O‘zbek tili punktuatsiya


IKKI NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI



Download 235,5 Kb.
bet19/20
Sana13.06.2022
Hajmi235,5 Kb.
#664796
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Imlo tamoyillari taraqqiyoti

IKKI NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI.

Ikki nuqta – ikki elementli tinish belgi. U nuqtaning vertikal holatdagi kombinasiyasi asosida shakllangan, shuning uchun ketma-ket emas, ustma-ust qo‘yiladi, ya’ni (:) shaklida. Ikki nuqta o‘zbek tilshunosligida «bayon belgisi», «bayon alomati» deb ham yuritiladi.


Ikki nuqtaning o‘zbek yozuvida qo‘llana boshlashi XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Ikki nuqta aralash qo‘llanuvchi tinish belgilar jumlasiga kiradi, lekin uning gap oxirida ishlatilishi nisbatan ko‘p uchraydi. «Men asta pastga qarayman: oriqqina, lekin novcha, bir kishi g‘azab to‘la ko‘zlari bilan bizga tikilib turibdi» (O.) misolida ikki nuqta gap o‘rtasida qo‘llangan emas: u qo‘shma gap tarkibidagi birinchi gapning oxirida qo‘llanib, shu gapning keyingi gap bilan ma’lum darajada aloqadorligini ko‘rsatadi. Ikki nuqta gap o‘rtasida yoki ayrim so‘zlardan so‘ng qo‘llanganda nutqni ixchamlashtirish va uslubiy ravonlik uchun ishlatiladi, ta’kidni bildiradi.
Ikki nuqta gap oxirida qo‘llanganda nutqning ma’lum strukturada shakllanganligini anglatadi: ikki nuqta qo‘yilgan gap oxiridagi pauza, o‘z xarakteriga ko‘ra nuqta qo‘llangan gap oxiridagi pauzaga ancha yaqinlashadi. Ikki nuqta ishlatilgan gaplarda ma’lum tugallanish intonatsiyasi bo‘lishiga qaramay, ma’no jihatdan fikrning davomliligi sezilib turadi. Shunga ko‘ra ular nuqta qo‘yilgan gaplardan farqlanadi:– Opangizning adresi bu erda yozilganku: Shahrisabz shahri, Devonbegi ko‘chasi, 1- uy. (Gazetadan)
Ikki nuqta sodda gaplarda ham, qo‘shma gaplarda ham qo‘llanaveradi. Ikki nuqta mohiyati to‘la ifodalanmagan, uning ma’nosi va ma’no ottenkalari o‘zidan keyingi gaplar vositasida izohlanadigan gaplar oxirida ishlatiladi. Demak, ikki nuqta fikrning to‘la tugallanmaganligini, bundagi tugallik keyingi gap orqali ochilishini anglatish uchun qo‘llanadi. Bu – uning asosiy vazifasidir.
Yozma nutqdagi fikrning undan keyingi gap vositasida izohlanishi, izohlovchi va izohlanuvchi qismlar o‘rtasidagi sintaktik-grammatik munosabatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday xilma-xil munosabatlar og‘zaki nutqda turlicha intonatsiyalar vositasida ifodalanadi. Yuqoridagidek munosabatlar yozma nutqda faqat ikki nuqta orqali ko‘rsatiladi. Ikki nuqta qo‘llangan matnlar orasidagi semantik, grammatik munosabatlar matnda aniqlashadi. Qiyoslang:
Keng, ulug‘vorsan: Hazar, Boltiq, Azov bahring sening;
Chuv, Dnepr, Sir, Zarafshon, Neva, Don nahring sening. (U.)
Bunda ikki nuqtadan keyingi qismlar keng va ulug‘vorlikning sababini izohlayotir; ulug‘vorsan so‘zi esa ta’kidlash, uqtirish intonatsiyasi bilan aytiladi.
Ikki nuqtaning boshqa tinish belgilari bilan qo‘sha qo‘llanishi kam uchraydi. U nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul, ko‘p nuqta va vergul bilan birgalikda qo‘llanmaydi.
Hozirgi o‘zbek tilida ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni ajratish uchun. Bunda ikki nuqta qo‘shma gap tarkibidagi birinchi gapning (qismning) shaklan tutallanish chegarasini ko‘rsatib, uning keyingi gap (qism) bilan mazmuniy, grammatik munosabatda ekanligini ko‘rsatadi.
Ikki nuqta bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda qo‘llanganda, uning tarkibidagi gaplarning o‘zaro munosabati turlicha bo‘ladi:
1) keyingi gap oldingi gapning mazmunini to‘ldiradi yoki izohlaydi, aniqlashtiradi. Bunday gaplar maxsus ta’kid intonatsiyasi bilan aytiladi, grammatik jihatdan ya’ni, binobarin kabi nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi. Ikki nuqta qo‘yilgan joyda pauza o‘rtacha bo‘ladi: Uning she’ri misoli oltin: Ochiladi o‘qigan sayin. (U.) Yana boshqa bir g‘azalni boshlaydilar: nay kimi hardamki, bazmi vaslini yor aylaram... (O.)
2) bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi oldingi gapning kesimi qaradi, diqqat qildi, ta’kidladi kabi ogohlantirish ma’nosidagi fe’l bilan ifodalangan holda ham ikki nuqta qo‘yiladi:
Yakun qildim: ko‘z yoshlariga
Ikki bois bor ekan asli. (U.)
Ba’zan o‘y, xayol, ichki tuyg‘u ham anglashiladi:

Download 235,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish