112. Turu qaldi og‘lum — bu bag'rim öti. Quyidagi gap murakkablashgan gapning qaysi turiga mansub?
A) undalmali gap; B) kirish gap; C) ajratilgan sifatlovchili gap; D) ajratilgan izohlovchili gap.
113. Qaydakim bo‘ldi ayon ishq asari, bor edi barining andin xabari. Quyidagi gap mazmuniga ko‘ra qanday gap?
A) sabab ergash gapli qo‘shma gap; B) payt ergash gapli qo‘shma gap;
C) o‘rin ergash gapli qo‘shma gap; D) shart ergash gapli qo‘shma gap
114. Ko‘chirma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Ayur inč tirilsu elig miη yilin B) qonuq kelishini bilsinlar deb o‘t yaqdi; C) adam o‘g‘li ag‘irliği bilik birlä erdügün ayur; D) A, B.
115. Ilahi, saqiy, yar, janan, dost kabi so‘zlar qaysi davr tilida keng qo‘llanilgan?
A) qadimgi turkiy til; B) eski turkiy til; C) eski o‘zbek adabiy tili; D) hozirgi o‘zbek adabiy tili.
116. Kim Sulaymoni zamon anda edi, ya’nikim hazrati xon anda edi. Quyidagi gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) kesim ergash gapli qo‘shma gap; B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap;
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap; D) hol ergash gapli qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |