Hafta kunlari nomini yodda saqlang! 1-kun Dushanba 2-kun Seshanba 3-kun Chorshanba 4-kun Payshanba 5-kun Juma 6-kun Shanba 7-kun Yakshanba Darslik bilan ishlash. 1-mashq. Ikkitadan o‘quvchi namuna asosida sinf doskasida bajaradi.
Salom, maktab, jon maktab,
Bilimlarga kon maktab.
Aql-u odob, tarbiya
Berguchi makon maktab.
Ustozlarim mehribon,
O‘qi, derlar bearmon,
Sen – Istiqlol farzandi,
Barkamol bo‘l, bolajon!
Sog‘lom bo‘lu, polvon bo‘l,
El-u yurtga posbon bo‘l.
Bel olishsang maydonda
Or-nomusi osmon bo‘l!.
Vatanning baxti uchun
Sarf aylagin bor kuching,
Olib elning duosin,
Ravo qil muddaosin.
Bu tilakka labbay, deb,
Javob beraman tayin.
Ma’rifat ziyosidan
Ulg‘ayaman kun sayin.
O‘zbekiston nomini
Jahonga qilgum doston.
Chunki boshqa topilmas
Dunyoda bunday bo‘ston.
33
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga -nchi, -inchi qo‘shimchalarini qo‘yib
raqamlarni so‘z bilan yozadilar.