O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam So‘zlardagi bir ma’nolilik va ko‘p manolilik Ijtimoiy leksika va siyosiy leksika


O`zbek tili leksikasining boyish manbalari



Download 36,55 Kb.
bet4/6
Sana16.01.2022
Hajmi36,55 Kb.
#377106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.docx soha

O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.

1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.

2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.

Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan.

So`zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko`proq o`zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.

Kalkalab o`zlashtirishda so`z aynan olinmaydi, balki so`zning ma’nosi o`zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so`zning ma’nosi shu so`zning morfemik tarkibidan qismma qism nusxa ko`chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o`zlashtirishning 2 xil yo`li bor:

1. To`liq kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning barcha qismlari o`z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnыy – chalasavod, vsesoyuznыy - butunittifoq.

2. YArim kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o`z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi kabi.

YArim kalkada ba’zan o`zlashtirilayotgan so`zning bir qism tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnыy – aktual kabi.

O`zga til so`zidagi ma’no o`z tildagi so`z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo`g`in so`zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.



Frazeologiya

1-§. Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo`llaniladi.

Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo`ladi. Ular bir-biridan o`ziga xos belgilari bilan farq qiladi.

Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so`zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so`z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so`zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so`z birikmasi tarkibidagi so`zlar ayrim-ayrim so`zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli asar. SHuning uchun ular erkin so`z birikmasi deb yuritiladi.

Tilda ko`p vaqt bir qolipda qo`llanaverib, bo`linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og`zi qulog`ida. Demak, so`z birikmalari ikki xil: a) erkin so`z birikmasi; b) turg`un so`z birikmasi. Turg`un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar.

Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib, ko`chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.

Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo`ldi.

Iboralarning barchasi ko`chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so`zga nisbatan kuchli bo`ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi.

Tilning iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya, iboralar yig`indisi esa frazeologizm deb yuritiladi.

Iboralar o`rtasida ham o`zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo`lishi mumkin. (Qarang: -§. So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari.)



Leksikografiya

Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan.

Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi:

1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar.

Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.

«O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi.

So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi.

Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati», «O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi.

Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha, ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug`atlar kiradi.

Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. CHunki ko`p tilli lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka erishishning asosidir.


Download 36,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish