Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.
Ma’dani inson guhari so‘zdurur,
Gulshani odam samari so‘zdurur. (Navoiy)
Ushbu she’rda qo`llangan “samar” so`zining ma’nosini qaysi javobda to`g`ri izohlanmagan?
A. meva
B.natija
C. foyda
D. hosila
23. Barglarda raqs etar shabboda,
O‘ynar sabo shaklinda kecha.
Tun bulutga ko‘tarib boda,
Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi)
Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar ishtirok etgan?
A. sinonimlar
B. antonimlar
C. sinonim va antonimlar
D. antonim va omonimlar
24. Zupta so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan?
A. chaqqon
B. kichik
C. pishiq
D. asil
25. O‘tmish tajribamdan bilaman // bunaqa xat olgan birorta qiz-juvon rad etgan emas!
Ushbu gapda qo`shma gap qismlari orasida qaysi tinish belgisi qo`llanadi?
A. vergul
B. tire
C. ikki nuqta
D. nuqtali vergul
Do'stlaringiz bilan baham: |