2-boshlovchi: Chunki tildan keladigan ozor nayza ozoridan yomon, deb aytadilar. Shunday ekan, hamisha tilimiz shirin, so‘zimiz go‘zal bo‘lsin.
1-boshlovchi: Istardim qalblarni titratsin so‘zlar,
Jonlantirsin yurtning rasm-u holini.
Jonlantirsin, toki muntazir ko‘zlar,
Ko‘ra olsin elning istiqbbolini.
2-boshlovchi: Navoiy – bu oltin xirmon sohibi,
Hayratin olamga etarkan izhor.
Qalbida bir dunyo g‘urur bor edi.
“Xamsa” bo‘lib yog‘di o‘shal iftixor.
1-boshlovchi: Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning umr o‘lchovini til belgilaydi. Jamiyatdagi bor go‘zallik va sehr - til orqali namoyon bo‘ladi.
2-boshlovchi: Darhaqiqat, ona tilimizni shakllantirish va rivojlantirish faqat soha vakillarining emas, balki butun jamiyatning vazifasi hamdir
1-boshlovchi: Inson odobini ko‘z-ko‘z qiladigan ayni chog‘da qilich tig‘idan keskir, ilon zahridan o‘tkir, boldan shirin bu tildir. Dono xalqimizning so‘zlash qoidasida tilga ehtiyot bo‘lish va qisqa so‘zlash madaniyati juda ko‘p ibratli fikrlar bilan e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |