiy tillar
16. Agglyutinatsiyaga xos bo‘lmagan qo‘shimchalarni aniqlang?
+ –no
- zor
- kor
- xon
17.Altun so‘ziga mos qo‘shimchani tanlang?
+ -dïn
- ni
- niŋ
-dә
18. Altï mïŋchag‘lï yasaqï birlә gapida sonning qanday turi mavjud?
+ chama
- tartib
- taqsim
- kasr
19. Aŋa kishilik olmoshi qaysi kelishikda ekanligini belgilang?
+ jo‘nalish kelishigi
- bosh kelishik
- qaratqich kelishigi
- o‘rin-payt kelishigi
20. Aŋa olmoshining bosh kelishik shaklini belgilang?
+ ul
- oshal
- shul
- bu
21. Anïŋ birlә өltүrүr iki farishta tүnүn, iki farishta kүnүn (Taf.) jumlada qaysi kelishik mavjud?
+ Vosita kelishigi
- Tushum kelishigi
- Jo‘nalish kelishigi
- O‘rin-payt kelishigi
22. -ar, -әr; -shar, -shәr, -rar, -rәr affiksi sonning qaysi ma’no turini hosil qilgan?
+ Taqsim
- Dona
- Tartib
- Chama
23. Badixanï ravon aytur erdi. Mazkur gapdagi ravon so‘zi qaysi tildan o‘zlashgan?
+ Fors tilidan
- Arab tilidan
- Hind tilidan
- Xitoy tilidan
24. Banda, bu banda so‘zlari qaysi olmosh o‘rnida qo‘llangan?
+ Kishilik
- Ko‘rsatish
- So‘roq
- Belgilash
25. Berilgan jumlalardan vosita kelishigi berilgan qatorni toping?
+ Fosih tilin javob berdi (Taf.)
- Bir fursatdïn soŋ (Rabg‘.)
- Atayini kөzi tөymәs (Aotoiy)
- Bu tarixni xob aytïbdur (Nav.)
26. Bikin ko‘makchisi qanday ma'no ifodalaydi?
+ o‘xshatish
- payt
- sabab
- atalganlik
27. Bilur erdikim, tekma narsaning vaqti bor (Rabg‘.). Ostiga chizilgan so‘z olmoshning qaysi turiga mansub?
+ belgilash
- birgalik
- o‘zlik
- kishilik
28. Bir yolg‘a barïŋïzlar. Mazkur gapdagi fe’l haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
+ Buyruq-istak mayli II shaxs ko‘plikda
- Buyruq-istak mayli I shaxs ko‘plikda
- Buyruq-istak mayli II shaxs birlikda
- Buyruq-istak mayli I shaxs birlikda
29. Bir tүmәn xalq qïrïldï barï. Ushbu gapdagi tүmәn so‘zi qanday miqdorni anglatadi?
+ o‘n ming
- yuz
- ming
- yuz ming
30. Bu aqar arïq kim, sәŋәr berdim, andïn suv ichkil (Taf) Jumlada qaysi belgili va begisiz qo‘llangan kelishiklar turini aniqlang?
+ tushum, jo‘nalish,chiqish kelishiklari
- tushum kelishigi
- jo‘nalish kelishigi
- chiqish kelishigi
31. Bu atasïz og‘ulnï qaydïn kelturdүŋ. Mazkur gapda qanday olmoshlar qo‘llangan?
+ Ko‘rsatish, so‘roq olmoshlari
- Kishilik, ko‘rsatish olmoshlari
- Ko‘rsatish, belgilash olmoshlari
- Bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari
32. Bu kishigә ul chaqlï nimәrsә beriŋiz gapidagi fe'l qaysi mayl shaklida ekanligini aniqlang?
+ Buyruq-istak mayli II shaxs ko‘plikda
- Aniqlik mayli
- Shart mayli
- Buyruq-istak mayli I shaxs birlikda
33. Va bog‘lovchisi qaysi tildan o‘zlashgan?
+ arab
- hind
- urdu
- fors
34. Vosita kelishigi berilgan qatorni toping?
+ Ol anï bichәkin sanchdï (QB)
- Yүzүmiŋsarïg‘ïn bilmәs (Sakk.)
- Bu tarixni xob aytïbdur (Nav.)
- Har yïlda molïndin bir at yo bir teva alur (Sh.turk)
35. Vosita kelishigi qo‘shimchasini belgilang?
+ -n, -in, -ïn, -un, -үn
- niŋ, -nïŋ, -nүŋ, -nuŋ
- m, -im, -ïm, -um, -үm
- ŋ, -iŋ, -ïŋ, -uŋ, -үŋ
36. –duq, -dүk, -dug‘, - dүg qanday qo‘shimcha?
+ sifatdosh
- ravishdosh
- mayl
- harakat nomi
37. Jamlovchi son qo‘shimchasi qaysi qatorda berilgan?
+ -әv, -әlә, -әgү, -әgүn
- ta, -tә, -lanchï, -lәnchi
- ar, -әr, -shar, -shәr
- ŋ, -iŋ, -ïŋ, -uŋ
38. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining arxaik variantini belgilang?
+ -g‘aru, -gәru, -ra, -rә
- g‘alï, -gәli, -qalï, -kәli
- g‘ach, -gәch, -qach, -kәch
- g‘uncha, -gүnchә, -quncha, -kүnchә
39. Jo‘nalish kelishigining arxaik shakli qaysi qatorda berilgan?
+ Tishing, la’ling guhar jon durji ichra // Yuzung, qoshing quyosh oy burji ichra (Xoraz.)
- Qamuq yoqut irinli, so‘zi durlar // Vafosizliqni sizdin o‘rganurlar (Xorazmiy)
- Suyurmen ko‘zni, sizni ko‘rmak uchun // Yururmen yerda izni ko‘rmak uchun (Xorazmiy).
- Sabrdin yaxshi yo‘qtur, pesha qilsam // Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam (Xorazmiy)
40. Zinhor erklig qïlmaŋ, yumaqïn sөzlәŋ (Rabg‘.) Jumlada qaysi kelishik mavjud?
+ Vosita kelishigi
- O‘rin-payt kelishigi
- Jo‘nalish kelishigi
- Tushum kelishigi
41. Ikәgum namaz qïlalïm gapidagi ostiga chizilgan so‘zda qanday son hosil qiluvchi qo‘shimcha mavjud?
+ jamlovchi son
- chama son
- tartib son
- taqsim son
42. Ikkita ravishdosh qatnashgan jumlani belgilang «Boburnoma»dan?
+ Bu qish bir-iki qatla qor yog‘quncha, chorbog‘da-o‘q o‘lturub eduk.
- Bu suvdin yax va qor jihatidin yo‘lsiz yerdin o‘tib bo‘lmas erdi.
- Agar bizga madad qilmasalar, o‘zbak uchun xud urushmag‘ularidur.
- O‘n bir-o‘n ikki lafz bila Kobul viloyatida talaffuz qilurlar arabiy forsiy turkey.
43. Chiqish kelishigi o‘rnida o‘rin-payt kelishigi formasi qo‘llangan gapni toping?
+ bashïnï üch yerdä yardïlar
- atamdan ayruldim
- bu fursatdïn soŋ
- kün tüshdin ötüb erdi.
44. Ichrә so‘zida qaysi kelishik qo‘shimchasi mavjud?
+ Jo‘nalish kelishigi
- O‘rin-payt kelishigi
- Tushum kelishigi
- Qaratqich kelishigi
42. Chiqish kelishigi affiksining-dun/dün//-tun/tün variantlari qaysi manbada ko‘proq qayd etilgan?
+ “O‘g‘uznoma”
- “Hibatul-haqoyiq”
- “Qisasi Rabg‘uziy”
- “Qutadg‘u bilig”
43. Yarïm so‘zining ma'no turini aniqlang?
+ Kasr son
- Taqsim son
- Son
- Chama son
44. Yïqtï, chïqtï so‘zlarini transkripsiya qiling va mos qo‘shimchani qo‘shing?
+ -lar
- gәn
- g‘an
- lәr
45. yïraq so‘zini transkripsiya qiling va mos qo‘shimchani qo‘shing?
+ -tïn
- dәn
- rәk
- lik
46. Qaysi gapda belgilash olmoshi mavjud?
+ Tekmә kishi bulardïn bezoar bolg‘ay.
- Adashgan it kәbi, Furqat, qayan barg‘um bilalmas-men.
- Har nechuk bolsa, quruldi majlis.
- Kishi bulardïn bezoar bolg‘ay
47. Qaysi qatorda belgilash olmoshi mavjud?
+ tekmә
- hamul
- nechүk
- kәndү
48. Qaysi qatorda buyruq-istak mayli I shaxs ko‘plik qo‘shimchalari berilgan?
+ –g‘alïm, -gәlim, -g‘alïŋ, -gәliŋ
- g‘ayïn, - gәyin, -g‘ayïm, -gәyim
- ayïm, -әyim, -ayïm, -әyim
- g‘ïn, -gin, -qïn, -kin
49. Qaysi qatorda buyruq-istak maylining I shaxs ko‘plik shakllari berilgan?
+ Kөchүb bu yergә kelәlim, Men qarïndashlarïm birlә keŋәshәyim
- Men qarïndashlarïm birlә keŋәshәyim
- Kөchүb bu yergә kelәlim
- Qamug‘ tan-u molïmïz fido qïlalïŋ
50. Qaysi qatorda kasr son berilgan?
+ Yarïm kechә yetib tүshtilәr
- Yuz mïŋnï lәk derlәr
- Yana besh mïŋcha kishi keldi
- Fusulnï tөrtәr ay ta'yïn qïlïbturlar
51. Qaysi qatorda kasr son berilgan?
+ Men oldim o‘n ulushindin to‘quz yarim ulushin (Nav.)
- Ikki yuz yetmish yil xalqni da'vat qilib (Rabg‘.)
- O‘n sakizda itmom yetkurubdur (Nav.ML)
- Besh namozni qabul qildim (Rabg‘.)
52. Qaysi qatorda kelasi zamon fe'lining sintetik shakllari berilgan?
+ –g‘u, -gү, -qu, -kү, -g‘ay, -gәy, - qay, -kәy
- g‘u, -gү, -qu, -kү
- g‘ay, -gәy, - qay, -kәy
- r, -ar, -әr, -ur, -үr
53. Qaysi qatorda payt ravishdoshlari berilgan?
+ kelmәgunchә, kirmәgүnchә, achïlg‘ach, ketgәch
- keltүrүb, urub
- kelmәgunchә, kirmәgүnchә
- achïlg‘ach, ketgәch
54. Qaysi qatorda ravishdosh qo‘shimchalari berilgan?
+ ban, -bәn, -ïban, -ibә, –g‘alï, -gәli, -qalï, -kәli
- ban, -bәn, -ïban, -ibә
- -mïsh, -mish, -r, -ar
- g‘alï, -gәli, -qalï, -kәli
55. Qaysi qatorda sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimchalar mavjud?
+ -mïsh, -mish, -r, -ar, –duq, -dүk, -dag‘ï, -dәgi
- –maq, -mәk, -ïsh, -ish
- -mïsh, -mish, -r, -ar
- –duq, -dүk, -dag‘ï, -dәgi
56. Qaysi qatorda sof ko‘makchilar berilgan?
+ sarï, taba, үzrә, bikin
- birlә, kibi, ald, qash, ich, qat
- orta, ara, ust, bash
- kibi, ald, qash, tabaru
57. Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi berilgan?
+ kәndү
- tekmә
- hamul
- nechүk
58. Qaysi qatorda o‘tgan zamon fe'lining sintetik shakllari berilgan?
+ –gәn, -kәn, -qan, -g‘an
- –g‘u, -gү, -qu, -kү
- -g‘ay, -gәy, - qay, -kәy
- –r, -ar, -әr, -ur, -үr
59. Qaysi qatorda funksional ko‘makchilar berilgan?
+ orta, ara, үst, bash
- birlә, kibi
- sarï, taba, үzrә, bikin
- burun, soŋ, ilgәrү, narï
60.Qaysi qatordagi gapda –lar qo‘shimchasi ko‘plik ma'nosini ifodalamagan?
+ Ahmad Yusuf beg iztirāblar qïldï.
- Dostlarïmnï kүldүrdүm.
- Tashlarnï tamām bu tag‘dïn әltәrlәr.
- Kendlәr saldïlar.
61. Qaysi qatordagi qo‘shimcha ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi hisoblanadi?
+–lïq, -lik, -lïg‘, -lig
- qïch, -g‘ïch, -gich, -kich
-qïn, -g‘ïn, -qun, -g‘un
- duq, -dүk, -tuq, -tүk
62. Qaysi qatordagi qo‘shimcha ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi hisoblanadi?
+ –luq, -lүk, -lug‘, -lүg
- qïn, -g‘ïn, -qun, -g‘un
- duq, -dүk, -tuq, -tүk
- qïch, -g‘ïch, -gich, -kich
63. Qaysi qatordagi so‘zlar ko‘plik shaklda qo‘llangan?
+ avlod, ahbob, ajoyib
- og‘ul, ata, bala
- kend, bag‘, tag‘
- beg, kiyik, qush
64. Qaysi qatordagi so‘zlarda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi mavjud?
+ tashqari, ichkari
- qarori, atrāfi
- tashqi, ichki
- garmdāri, yuqari
65. Qaysi qatordagi so‘zning transkripsiyasi noto‘g‘ri berilgan?
+ sulton
- kүzүmgә
- qanïmï
- bag‘ïshla
66. Qaysi so‘zlarning transkripsion normasi buzilgan?
+ urushmag‘ularidur
- bir, iki
- yag‘quncha
- arabiy
67. Qayta kөrmәk mumkin olsaydï. Mazkur gapdagi ostiga chizilgan so‘z haqida bildirilgan qaysi hukm to‘g‘ri?
+ Harakat nomi
- Ot
- Sifat
- Sifatdosh
68. Qamug‘ïn Sïr yaqasïnda bitidim gapidagi ostiga chizilgan so‘z qaysi so‘z turkumiga mansub?
+ Olmosh
- Son
- Sifat
- Ot
69.Qaratqich kelishigi qo‘shimchasini belgilang?
+ –ŋ, -iŋ, -ïŋ, -uŋ
- –n, -in, -ïn, -un
- –g‘aru, -gәrү, -qaru, -kәrү
- –lïq, -lik, -luq, -lүk
70. Kelasi zamon sifatdoshi qaysi qatorda berilgan?
+ Suyurmen kөzni, sizni kө rmәk uchun // Yururmen yerda izni kөrmәk uchun (Xorazmiy).
- Tishing, la'ling guhar jon durji ichra // Yuzung, qoshing quyosh oy burji ichra (Xoraz.)
- Sabrdin yaxshi yo‘qtur, pesha qilsam // Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam (Xorazmiy)
- Latofat mulkida sultonsen, ey jon/ Qamuq boshdin-oyoqqa jonsen, ey jon (Xorazm.).
71. Keltүrүldi fe'lida qaysi nisbat qo‘shimchalari mavjud?
+ Orttirma, majhul nisbatlari
- O‘zlik, orttirma nisbatlari
- Orttirma, o‘zlik nisbatlari
- O‘zlik, birgalik nisbatlari
72. Kim nasib etdi o‘shul pākiza gavhardur manga (Nav.). Olmoshlarni toping?
+ kim, o‘shul
- o‘shul, etdi
- pokiza gavhar
- o‘shul pokiza gavhar
73. Qulluq arzadosht yekshanba kuni bitildi gapidagi fe'lning qaysi nisbatda ekanligini aniqlang?
+ Majhul nisbat
- Birgalik nisbat
- Aniq nisbat
- O‘zlik nisbat
74. Kүmүsh so‘ziga mos qo‘shimchani tanlang?
+ -ni
- -dïn
- -nïŋ
- -qa
75. Kүmүsh so‘ziga singarmonizmga muvofiq mos qo‘shimchani tanlang?
+ -nүŋ
- -qa
- -nï
--dïn
76. Ko‘plik shaklini yasovchi qo‘shimchalarni belgilang?
+ –an, -t, -lar
- iŋ, -ïŋ, -vul
- da, -asï, -alï
- ni, -nï, -әgү
77. Ko‘rsatish olmoshi berilgan qatorni toping?
+ Mundin burun hech kim ersa otin Yahyo bermaduk (Rabg‘.)
- Besh namozni qabul qildim (Rabg‘.)
- Ikki yuz yetmish yil xalqni da'vat qildi (Rabg‘.)
- Baqtilar, yiraqtin biragu kelur …(Taf.)
78. Ko‘rsatish olmoshlarini belgilang?
+ hamul, hamin
- nimәrsә, birәv
- jumla, tekmә
- kәndү, nechүk
78. Alisher Navoiy qaysi asarida –chï/-chi affiksi haqida mulohaza yuritgan?
+ Muhokamatul-lug‘atayn
- Xamsatul-mutahayyirin
- Mezonul-avzon
-Tarixi anbiyo va hukamo
79. –duq/-dük affiksi qanday ot yasagan?
+ qurol
- mansab
- hunar
- shaxs
80. Qaysi qatorda fe'ldan yasalgan sifatlar mavjud?
+ buzuq, quruq
- sensiz, mallï
- taŋdag‘ï, andag‘ï
- yaŋï, qara
81. -lik, -lïq, -lig, -lïg‘ (-lүk, -luq, -lүg, -lug‘) affikslari nimasi bilan farq qiladi?
+ o‘zakning qalin-ingichkaligi, unlilarning xarakteriga ko‘ra.
- Otdan sifat yasaydi
- Otdan ot yasaydi
- otdan fe'l yasaydi
82. Telim, ökush noaniq sonlari nechanchi asrgacha qo‘llangan?
+ XV asr
- XVII asr
- XIX asr
- XIV asr
83. Mundïn Urganch barayïn. Ostiga chizilgan so‘z qaysi kelishikda qo‘llangan?
+ Jo‘nalish kelishigida
- Tushum kelishigida
- Qaratqich kelishigida
- Bosh kelishikda
84.Munlar ham yigirmi tөrt kishi tururlar gapidagi tagiga chizilgan so‘z to‘g‘risidagi qaysi hukm to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ Ko‘rsatish olmoshi
- Kishilik olmoshi
- So‘roq olmoshi
- Belgilash olmoshi
85. Nāgāh so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
+ Ravish
- Ot
- Sifat
- Son
86. Numerativ (hisob) so‘z qo‘llangan qatorni toring?
+ Bir sүrүk qo‘y (Rabg‘.)
- Birtә yarmaqni ikki bolub, yarmïn achqa bәrgәnni sahiy dey (Nav.)
- Emdi үchүŋүz үch yurtda turuŋ (Sh.Tar.)
- Bir – adl, ikinchi – davlat, үchүni – aql, tөrtүnchi – qanot (Q.B.)
87. –nuŋ, -nүŋ qaratqich kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish mumkin bo‘lgan so‘zlar qatorini toping?
+ өzүm, үzүŋ, oquŋuz
- qolï, zulfuŋ, kүtүŋ
- kөŋүl, kөrүŋ, boluŋ
- bular, ikki, ara
88.og‘iz so‘zini traskripsiya qiling va mos shakllarni tanlang?
+ –g‘a
- –din
- –im
- -nuŋ
89. ot so‘zini transkripsiya qiling va mos qo‘shimchani qo‘shing?
+ –lïq
- -im
- -dә
- –a, -ә
90. Өzimizni ahvalïmïznï alayïq gapidagi fe'l qaysi mayl shaklida qo‘llangan?
+ Buyruq-istak mayli I shaxs ko‘plikda
- Buyruq-istak mayli I shaxs birlikda
- Buyruq-istak mayli II shaxs ko‘plikda
- Buyruq-istak mayli II shaxs birlikda
91. Qaysi qatordagi gapda tushum kelishigi belgisiz qo‘llangan?
+ turg‘ïl, ne'matlar yegil
- aqlïmï tamam aldï
- barchasïnï aldï
- Teginni chaqïrïb aydïlar
92. –r, -ar, -әr, -ur, -үr qo‘shimchasi qaysi zamon shaklini hosil qiladi?
+ Hozirgi-kelasi zamon
- O‘tgan zamon davom fe’li
- Yaqin o‘tgan zamon
- Uzoq o‘tgan zamon
93. Sevүndi so‘zi qaysi nisbatda ekanligini aniqlang?
+ O‘zlik nisbat
- Aniq nisbat
- Majhul nisbat
- Birgalik nisbat
94. Sizlar ne aytasizlar? (ShT) Olmoshining qaysi turi qo‘llangan?
+ so‘roq
- ko‘rsatish
- o‘zlik
- gumon
95. Sifatdosh shakli berilgan qatorni toping?
+ Suyurmen ko‘zni, sizni ko‘rmak uchun // Yururmen yerda izni ko‘rmak uchun (Xorazmiy).
- Tishing, la'ling guhar jon durji ichra // Yuzung, qoshing quyosh oy burji ichra (Xoraz.)
- Sabrdin yaxshi yo‘qtur, pesha qilsam // Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam (Xorazmiy)
- Latofat mulkida sultonsen, ey jon//Qamuq boshdin-oyoqqa jonsen, ey jon (Xorazm.)
96. So‘roq olmoshlari qo‘llangan qatorni belgilang?
+ qayan, nechүk
- nimәrsә, birәv
- jumla, tekmә
- hamul, hamin
97. Taba ko‘makchisi qanday ma'no ifodalaydi?
+ yo‘nalish
- payt
- birgalik
- sabab
98. Taqsim son hosil qiluvchi qo‘shimcha qaysi qatorda berilgan?
+ –ar, -әr, -shar, -shәr
- nch, -inch, -ïnch, -unch
- әv, -әlә, -әgү, -әgun
-ta, -tә, -lanchï, -lәnchi
99. Taqï sharbat berdilәr, ichmәdi, kүchүn ichүrdilәr. Mazkur gapdagi ostiga chizilgan so‘z qaysi kelishikda?
+Vosita kelishigida
- Jo‘nalish kelishigida
- Tushum kelishigida
- Qaratqich kelishigida
100. Taqï/dag‘ï so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
+Bog‘lovchi
-Ot
-Ko‘makchi
-Yuklama
101.Trаnskripsiyasi noto‘g‘ri berilgan juftliklarni aniqlang?
+shohlïg‘ to‘n, shahar-u viloyati
-tupraqdïn, molïndïn
-Buxoro, Xorazm
-Kobul, mehribon
102. Tartib son hosil qiluvchi qo‘shimcha berilgan qatorni belgilang?
+–nch, -inch, -ïnch, -unch, –nchï, --nchi, -ïnchï, -inchi
-nch, -inch, -ïnch, -unch
-ar, -әr, -shar, -shәr
-nchï, -nchi, -ïnchï, -inchi
103.Nevchun so‘roq olmoshi qaysi adib asarida ko‘proq uchraydi?
+ Navoiy
- Xorazmiy
- Rabg‘uziy
- Ogahiy
104. Nemä/nimä so‘roq olmoshi qaysi obidada keng qo‘llangan?
+ Tafsir
- Guliston bit-turkiy
- Xusriv va Shirin
- O‘g‘uznoma
105.Tekmә bir urmaq ornïna meŋә mïŋar urg‘ïl gapida olmoshning qaysi turi mavjud?
+Kishilik olmoshi, belgilash olmoshi
- Belgilash olmoshi
- Ko‘rsatish olmoshi
- Kishilik olmoshi
106.Tekmә bir urmaq ornïna meŋә mïŋar urg‘ïl. Ushbu gapda sonning qaysi turi mavjud?
+taqsim
- tartib
- chama
-kasr
107.Үnүn yïg‘ladi (Taf.) jumlada qaysi kelishik mavjud?
+Vosita kelishigi
- O‘rin-payt kelishigi
- Jo‘nalish kelishigi
- Tushum kelishigi
108.O‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping?
+Visolingning bugun shukrin qilurmen // Xayoling ko‘zda uchqonin bilurmen (Xorazmiy)
-Tishing, la'ling guhar jon durji ichra // Yuzung, qoshing quyosh oy burji ichra –(Xoraz.)
-Suyurmen ko‘zni, sizni ko‘rmak uchun // Yururmen yerda izni ko‘rmak uchun (Xorazmiy).
-Sabrdin yaxshi yo‘qtur, pesha qilsam // Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam (Xorazmiy)
109. Faqirniŋ anï kөrәrgә kөp ārzum bar. Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘z qaysi olmosh o‘rnida qo‘llangan?
+Kishilik olmoshi
-Belgilash olmoshi
-So‘roq olmoshi
-Ko‘rsatish olmoshi
110.O‘zlashgan qo‘shimchalarni aniqlang?
+–zаr, -kоr
-zar, -zәr, -sar, -sәr
-lash, -lәsh
-dash, -dәsh
111.O‘zlik olmoshi berilgan qatorni toping?
+Kәrәk bolsam aŋa mәn, kendү kelsүn (Taf.)
-Men qïchkïra berdim (Sh.Tar.)
-Nelүk bashïmg‘a tupraq qoymag‘ayïm (Xisrav va Sh.)
-Nedүr atïŋ, qayu yerlik parisan?(Lutf.)
112.o‘q (traskripsiyada oq) so‘ziga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni tanlang?
+–g‘a, –lar
-ï, – dar
- g‘a, zar
-lar, – sar
113.Falastin taba barur boldïlar gapidagi ostiga chizilgan so‘z qaysi so‘z turkumiga mansub?
+Ko‘makchi
-Yuklama
-Boglovchi
-Ot
114.Xаnnïŋ aldïna barali, arz qïlalï gapidagi fe'llar qaysi maylda ekanligini aniqlang?
+Buyruq-istak mayli I shaxs ko‘plikda
-Buyruq-istak mayli I shaxs birlikda
-Shart mayli
-Aniqlik mayli
115.Hadicha qatïna keldi, titrәyү aydï gapidagi ostiga chizilgan so‘z?
+Ravishdosh
-Sifatdosh
-Harakat nomi
-Ravish
116. Hamul dam kүydi Lutfiy sham yaŋlïq gapida olmoshning qaysi turi mavjud?
+Ko‘rsatish olmoshi
-Kishilik olmoshi
-So‘roq olmoshi
-Belgilash olmoshi
117.Harakat nomi hosil qiluvchi qo‘shimchani belgilang?
+–maq, -mәk, -ïsh, -ish
-ban, -bәn, -ïban, - bәn
-duq, -dүk, -dachï, -dәchi
-mïsh, -mish, -r, -ar
118.Shart maylining –sar/sär affiksli shakl asosan qaysi davr obidalarida qayd etiladi?
+o‘rxun-enasoy
-eski turkiy til
-eski o‘zbek tili
-qoraxoniylar
119. Shaxs-son qo‘shimchalarining qisqargan shakllari qaysi qatordagi fe'llarga qo‘shiladi?
+–dï, -di, -tï, -ti qo‘shimchali o‘tgan zamon fe’llariga
-–b (-ïb, -ib, -ub, -үb) qo‘shimchali o‘tgan zamon fe'llariga
-–g‘an, -gәn, -qan, -kәn qo‘shimchali o‘tgan zamon fe'llariga
-–mïsh, -mish qo‘shimchali o‘tgan zamon fe'llariga
120. Majhul darajadagi fe’l odatda qaysi kelishik bilan munosabatga kirishadi?
+bosh
-qaratqich
-tushum
-jo‘nalish
121.–la/-lä (tünlä, taŋla) affiksi qanday ma’nodagi otlarga qo‘shilib ravish yasaydi?
+payt
-miqdor bildiruvchi
-o‘rin, makonfile:///C:/Users/User/Downloads/Telegram Desktop/Узбек_адабий_тили_тарихи_ТЕСТ_09_04_2020.doc
-shaxs
122.Eski o‘zbek tilida -ar, -әr; -shar, -shәr, -rar, -rәr affiksi qaysi so‘z turkumiga qo‘shilgan?
+ Son
- Olmosh
-Sifat
-Ot
123.Eski o‘zbek tilida belgining kamligini qaysi shaklar hosil qilgan?
+–(u)mtul, -(ү)mtүl; -chïl, -chil;–g‘ïna, –ginә
-–(u)mtul, -(ү)mtүl, -chïl, -chil
-–raq, –rәk
-–g‘ïna, –ginә
124.Eski o‘zbek tilida nechta kelishik mavjud bo‘lgan?
+7 ta
-5 ta
-6 ta
-8 ta
125.Eski o‘zbek tilida –raq, –rәk affikslari sifatning qaysi darajasini hosil qilgan?
+qiyosiy
-oddiy
-orttirma
-belgining kamligi
126.Eski o‘zbek tilida chag‘lï so‘zi qaysi ma'noda qo‘llangan?
+Sonning chama ma'nosini
-Bog‘lovchi vazifasida
-Ko‘makchi – payt ma'nosida
-To‘g‘ri javob berilmagan
127.Tо Navоiy tekti ul ay furqatidin bahri ashk, Har qachon baqsaŋ quyash aksi anпq yashindadur. (Navoiy)Yashindadur so‘zidagi n:
+Vosita kelishigi qo‘shimchasi
-Tushum kelishigi qo‘shimchasi
-Fe'lning nisbat qo‘shimchasi
-Tovush orttirish hodisasi
128.Qaysi qatorda ot kesimli gap berilgan?
+Ul hazratnïŋ shahr ichidәgi madrasasïda mudarrisdur. Bu ishniŋ tadbiri ul turur ---Ul hazratnïŋ shahr ichidәgi madrasasïda mudarrisdur
-Ammo she'r ayturni ma'lum qïlmaydur erdim.
-Bu ishniŋ tadbiri ul turur.
129.Qaysi qatorda payt holi berilgan?
+Uch kundin soŋ zindondïn chïqardïlar
-Firoq otïna yana-yana keldim
-Bir og‘lannï anda qoydï
-Bu tarixni xob aytibtur
130.Ahbob, yigitlikni g‘anïmat tutuŋuz. Mazkur gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap?
+Buyruq gap
-Darak gap
-So‘roq gap
-His-hayajon gap
131.Shaxsi topilmas gapni aniqlang?
+Barcha salohiyatïn ushbu muammosïdïn ixsas qïlsa bolur
-Ka'bai maqsud azmïg‘a qadam urdi.
-Barur kishidin ul g‘azalg‘a tatabbu' qïlïb, noma yibәrib erdim.
-Va kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr
132.Shaxsi umumlashgan gapni belgilang?
+Qïla alg‘ancha ta'zim va adab binosïn yïqma va hurmat xilvatïdïn chïqma
-Ka'bai maqsud azmïg‘a qadam uruldi.
-Va kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr
-Barur kishidin ul g‘azalg‘a tatabbu' qïlïb, noma yibәrib erdim.
133.Qaysi qatorda shaxsi ma'lum gap berilgan?
+Barur kishidin ul g‘azalg‘a tatabbu' qïlïb, noma yibәrib erdim.
-Barcha salohiyatïn ushbu muammosïdïn ixsas qïlsa bolur
-Va kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr
-Qïla alg‘ancha ta'zim va adab binosïn yïqma va hurmat xilvatïdïn chïqma
134.Qaysi qatorda shaxsi noma'lum gap berilgan?
+Va kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr
-Barcha salohiyatïn ushbu muammosïdïn ixsas qïlsa bolur
-Barur kishidin ul g‘azalg‘a tatabbu' qïlïb, noma yibәrib erdim.
-Qïla alg‘ancha ta'zim va adab binosïn yïqma va hurmat xilvatïdïn chïqma
135.Burung‘ï yïllarda ashlïg‘ïŋïznï yaxshï asraŋkim, soŋg‘ï yïllarg‘a yarag‘ay gapi qo‘shma gapning qaysi turiga mansubligini aniqlang?
+Sabab ergash gapli qo‘shma gap
-To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
-Kesim ergash gapli qo‘shma gap
-Ega ergash gapli qo‘shma gap
136.Til tarixida V-X asrlar qanday davr hisoblanadi?
+Qadimgi turkiy til davri
-Xun davri
-O’rta turk davri
-Yangi turk davri
137.Turkiy tillarning mukammal klassifikat- siyasi kim tomonidan tuzilgan?
+Baskakov
-Rodlov
-Polivonov
-Somoylov
138.Turkiy tillar rus olimlari tomonidan nechanchi asrdan boshlab tasnif etila boshlagan?
+XIX asr
-XVII asr
-XVIII asr
-XX asr
139.O‘zbek tili tarixini dastlab kim davrlashtirgan?
+T. Salimov
-Barovkov
-O. Usmon
-Sherbak
140.Qaysi turkshunos olim o‘zbek tili tarixini uyg‘ur adabiy tili, chig‘atoy adabiy tili, sho`ro davri o‘zbek adabiy tili deb, 3 davrga bo‘lgan?
+A.K.Borovkov
-N.A.Baskakov
-S.Malov
-M.A.Sherbak
141.Uyg‘ur yozuvi qaysi yozuvdan paydo bo‘lgan degan taxminlar bor?
+so’g’d
-runik (o’rxun-enasoy)
-xorazm
-oromiy
142.“d”, “dz” belgili dialekt qaysi davrlarda qo‘llangan?
+VII – XIII asr
-VI - IX asr
-VIII - XI asr
-X - XII asr
143.“Qutadg‘u bilig”da qo‘llangan “yalchпq” so‘zining ma'nosini toping?
+oy
-Atorud yulduzi
-Mushtariy yulduzi
-quyosh
144.“Qutadg‘u bilig”da “quyosh” so‘zi qanday atalgan?
+yashпq
-orzu
-o‘ŋoy
-kurud
145.“Qutadg‘u bilig” asarining nechta qo‘lyozmali nusxalari ma'lum?
+3 ta
-1ta
-4 ta
-2 ta
146.“Qutadg‘u bilig” asarini chinliklar qaysi nom bilan ataganlar?
+“Adab ul – muluk”
-“Ayin ul – mamlakat”
-“Shohnomayi turkiy”
-“Ziynat ul –umaro”
147.O‘zbek xalq tilining takomillashish davri?
+XII–XV asrlar
-XIV–VII asrlar
-XIV asrning oxiridan XIX asrning 2 – yarmigacha
-XIX asrning 2 – yarmi va XX asr boshlari
147.O‘zbek tilshunosligining dastlabki asari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+Devoni lug‘otit turk”
-Mahmud Zamahshariy “Muqaddimat ul - adab”
-Ibn Muxanna “Tarjumon“
-Alisher Navoiy “Muhokamat ul - lug‘atayn”
148.O‘zbek tilining qadimgi turkiy tildan ajralib chiqish jarayoni nechanchi asrlarni o‘z ichiga oladi?
-XI-XIII asrlarni
-V-VIII asrlarni
-VIII-X asrlarni
-XIV-XVI asrlarni
149.Arab yozuvida bitilgan dastlabki turkiy yodgorlik qaysi qatorda ko‘rsatilgan?
+“Qutadg‘u bilig”
-“Hibat ul - haqoyiq”
-“Qisasi Rabg‘uziy”
-“Mahbub ul - qulub”
150.X – XV asrlarda O‘rta Osiyoda arab yozuvi bilan yonma-yon qo‘llangan turkiy yozuv qaysi?
+Uyg‘ur yozuvi
-O‘rxun – Enasoy yozuvi
-So‘g‘d yozuvi
-Xorazmiy yozuvi
151.“Qutadg‘u bilig” ning nechta qo‘lyozmasi bor, ular qanday nomlangan?
+3 ta, Qohira, Namangan va Vena nusxasi.
-1 ta, Istanbul nusxasi
-2 ta, Vena va Qo‘qon nusxasi
-1 ta, Toshkent nusxasi
152.Turkiy tilga bag‘ishlangan dastlabki maxsus asarni aniqlang?
+“Devoni lug‘atit turk”
- “Muqaddimat ul -adab”
- “Turkiy tavsir”
- “At tuhfa”
153. XI –XII asr yozma manbalarida “turk tili” yana qaysi atamalar bilan qo‘llangan?
+ Hoqoniya tili, Bug‘raxon tili, Qoshg‘ar tili
-o‘g‘uz tili , hoqon tili , Bug‘raxon tili
- Chig‘atoy tili , yag‘mo tili , Hoqoniya tili
-Bug‘raxon tili , o‘g‘uz tili , Qoshg‘ar tili
154.XI asr adabiy til negiz dialekti qaysi?
+ d , dz lashish hodisasi
- d lashish hodisasi
- y lashish hodisasi
- z lashish hodisasi
155. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillarda qo‘llanadigan asosiy harflar nechta deb ta'riflagan?
+ 18 ta
-21 ta
-25 ta
-32 ta
156.“Devoni lug‘atit turk”da nechta bo‘lim bor?
+ 8 bo‘lim
-muqaddima va lug‘at qismidan
-6 bo‘lim
-5 bo‘lim
157.Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘atit turk” asarini o‘zbek tiliga qaysi olim tarjima qilgan?
+S. Mutallibov
-A.Rustamov
- Sh.Shukurov
-G‘. Abdurahmonov
158.“Devoni lug‘atit turk” qo‘lyozmasining topilishi?
+Diyorbakr, 1914
-Turkiyada, 1913
-Istanbulda, 1914-1915
-Istanbulda, 1913
159.”Devonu lug‘otit turk” asari nechanchi yillar o‘zbek tilida nashr qilingan? +1960 – 1963
-1961- 1963
-1963 -1965
-1960-1965
160.«Muqaddimatul adab» asarining muallifi kim?
+Zamaxshariy
-Abu Xayyon
-Fatx Ali Kojariy
-Mirza Maxdiyxon
161.«Tafsir» kimning asari?
+muallifi noma'lum
-Rabg‘uziy
-Yaqiniy
-S.Saroiy
162.«O‘g‘uznoma» kimning asari?
+muallifi noma'lum
-Rabg‘uziy
-Yaqiniy
-Xorazmiy
163.“Hibatul-haqoyiq” asarining nechta to‘liq va to‘liq bo‘lmagan nashri mavjud?
+3 ta ; 3ta nusxalari
-2 ta ; 4 ta nusxalari
-5 ta; 1ta nusxalari
-4 ta; 2 ta nusxalari
164.“Hibatul haqoyiq” asarining dastlabki nashri qaysi tilda va kim tomonidan amalga oshirilgan?
+Usmonli turk tilida Najib Osim tomonidan
-Rus tilida S.ye.Malov tomonidan
-Turk tilida Rashid Rahmon Arat tomonidan
-O‘zbek tilida K.Karimov tomonidan
165.“Turkiy tafsir” qo‘lyozmasi qaysi shahardan topilgan?
+Qarshi
-Samarqand
-Istanbul
-Kalkutta
166.“Devoni hikmat” ning o‘z davriga yaqin nusxalari qachon ko‘chirilgan?
+XV – XVII asr
-XIV – XV asr
-XIII – XIV asr
-XVIII – XIX asr
167.“Devoni hikmat” da qaysi qabila lahja tili uyushmasi shakllangan?
+qipchoq
-o‘g‘uz
-qarluq
-chigil
168.XIII-XIV asrlar adabiy manbalari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang?
+«O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Xusrav va Shirin», «Nahjul farodis»-«Xusrav va Shirin», «Nahjul farodis», «Mahzanul asror», Atoiy g‘azallari-«O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Xusrav va Shirin», «O‘q va yoy munozarasi»-«Tafsir», «Qissasi Rabg‘u‘ziy», «Taashshuqnoma», «Xorazmiy g‘azallari
169.XI – XIV asr rasmiy hujjatlar tilini qaysi turkolog maxsus o‘rgangan?
+E.R.Tenishev O.D.Chexovich, S.Y.Malov
-A.K. Borovkov, L.Yu.Yakubovskiy, .A.Batmonov
-O.D. Chexovich, B.Ya. Vladimirso, V Bartold
-S.Y.Malov , N.M. Shcherbak, S.P. Tolstov
170.Y belgili dialektning shakllanishi nechanchi asrda tugallandi?
+XIV asrda
-XI asrda
-XII asrda
-XIII asrda
171.XIV-XVII asrlardagi o`zbek adabiy tiliga nisbatan g`arb turkologlari ko`proq qanday atama qo`llashadi?
+Chig`atoy tili
-Sart tili
-Turk tili
-Eski o`zbek tili
172.“Eski o‘zbek adabiy tili” davri to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
+XIV asrning 1-yarmi - XIX asrlar
-XI – XV asrlar
- XIII – XVI asrlar
-XV – XIX asrlar
173.Eski o`zbek adabiy tiliga oid yodgorliklar qaysi yozuvda bitilgan?
+Arab
-Run
-Uyg`ur
-Lotin
174.“Muhabbatnoma”da qaysi til xususiyatlari ko‘proq aks etadi?
+o‘g‘uz-qipchoq
-qipchoq
-qarluq
-o‘g‘uz
175.Alisher Navoiy asarlari tilida qaysi lahja xususiyatlari mavjud?
+o‘g‘uz, qipchoq va qarluq lahjasi
-faqat qarluq lahjasi
-o‘g‘uz va qarluq lahjasi
-qipchoq va o‘g‘uz lahjasi
176.O‘zbek adabiy tilini yuqori cho‘qqiga olib chiqishda Alisher Navoiyning asosiy xizmatlari qaysi qatorda berilgan?
+O‘z asarlarini turkiy (o‘zbek) tilda yozgani , ona tili borasidagi targ‘ibot ishlari, o‘zbek va fors-tojik tilini chog‘ishtirib o‘zbek tilining boyligi va xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarini yozgani.
-“Xamsa” ni shu tilda yaratgani, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yozgani
-Ona tilining sofligi uchun kurashgani, “Nazm ul-javohir” asarini yaratgani .
-Har ikki tilda go‘zal asarlar bitgani, mashhur “Lison ut -tayr”, “Mahbub ul- qulub”asarlarini yozgani.
177.Alisher Navoiy asarlari tili leksikasini qaysi o‘zbek olimi maxsus tadqiq etgan?
+B.Bafoev
-A.Rustamov
-X.Doniyorov
-H.Dadaboev
178.Navoiy asarlariga bag‘ishlangan dastlabki lug‘at qanday nomlanadi?
+Badoe al-lug‘at
-Maboni ul - lug‘at
-Muntahabul lug‘at
-Abushqa
178.Nechanchi asrdan boshlab o‘zbek atamasi etnonim sifatida qo’llanila boshlagan?
+XVI asrdan boshlab
-VI asrdan boshlab
-VIII asrdan boshlab
-XI asrdan boshlab
179.Qaysi yozuv O‘rta Osiyoning turkiy xalqlari orasida XV asr oxiriga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘llanildi?
+uyg‘ur
-runik (o’rxun-enasoy)
-xorazm
-so’g’d
180.“Abushqa” lug‘atining muallifi kim?
+Aloyi binni Muhibiy
-Tali Imoniy Hirotiy
-Muhammad Chingiy
-Mehdixon
181.“Abushqa” lug‘atini 1869 yilda nashr ettirib, fransuz tiliga tarjima qilgan turkolog kim?
+A. Borovkov
-N.A.Baskakov
-A.Shcherbak
-V.V.Velyaminov
182.“Shayboniynoma”da qaysi dialekt unsurlari ko‘p qo‘llangan?
+qipchoq
-o‘g‘uz
-qarluq
-chigil
183.Qaysi olimlar chig‘atoy tilini sun`iy til deb ta’kidlashadi?
+V.V.Radlov, A.M.Shcherbak, A.Bahodirxon
-Ramsted, Anderson, Minkovich
-Diklund, Kallend, Shott
-Rask, Mukkachi, Anderson
184.“Boburnoma” asari rus tiliga kim tomonidan tarjima qilingan?
+M.Sale
- N.Ilminskiy
-Vitzen
-P.M Melioranskiy
185.“Shajarai tarokima” asari nechanchi yillarda yozilgan?
+1660 -1661 yillar
-1663 -1664 yillar
-1664 -1665 yillar
-1665 -1666 yillar
186.“Shajarai tarokima” asarini ilm ahligi dastlab kim tanitdi?
+A.N.Kononov
-A.G. Tumanskiy
-A.M.Shcherbak
-N.A.Baskakov
187.Mirzo Mehdixonning “Sangloh” lug‘ati qaysi olimlar tomonidan maxsus tadqiq etilgan?
+Q.Muhitdinov, Z. Umarov
-B.Umarov, Q. Muhitdinov
-A.Borovkov, A.Ibrohimova
-A.N. Samoylovich, B.Hasanov
188.Muhammad Xoksorning lug`ati qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
+“Muntahab ul lug`at”
-Abushqa
-Sangloh
-“Muhokamat ul lug`atayn”
189.“Husni dil” dostoni kimning qalamiga mansub?
+Nishotiy
-Turdi
-MunisXorazmiy
-Lutfiy
190.Turkiy asar “Firdavs ul-iqbol”, tilshunoslik va pedagogikaga oid “Savodi ta'lim” asarlarini kim yozgan?
+Munis Xorazmiy
-Muqimiy
-Nishotiy
-Gulxaniy
191.Qaysi shoir asarlari tiliga Fuzuliy asarlarining tili tasir ko’rsatgan?
+Turdi
-A.Bahodirxon
-Maxmur
-Gulxaniy
192.“Lug‘ati chig‘atoyi va turki Usmoniy”ning tuzuvchisi kim?
+Shayx Sulaymon Buxoriy
-Toli Xirovaiy
-Ali Qojariy
-Yaqub Chingiy
193.O‘zbek tili publitsistik uslubi qachon yuzaga keldi?
+XIX asrning 2 -yarmida
-XI asrda
-XV asrda
-XVIII asrda
194.“Sho‘ro davri” da o‘zbek xalqi lotin yozuvidan nechanchi yillarda foydalandi?
+1929-1940 yillarda
-1917-1922 yillarda
-1922 -1929 yillarda
-1955-1962 yillarda
195.Qaysi asarning leksikasi, fonetikasi, morfologiyasida qarluq –chigil va uyg’ur tili xususiyatlari o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga o’g’uz va qipchoq tiliga xos xususiyatlar uchraydi?
+ Yusuf va Zulayho
-Gul va navro’z
-Hamsa
-Devoni hikmat
Ushbu fikrlar muallifi qaysi qatorda keltirilgan?
196.“Eli turkdur. Shahr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Hirida nash’u namo topibtur, bu til biladur”.
+ Bobur
-Vamberi
- N.I.Ilminskiy
-I.N.Beryozin
197.A.M.Shcherbak eski o’zbek adabiy tilida nechta unli fonema mavjudligini ta’kidlagan?
+8
-7
-6
-9
198.A.Rustamov, E.Fozilov, X.Doniyorovlar Navoiy tilida qancha unli fonema mavjudligini ko’rsatadi?
+9
-8
-10
-11
199.Navoiy tili uchun xos undoshlarning qo’llanilishida qaysi mustaqil lab-tish tovushi alohida ajralib turadi?
+f
-v
-p
-b
200.Qaysi ijodkor asarlarining tilida XIV-XV asrlardagi o’zbek adabiy tilining barcha leksik, fonetik va grammatik xususiyatlari to’la aks etgan?
+Navoiy
-Lutfiy
-Amiriy
- Nishotiy
201.So’zlashuv nutqi unsurlari singdirilgan ushbu misralar muallifi?
Menga ne yoru, ne oshiq havasdur,
Agar men odam o’lsam, ushbu basdur.
+Navoiy
-Lutfiy
-Sakkokiy
- Amirir
202.Qaysi ijodkor asarlarida, xat va maktublarida kitobiy uslubga xos o'xshatish va sifatlashlar, mubolag'a va istiora, badiiy muvoziyliklar, shuningdek, kiritma iboralar, birikma va gaplar ko'p qo'llagan?
+Navoiy
-Lutfiy
-Sakkokiy
-Amiriy
203.Qaysi ijodkor o’zining ilmiy asarlarida fikr bayon qilish tarzining soda, ravon bo’lishiga, mulohazalarning qosqa, aniq bo’lishiga katta e’tibor beradi?
+Navoiy
-Lutfiy
-Sakkokiy
-Amiriy
204.Qaysi ijodkor o’zbek adabiy tilining ilmiy bayon uslubini shakllantirdi va taraqqiy ettirdi?
+Navoiy
-Lutfiy
-Sakkokiy
-Amiriy
205.O’zbek adabiy tilining jonli xalq tiliga yaqinlashishi jarayonining kuchayish bosqichi qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
+ XVII-XIX
- XV-XX
- X-XV
- XII-XV
206.ā (o) unlisi to‘g‘ri yozilgan o‘zlashgan so‘zlarni aniqlang?
+ oftob, osmon, olim
- bоsh, qоsh, qora
- chоrbоg‘, ora, adoq
- bola, opa, tog’a
207.Agglyutinatsiyaga xos bo‘lmagan qo‘shimchalar qaysi tildan o‘zlashgan?
+ fors
- arab
- mo‘g‘ul
- boshqa turkiy tillar
208. Agglyutinatsiyaga xos bo‘lmagan qo‘shimchalarni aniqlang?
+ no-
–zor
–kor
–xon
209.“Shayboniynoma”da qaysi dialekt unsurlari ko‘p qo‘llangan?
+ qipchoq
- o‘g‘uz
- qarluq
- chigil
210. “Abushqa” lug‘atini 1869- yilda nashr ettirib, fransuz tiliga tarjima qilgan turkolog kim?
+V.V.Velyaminov-Zernov
-N.A.Baskakov
-A.Shcherbak
-A. Borovkov
211. Qaysi yozuv O‘rta Osiyoning turkiy xalqlari orasida XV asr oxiriga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘llanildi?
+uyg‘ur
-runik (o’rxun-enasoy)
-xorazm
-so’g’d
212.Nechanchi asrdan boshlab o‘zbek atamasi etnonim sifatida qo’llanila boshlagan?
+ XVI asrdan boshlab
- VI asrdan boshlab
- VIII asrdan boshlab
- XI asrdan boshlab
213.Qarashlilikning –niƞki (-iƞki) shakli eski o‘zbek tilida nechanchi asrda qo’llanilgan?
+XV asrda
- X asrda
- XII asrda
- XVI asrda
214. Eski o‘zbek tilida – er to‘liqsiz fe’li kesimlik affiksi vazifasida qanday shaklda qo‘llanilgan?
+ erür
- ermas
- dur
-tur
215.Qaratqich kelishigining –iƞ/ -їƞ shakli asosan qaysi kishilik olmoshlariga qo’shilgan?
+ biz, siz
- men, sen
- u, biz
- sen, siz
216.Qaratqich kelishigi affiksining –iƞ, -їƞ, -uƞ, -üƞ shakllarida qo’llanilishi hozirgi kunda qaysi tillarda saqlanib qolgan?
+ ozarbayjon, turk, turkman, gaguz
- tatar, qozoq
- uyg’ur, o‘zbek
- boshqird, Gagauz, Turkman
217.Tushum kelishigining qaysi shakli XV asr va undan keyingi davrlarda ba’zi she’riy asarlardagina uchraydi?
+ - i/ ї
- ni
- un
-in
218.Eski o‘zbek tilida tushum kelishigi shaklining qaratqich kelishigi o‘rnida qo‘llanilishi qaysi asar tiliga xos?
+ “Boburnoma”
- “Shayboniynoma”
- Navoiy asarlari tilida
- “O‘g‘uznoma”
219. Jo‘nalish kelishigining -a/-ä affiksi Qadimgi yodgorliklar tilida asosan qanday shakldagi so‘zlarga qo‘shilgan?
+ egalik shaklidagi
- ko‘plik shaklidagi
- birlikdagi
- mavhum otlarga
220. Qaysi affiksning kelishik vazifasida ishlatilishi Qadimgi turkiy yodgorliklarning ayrimlarida qo‘llaniladi?
+ -ra/-rä
- ga, qa
- g‘aru/ garu
- a/ä
221.Eski o‘zbek tilida de- fe’li asosan qaysi kelishikdagi so‘zni boshqargan?
+ tushum
- jo‘nalish
- qaratqich
- chiqish
222. XIII-XIV asrlarga oid ayrim manbalarda ko‘makchili birikmalar tarkibida chiqish kelishigi o‘rnida qaysi kelishik qo‘llanilgan?
+ o‘rin-payt
- chiqish
- bosh
- qaratqich
223.Chiqish kelishigi affiksining -dun/-dün//-tun/-tün shakllari tarkibida lab unlisi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilishi qaysi asar tiliga xos?
+ “O‘g‘uznoma”
- “Boburnoma”
- “Tafsir”
- “Qutadg‘u bilig”
224.Nechanchi asrdan boshlab vosita kelishigi o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotgan?
+XV
-X
-XII
-XIII
225.XV asrdan qaysi kelishik o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotadi?
+vosita
- chiqish
- jo‘nalish
- qaratqich
226.Eskio‘zbek tilida ot necha xil usul bilan yasalgan?
+2
-3
-4
-5
227.Qaysi kelishik shakli XIII-XIV asrlarda keng qo‘llanilib, keyinchalik iste’moldan chiqib ketadi?
+vosita
- chiqish
- jo‘nalish
- qaratqich
228. –l affiksi ham shaklan, ham mazmunan qaysi affiks bilan bog‘liq?
+ –vul
- - gan
- - chi
- - lik
229.Eski o‘zbek tilida sifatlar tabiatiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
+ 2
- 3
- 4
- 5
230.Eski o‘zbek tilida sifat darajalari necha xil ko‘rinishga ega?
+ 3 xil
- 2 xil
- 4 xil
- 5 xil
231.Eski o‘zbek tilida fe’ldan sifat yasovchi kammahsul affikslar berilgan qatorni toping.
+-un, -l, - ri
- lik, -li
- gan, kan
- in, un
232. Sifatlarda belgining ortiqligini ifodalovchi shakllar yana qanday nomlanadi?
+intensiv shakllar
- miqdor shakllar
-ko‘plik shakllar
- belgining kamligi
233. Belgining kamligini ifodalovchi shakllar qaysi qatorda berilgan?
+ mtul, -chil, -gina, - kina
- dag‘i/ daki
- uq/ uk
- qi/ -ki/- g‘i
234. Qiyosiy daraja affiksi berilgan qatorni toping.
+ -raq/ -räk
- dag‘i/ daki
- uq/ uk
- qi/ -ki/- g‘i
235.Sanoq sonlar eski o‘zbek tilida tuzilishiga ko‘ra necha xil?
+ sodda va tarkibli
- sodda va juft
- o‘nlik va yuzlik
- sodda va minglik
236. 20 soni XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklarda qanday shaklda yozilgan?
+ yigirmi
- yirma
- yirmi
- tuman
237. Otuz artuqu üch soni qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgn?
+ 33
- 23
- 24
-27
238. Iki yigirmi soni qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
+ 12
- 22
- 11
- 40
239. Eski o‘zbek tilida qaysi son ko‘p ma’noliligi bilan boshqa sanoq sonlardan farqlanadi?
+ bir
- qirq
- o‘n
- yigirma
240. Eski o‘zbek tilida noaniq son asosan qaysi so‘zlar bilan ifodalangan?
+ kѳp, az
- kam, ko‘p
- unch, inch
- bisyar, kam
241. Tartib sonning –lanchї/-länchi affiksi bilan yasalgan shakli asosan qaysi guruh tillariga xos?
+ o‘g‘uz
- qarluq
- qipchoq
- boshqird
242. Bir sanoq sonidan yasalgan birinch/birinchi shakllari keyingi jarayon bo‘lib, O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida qaysi turi qo‘llanilgan?
+ ilki/iliki
- dastlabki,
- ilk
- birinchi
243. Bir sanoq sonidan yasalgan birinch/birinchi shakllari keyingi jarayon bo‘lib, Qadimgi turkiy til yodgorliklarida qaysi turi qo‘llanilgan?
+ bashtїnqї
- dastlabki,
- ilk
- birinchi
244. Ikkinchi tartib soni XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda qanday shaklda qo‘llanilgan?
+ ikindi
- ilki
- ala
- ikov
245. Jamlovchi sonning -ag‘u, - ägü, - ag‘un/ - ägün shaklda qo‘llanilishi qaysi yodgorliklar tili uchun xos?
+ uyg‘ur yodgorliklari
- O‘rxun-Enasoy yodgorliklari
- Tunyuquq yodgorligi
- Kultigin yodgorligi
246. Jamlovchi son hosil qiluvchi qaysi affikslar faqat XV asrdan boshlab qo‘llanila boshlagan?
+ -av/ - äv, - avlan, /- ävlän, ala
- -ag‘u, - ägü,
- ag‘un/ - ägün
- ov, ala,-ta
247. Numerativ so‘zlar berilgan qatorni toping?
+ qat, batman, ratl, parcha
- ta/ t -ag‘u, - ägü,
- - ag‘un/ - ägün
- cha/ ag‘u, - ägü, - ag‘un/ - ägün
248. Eski o‘zbek tilida chama sonlar sanoq songa qaysi affiksni qo‘shish bilan hosil qilingan?
+ cha/ chä
- chi, vul
- lar/ ler
- larcha, lab
249. Kendü olmoshi qaysi olmosh o‘rnida qo‘llanilgan?
+ o‘zlik
- gumon
-birgalik
-ko‘rsatish
250.Kendü olmoshi tarixan qaysi guruhdagi turkiy tillar uchun xos?
+ o‘g‘uz
- qarluq
- qipchoq
- Turkman
251.Qaysi yuklama tarixan mana, mana shu, mana bu, xuddi, shunday ma’nolarni ifodalovchi so‘z sifatida mustaqil ravishda qo’llanilgan?
+ ush
- ost
-ora
- bu
252.Qaysi so‘z “Devonu lug‘atit-turk”da shunday, xuddi, hozirgina kabi ma’nolarni ifodalovchi so‘z sifatida izohlangan?
+ ush
- ost
-ora
- bu
253.Qaysi ko‘rsatish olmoshi ma’nosiga ko‘ra bu ko‘rsatish olmoshiga qarama-qarshi?
+ ul
- bul
- shul
- ushbu
254. Ul ko‘rsatish olmoshining hozirgi o‘zbek tilidagidek u shaklida qo‘llanilishi nechanchi asrlardan boshlab kuzatiladi?
+ XIX asrdan
- XX asrdan
- XV asrdan
- XVI asrdan
255. Qaysi ko‘rsatish olmoshi fors tiliga mansub?
+ hamin
- bul
- shul
- ushbu
256. Qaysi ko‘rsatish olmoshi fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib, XV asrga oid ayrim manbalarda qo‘llaniladi?
+ hamin
- bul
- shul
- ushbu
257.Qaysi ko‘rsatish olmoshi so‘zlovchiga oldindan ma’lum bo‘lgan narsa, shaxs, voqea-hodisani ta’kidlab, ajratib ko‘rsatish xususiyatiga ega?
+ Oshul
- hamin
- bul
- shul
258.Ko‘rsatish olmoshining asosan qaysi shakllari O‘rxun-Enasoy va qadimgi turkiy til yodgorliklarida qo‘llanilgan?
+ bu, ol(ul)
- hamin, hamul
- bul, o’sha
- shul, shu
259.Eski o‘zbek tilida tub so‘roq olmoshlarini qaysi so‘zlar tashkil qilgan?
+ kim, ne/ nä
- qay/ qan
- kim, ne
- nega/ nedin
260. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘llaniluvchi nima so‘roq olmoshi eski o‘zbek tilida qaysi ma’noda qo‘llanilgan?
+ narsa
- holat
- harakat
- usul
261. Qaysi so‘roq olmoshi XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklarda qo‘llanilgan bo‘lib, ma’no jihatdan nechuk so‘roq olmoshiga o‘xshaydi?
+ nelük
- nek
- negü
- netäk
262. Qaysi so‘roq olmoshi ne so‘roq olmoshiga vaqt, o‘lchov bildiruvchi chag‘ so‘zining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?
+ nechä
- nek
- negü
- netäk
263.Eski o‘zbek tilida qo‘llanilgan qamug‘, hamma, jumla, ba’zi so‘zlari olmoshning qaysi turiga xos?
+birgalik
- gumon
- o‘zlik
- so‘roq
264. Birgalik olmoshlari berilgan qatorni toping.
+ bari, qamug‘, jumla, hamma
- qayan, qamug‘, barcha
- qayu, qaysi, qayda
- jumla, bari, ne
265. Belgilash olmoshi berilgan qatorni toping.
+ tekmä
- qamug‘
- jumla
- jam’e
266. Gumon olmoshi berilgan qatorni toping.
+ falan
- qamug‘
- jumla
- jam’e
267.Fe’lning harakat nomi shakli affikslari berilgan qatorni toping.
+ -maq/ -mäk, -sh
- duq, duk, tuq
- mish, g‘an, maq
- maq, - mak, g‘u
268.Fe’lning ravishdosh shaklini yasovchi sodda affikslar berilgan qatorni toping.
+ -b, -a/ ä, -u/ - ü
- ban, -b, -a, -
-b, -a/ ä, -u/ - g‘ali
- -b, -a/ ä, uban
269.Buyruq-istak maylining qaysi shakli I shaxs birligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida turkiy tillarda qadimdan qo‘llanilgan?
+ alayїn
- ali
- alїm
- alїƞ
270. Sof ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
+ üchün, birlä, kibi, kebi, üzrä
- üchün, birlä, qat, kebi, üzrä
- üchün, birlä, kibi, ich, üzrä
- üchün, bāsh, kibi, kebi, üzrä
271. Eski o‘zbek adabiy tili qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?
+XIII asr oxiridan XX asr boshigacha
- XIl asrdan XIX asrgacha
- XV asr oxiridan XX asr oxirigacha
- XI asr oxiridan XVIII asr oxirigacha
272. O‘rta Osiyoda barcha turkiy tillarning qadimgi tarixi uchun umumiy tarixiy negiz bo‘lib xizmat qiluvchi asarlar notog‘ri berilgan javobni aniqlang.
+ “Muhokamat ul lug‘atayn”
- “Devonu lug‘otit turk”
- “Qutadg‘u bilig”
- “Hibatul haqoyiq”
273. Eski o‘zbek adabiy tilining xalq tili sifatida tashkil topgan davri?
+ XIII
- XIV-XV
- XI
- XVI
274. Kimlarning istilosi davrida O‘rta Osiyoda madaniyat va adabiyotning taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan bo‘lsa-da, bu davrda xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan birga yozma adabiyotga doir asarlar maydonga keldi?
+ mo‘g‘ullar
- qoraxitoylar
- qoraxoniylar
- arablar
275.Turkiy tilda yaratilgan ilk badiiy asar to‘gri ko‘rsatilgan qatorni toping.
+ “Qutadg‘u bilig”
- “O‘g‘uznoma”
- “Qissai Rabg‘uziy”
- “Devonu lug‘otit turk”
276.Hozirgi vaqtda “Qutadg‘u bilig” asarining nechta qo‘lyozma nusxasi mavjud? +3 ta
- 2 ta
- 4 ta
- 1 ta
277. “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan?
+ arab
- uyg‘ur
- lotin
- oromiy
278.Til xususiyatlari nuqtai nazaridan “Qutadg‘u bilig” asarida “y” tovushi o‘rniga qaysi tovushni qo‘llash hodisasi ustun?
+ d
- z
- g
- g‘
279. “Qutadg‘u bilig” asarida jo‘nalish kelishigining qaysi varianti qo‘llanilgan?
+ qa(-ka)
- ga
-g‘a
- a
280. “Qutadg‘u bilig” asarida olmoshning qaysi turlariga jo‘nalish kelishigining -ar varianti qo‘shilib kelish holati uchraydi?
+ kishilik, ko‘rsatish
- o‘zlik
- so‘roq
- belgilash, bo‘lishsizlik
281. "Qutadg‘u bilig" asarida o‘xshatish- chog‘ishtirish ma'nolarini ifodalovchi -dek affiksining deyarli hamma o‘rinda qanday shaklidan foydalanilgan?
+ teg
-day
-deq
-duk
282. “Qutadg‘u bilig” asarida qo‘llangan bögü, asig‘, saran, könilik, toru so‘zlari qaysi tilga mansub so‘zlar?
+ umumturkiy
- arab
- fors-tojik
- tibet
283. Turkiy urug‘ va qabilalar tillarining xususiyatlarini, ularning tarixini va lug‘at boyligini o‘rganishga bag‘ishlangan asar...?
- “Qutadg‘u bilig”
+ “ Devonu lug‘otit turk”
- “Hibatul haqoyiq”
- “Tafsir”
284. Bizgachayetibkelmagan "Javohirunnahvfilug‘atitturk" asariningmuallifito‘g‘riko‘rsatilganqatornitoping.
+ MahmudKoshg‘ariy
- YusufXosHojib
- A.Yugnakiy
- N.B.Rabg‘uziy
285. “Devonu lug‘otit turk” asarining bizgacha nechta qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan?
+ 1 ta
- 2 ta
- 3 ta
- 4 ta
286. “Devonu lug‘otit turk” asarining lug‘at bo‘limida nechinchi asrlardagi turkiy qabilalar tilida keng qo‘llangan so‘zlarga izoh berilgan?
+ X-XII
- X-XI
- IX-XII
- X-XIII
287. “Devonu lug‘otit turk" asarida so‘z turkumlari necha guruhga ajratilgan?
+ 2
- 3
- 4
- 6
288. Mahmud Koshg‘ariyning ko‘rsatishicha, turkiy tillardagi barcha tovushlarni ifodalash uchun malada mavjud bo‘lgan nechta tovushni yetarli emas deb hisoblaydi?
+ 18 ta
- 17 ta
- 7 ta
- 16 ta
289. “Devonulug‘otitturk”asaridakeltirilganma'lumotlargako‘raturklartilidaso‘zboshidakelganqaysitovusho‘g‘uztilidatushibqoladi?
+y
- b
- g
- t
290. “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan -ch, -sh, -ma, -chïm, -a/k affikslari qaysi so‘z turkumini yasashda mahsuldor hisoblangan?
+ ot
- fe'l
- olmosh
- sifat
291. “Devonu lug‘otit turk” asarida tushum kelishigining qaysi shakllari qo‘llanilgan?
+ ï, u/g‘, u/g
-g‘aru
- gäri
- duq, -dük
292. “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan -daçï, -g‘lï, -gli, -duq, -dük qo‘shimchalari qanday affikslar hisoblanadi?
+ sifatdosh shaklini hosil qiluvchi
- ravishdosh shaklini hosil qiluvchi
- tushum kelishigi
- ot yasovchi
293. “Devonulug‘otitturk”asaridakeltirilganma'lumotlargako‘rao‘shadavrlardaqipchoq, tuxsi, yag‘moqabilalari tillaridaqaysifonemamavjudbo‘lmagan?
+ ch
- sh
- t
- y
294. “Hibatulhaqoyiq”asariqadimgio‘zbekadabiytilidankalssiko‘zbekadabiytiligao‘tishdako‘prikvazifasinibajargan". Ushbu fikr muallifi qaysi qatorda berilgan.
+ E.Bertels
- Fitrat
-S.Mutallibov
- N.A.Baskakov
295. “Hibatul haqoyiq” asarida uchrovchi arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
+ muruvvat, ma'ni
- ata, ana
- bash, bezek
- yuz, yigit
296. “Hibatul haqoyiq" asarining tilini o‘rganish davomida unda nechta unli tovush mavjud ekanligi aniqlangan?
+ 9
- 8
- 7
- 11
297. “Hibatul haqoyiq” asarida tushum kelishigining asosan qaysi shakli qo‘llanilgan?
+-ni, -nï
-ug‘
-üg
-ï
298. “Hibatul haqoyiq” asaridajo‘nalish kelishigining asosan qaysi shakli qo‘llanilgan?
+-gä, kä
-g‘aru
-gärü
-yä d
299. “Hibatul haqoyiq” asarida sifatning qiyosiy daraja shakli qaysi affiks orqali ifodalangan?
+rü
-räk
-raq
-rāq
300. “Devonu hikmat” asarida ll shaxs buyruq maylining qaysi shakli keltirilgan?
+-sun
-gin
-g‘ïl, -gil
-ing
Kafedra mudiri Sh.S.Mahmadiyev
Fakultet dekani A.B.Pardayev
Do'stlaringiz bilan baham: |