O‘zbek tili ta’limida o‘qituvchi, o‘quvchi va tarbiya “uchligi”ning muhimligi



Download 20,4 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi20,4 Kb.
#84084
Bog'liq
Xurramova Xurshida maqola 1


O‘zbek tili ta’limida o‘qituvchi, o‘quvchi va tarbiya “uchligi”ning muhimligi

Qadim zamonlardan buyon ta’lim va tarbiyaning har doim o‘zaro chambarchas ekanligi o‘z amaliy natijalari bilan keyingi avlod uchun dasturulamal bo‘lib kelmoqda. Zero, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Maktabda o‘quvchilar qaysi fandan tahsil olmasin, o‘qituvchi uchun ajratilgan vaqtning ma’lum qismi o‘tilayotgan mavzu bilan bog‘liq holda ma’naviy, tarbiyaviy va albatta milliy qadryatlarimiz namoyon bo‘lgan hayotiy ko‘nikma va tajribalar yordamida o‘quvchi ongiga singdirib borilishi zarur. Ayniqsa, bugungi o‘ta zamonaviy yosh avlod uchun faqatgina ta’limning o‘zi kamlik qiladi. Bu borada asosiy mas’uliyat ona tili va adabiyot o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Ona tili millat ruhi, madaniyati va xalq ko‘zgusi bo‘lsa, adabiyot milliy ma’naviyatdir.

Mustaqillikdan so‘ng yurtimiz ota-bobolarimizning asriy orzusi bo‘lgan istiqlolga erishgach O‘zbekistonda milliy ta’limning rivojiga keng imkoniyatlar ochildi. Yoshlar ongini yangi davrga mos yuksak axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar bilan boyitish, ularda siyosiy dunyoqarashni shakllantra borish mamlakatimizning dastlabki qadamlaridanoq eng asosiy maqsadga aylandi. Buni “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimi mutasaddilari oldiga qo‘yilgan o‘ta muhim vazifalar ham tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra maktablarda o‘tiladigan har bir fan ularni shu fan bo‘yicha mustahkam ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ularda mustaqil fikrlash qobilyatini o‘stirishi xatti-harakatlarida, kelajakda o‘z kasbiga ijodiy va ongli yondashish ko‘nikmalarini hosil qilishlariga qaratishi davrning eng muhim talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

“So‘zda sehr bor she’rda hikmat”, – deyiladi muborak hadislarda. Chindan ham dars jarayonida aytiladigan har bir so‘z ma’lum ta’limiy va tarbiyaviy yuk olgandagina darsning qimmati ham, so‘z sehri va qudrati ham ortadi. Ona tili darslarini badiiy adabiyotsiz, adabiyot darslarini esa adabiy til ta’limisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular bir butun uyg‘un holda o‘quvchilar ongiga yetkazilib, tasavvuriga singdirilsagina darsdan ko‘zda tutiladigan maqsadga to‘la erishish mumkin. Adabiyot so‘zining odob so‘zidan kelib chiqqanligining o‘ziyoq uning naqadar katta kuchga ega ekanligidan dalolatdir. Hozirgi kunda asosiy e’tibor dars jarayonida o‘quvchilarning o‘zbek tilida so‘zlashuv nutqini yetarli darajada egallashlarida qo‘l keladigan turli tuman usullardan foydalanilishga qaratilmoqda. Chunonchi, suhbat, lug‘at ustida ishlash, vaqtli matbuot nashrlari sahifalari orqali kunning muhim yangiliklarida xabardor bo‘lish, ularga nisbatan o‘z fikrini bildirish, oldindan tayyorlangan savollarga og‘zaki va yozma javob qaytarish, surat yoki badiiy rasmlardan foydalanib hikoya tuzdirish, erkin mavzularda (masalan, yil fasllari, oila, do‘stlik, ilm olish, hunar o‘rganish, bayramlar kabi) suhbatlashish, o‘quvchilarning o‘zi tanlab, o‘qib kelgan badiiy asar mazmunini hikoya qildirish, so‘zlarda tushirib qoldirilgan harflar, gaplarda tushirib qoldirilgan so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib gaplar tuzdirish, berilgan yangi so‘zlar ishtirokida mustaqil gaplar hosil qilish, mavzuga doir mashqlar ishlatish va boshqalar shular jumlasidandir. Dars jarayonida qo‘llaniladigan bu kabi rang-barang usullar, yangi pedagogik texnologiyalar, texnik vositalar o‘quvchilarda nafaqat yozma va og‘zaki nutqni shakllantrish hamda rivojlantrish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ularni dunyo ilm fani, adabiyoti, san’ati, madaniyati xazinasiga munosib ulush qo‘shib kelgan xalqimizning taniqli olimlari, shoir-u yozuvchilari, davlat arboblari-yu sarkardalari, musavvir-u san’atkorlarning boy me’rosidan xabardor ham qiladi. Bular esa o‘z navbatida o‘quvchilarni o‘zbek xalqining urf-odatlari, muqaddas an’analari, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunonchi, o‘quvchilar mavzusi “O‘zbekiston” bo‘lgan matn ustida ishlar ekan, uning o‘tmishi, boyliklari, san’at-u madaniyati, bugungi davlat ramzlari va mustaqilligi to‘g‘risida o‘zaro suhbatlashadilar, fikr almashadilar. Bu esa o‘quvchining lug‘at zahirasini boyitadi.

Sir emaski hozirgi paytda ba’zi Oliy ta’lim muassasalarini bitirib oliy ma’lumotli darajaga ega bo‘lgan insonlar orasida ham biror bir yozma ma’lumot yoki ish hujjatlarini bexato yozib bera oladigan, o‘z fikrini maqsadli ravishda ravon bayon qilib bera oladiganlari kamchilikni tashkil etadi. Bu nuqsonlar kelib chiqmasligi uchun ta’lim jarayonining kichik bosqichlaridan maktab, hattoki maktabgacha ta’lim maskanlaridan nutq madaniyati va ona tiliga bo‘lgan hurmatni shakllantrish lozim. Bu borada bizning taklifimiz ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchining e’tiborini to‘laqonli jalb qilishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha materiallardan (tarqatma materiallar, kartochkalar, davra suhbati, vaziyatli (situatsion) o‘yinlar, baxs-munozaralar, noan’anaviy metodlar) foydalanish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ishlatish muhim rol o‘ynaydi.

Hozirgi kunda maktablarda boshqa fanlar kabi ona tili va adabiyot darslariga ajratilgan 45 daqiqalik jarayon to‘g‘ri taqsimlanishi, har bir darsdan o‘quvchi foydali va sifatli ma’lumot olib, natijasini ko‘rsata olishi lozim, bu esa keyingi yangi dars uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim o‘qituvchilarning dars uslubiga “yopishib qolgan illatlar”idan biri “ona til bu – mashq yozdirish” bo‘lib qolgan. Bu esa o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga bo‘lgan ishtiyoqini pasaytradi va o‘qituvchining o‘zini ham zeriktrib qo‘yadi. O‘quvchi tafakkurini o‘stirishda ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga, turli lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanishga, o‘z nutqini sharoitga mos ravishda turli shakllarda ifodalay olishiga erishishda katta ahamiyatga ega. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari uchun ona tili ilmi haqidagi dastlabki nazariyalar juda sodda va aniq tushintrilishi lozim, chunki har bir fandan olingan boshlang‘ich bilimlar unutilmasdir. Masalan, so‘z turkumlari haqida ma’lumot berilishi, ularga hayotiy misollar orqali tushintrilishi lozim.



Har bir darsda asosiy maqsad qilib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, ijodiy fikrlashga undaydigan, ularni o‘z nuqtai nazarini himoya qila oladigan qilib yetishtrishga yo‘nalgan yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish kerak. Aynan mana shuning o‘zi har bir o‘qituvchining o‘z uslubi borligini, ta’lim sohasida o‘z pozitsiyasiga ega ekanligini belgilab beradi. Bunda o‘quvchi esa ta’lim jarayoning faol subyekti, ishtirokchisi o‘quv dasturi va darslik ta’lim jarayoning vositasi rolini o‘ynaydi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchini harakatlantruvchi, boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘lishi talab etiladi. Albatta, bu talablarga javob berish uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida to‘xtovsiz ishlashi kerak bo‘ladi.

Uchtepa tumanidagi 238-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi X.Xurramova
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish