Ariza, bildirishnoma, bildirgi
Ish hujjatlari bilan ishlash.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo‘llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko'ra turlicha bo‘ladi. Chunki o‘quvchi yoki talabaning turli masalalar yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan ariza-laridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig'i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi. Bundan qat‘iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
— ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
— ariza yozuvchining turarjoyi yoki vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi;
— hujjat nomi (Ariza);
— ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
— zarur bo'lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
— qog'ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
— qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi.
Ariza shakli
Qayerga yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi,
lavozimi, to‘liq nomi
ARIZA
Ariza matni (mazmuni)
Ilova
I. о. va familiyasi
Imzo
sana (yil, kun, oy)
Toshkent arxitektura qurilishinstituti
rektori R. R. Hakimovga
Qurilishni boshqarish”fakultetining
I kurs talabasi Samad Qosimovdan
ARIZA
Men «Umid» jamg‘armasi tanlovida yuqori natijalarga erishib imtiyozli o‘rinni qo‘lga kiritdim Shuning uchun «Umid» jamg‘armasi menga Amerika Qo‘shma shtatlariga o‘qish uchun yonlanma berishga qaror qildi.
O'qishimni Kaliforniya universitetining Qurilish fakultetidadavom ettirish uchun ruxsat berishingizni so‘rayman.
(imzo) S. Qosimov
2017 yil 28 may
2-topshiriq. Berilgan qo'shma fe'llardan gaplar tuzing.
Yordam bermoq, xafa bo'lmoq, uchratib qolmoq, yozib olmoq. gapirib bermoq, taklif qilmoq, qaror qilmoq, olib kelmoq.
3-topshiriq. Nuqtalar o'rniga yuklamalarni qo'yib gapJarni ko'chiring.
Qani, suratni menga ber-..., bir ko'ray. 2. Nok shirin..., lekin kech hosilga kiradi. 3. Cho'milishga u ham bordi... 4. Beri kel-... , tishingni bir ko'rib qo'yay.
2-topshiriq. Berilgan so'zlar ishtirokida to'g'ri va ko'chma ma'noli so'z birikmalari tuzing. Ko'z, yoga, kalit, go'l, oltin, sovug, egri, kumush.
5-topshiriq. O'qing. Ko'makchilarni topib, ma'nosiniaytibbering, yozilishiga diqqat qiling.
Hozirgi vaqtda ob-havoning ganday bo'lishini turli asboblar vositasi bilan oldindan habar qilib turadigan juda ko'p ob-havoni kuzatish bolinmalari bor. 2. Ra'noga bugungi ro'zg'or ishiari to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni berdi. (A.Qod.)
2-topshiriq. Nuqtalar o'rniga tegishli kelishik qo'shimchalarini qo'ying.
1. Ipak....turli gazlamalar to'qiladi. 2. Zarifa onasi....xat yozdi. 3. Parrandalar to'g'risida yozilgan qiziqarli hikoya .... o'qidim. 4. Yakshanba kuni guruhimiz bilan tog'....dam oldik. 5. Eshik... kalitini ukam ... berdim. 6. Ota-ona chet elda ishlaydi.
3-topshiriq. Quyidagi fe'llar ishtirokida gaplar tuzing:
yozyapti, kutdi, so'zlaydi, ko'rdik, o'qib chiqdi.
4-topshiriq. Avval juft fe'Ilarni, keyin go'shma fe'llarni ko'chiring.
1. U gapni oshkora aytdi-go'ydi. 2.Moviy osmonda bulutlar savr
qilmoqda. 3. Yurtimiz sportchilari sport musobaqalarida g'olib chiqish
uchun astoydil harakat qikmogdalar. 4. U hech narsa demay qo'lidani qog ozni yirtdi-qo'ydi
1-topshiriq. Matini rus tiliga tarjima qiling.
INSON ODOBI BILAN
Bolajonlik - xalqimizga xos azaliy odat. Oilada farzand tug'ilishi ota-onalarga ham, qarindosh-urug4 va yaqin kishilarga ham zo'r quvonch baxsh etadi. Yangi «mehmon» sharafiga boshlangan xursandchilik ancha kungacha davom etadi. Kelgan kishi Jar uy egalarini yangi «mehmon» bilan qutlab, «Katta bo'lsin», «Baxtini ko'ring», «Aqlli-hushlikkina bo'lsin» degan yaxshi istaklar bildiradilar.
Ota-ona farzandlariga yaxshi niyat bilan ism qo'yadi, shu kundan uning kelajagi, baxtini o'ylaydi. Farzandini axloq-odobga o'rgatish, o'qitish, kattaroq bo'lganda biror kasb-hunar egasi bo'lishiga g'amxo'rlik qilish ota-onaning burchidir.
Bolani kasb-hunarga, o'rgatishda qadimdan «Ota kasb - ona rasm» naqliga qattiq rioya qilingan. Shunga ko'ra o'qil bola yosh chog'idanoq ota yonida dastyorlikka o'rgatilib, ota hunarini egallagan, qiz bola esa ona rasmini tutgan. (O.To'rayeva).
Lug'at
azaliy - вечный
odat - обычай
quvonch - радость
istak - желание
g'amxo'rlik - забота
naql - мудроесть, изречение
rasm- обычай, обряд
2-topshiriq. Odob-axloq haqida maqollar keltiring.
3-topshiriq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi so'zlardan ing.
Xonaga bola kirib keldi (o'tkir, shirin, novcha).
Men rangni yaxshi ko'raman (eski, quruq, yashil).
Hovlimizdagi terak juda ... (oriq, kul rang, yo'g'on)
... daryo tinch oqadi (sajar, qimmat, chuqur).
Sizga .... ko'ylak yarashadi (baland, ochchiq, keng).
Do'stlaringiz bilan baham: |