O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

qiz  izladi  (yigit—ega,  qiz—to‘ldiruvchi).  Qiz  yigit  izladi  (qiz—ega,  yigit— 
to‘ldiruvchi). 
2.  Mantiqiy  yoki  mantiqiy-ekspressiv  intonatsiya.  Bu  intonatsiya  grammatik-
fikriy munosabatni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda mantiqiy urg‘u muhim rol 
o‘ynaydi. Masalan: U keldi, men ketdim(sanash: U keldi va men ketdim). U keldi — 
men  ketdim  (sabab:  U  kelgani  uchun  men  ketdim.  U  keldi-men  ketdim  (Ikki  ishning 
bo‘lishida oradagi vaqtning qisqaligi: U kelishi bilanoq men ketdim). 


79 
 
3. Emotsional-ekspressiv ntonatsiya. Intonatsiya ekspressivlikka boy, mantiqiy 
kuchga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Bunda  so‘zlovchi  avvalo  nutqning  badiiy 
go‘zalligiga, qolaversa fikrning o‘ta ta’sirchanligiga erishadi
1

Shu  bilan  birgalikda,  muallif  so‘zlashuv  nutqida  intonatsiya  ma’noni 
differensiatsiya  qilishda  muhim  rol  o‘ynashini,  har  bir  gap  tarkibida  u  yoki  bu 
ma’noni  ifodalash  uchun  xizmat  qiluvchi  intonatsion  konstruksiyalar  (IK
mavjudligini  ta’kidlaydi  va  o‘zbek  so‘zlashuv  nutqidagi  faktik  materiallarga 
asoslangan  holda,  intonatsion  konstruksiyalarning  ko‘p  qirrali  va  rang-barang 
ekanligini  e’tirof  etadi.  Uning  fikricha,  intonatsiyaning  turli-tuman  ko‘rinishlarini 
yozma  nutqda  har  doim  tinish  belgilari  orqali  ifodalab  bo‘lmaydi.  Intonatsion 
konstruksiyalar nutqda gap, sintagma, so‘z birikmasi va so‘zlar, shuningdek, kontekst 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilan birgalikda harakat qiladi. Shuning uchun intonatsion 
konstruksiya gapning eng muhim xarakterli belgilaridan hisoblanadi
2

Demak,  intonatsiya  supersegment  fonetik  hodisa  bo‘lib,  u  nutqni  fonetik 
jihatdan shakllantiradi va bir butun qiladi hamda uning mazmuniy qirralarini yoritish 
uchun xizmat qiladi. 
B.O‘rinboev  ham  o‘zbek  so‘zlashuv  nutqida  gaplarni  bir-biridan  farqlash 
uchun  qo‘llaniluvchi  intonatsion  konstruksiyalarning  yetti  turini  ajartgani  holda,  bu 
IKlarning  qanday  vaziyatlarda  qanday  ma’nolarni  anglatishi  mumkinligini  batafsil 
izohlab beradi. 
A.Ahmedov  ham  o‘zbek  tilida  gapning  kommunikativ  turlarini  tadqiq  etish 
jarayonida  gap  mazmuniga  intonatsiyaning  ta’sir  etishiga  e’tibor  qaratadi.  Uning 
ta’kidlashicha, ba’zan tasdiq shakldagi gap inkor mazmuni uchun va, aksincha, inkor 
shakldagi  gap  tasdiq  mazmuni  uchun  qo‘llanishi  mumkin.  Shunda  ham  bari  bir, 
tildagi  muayan  usul  va  vositalardan  foydalaniladi.  Masalan,  tasdiq  formadagi  
bajarib  bo‘pti  gapi  maxsus  intonatsiya  yordamida  U  bajara  olmaydi  degan  inkor 
mazmunini, xuddi shuningdek, inkor shakldagi  U bermaydi-ya gapi U beradi degan 
tasdiq mazmunini anglatadi. Shuningdek, Men ovozim boricha chaqirdim, qani endi u 
javob  bersa  gapining  u  javob  bermadi  degan  inkor  mazmuning  anglatishi  ham 
intonatsiya  va  sintaktik  strukturadan  bilinib  turadi.  Biroq  bunda  asosiy  rolni 
intonatsiya  o‘ynaydi.  Sintaktik  struktura  esa  yordamchi  vazifani  bajaradi  (sintaktik 
struktura  yuqoridagi  gapning  intonatsiya  yordamida  inkor  mazmunini  anglatishga 
zamin yaratgan)
3

Yuqorida  keltirilgan  fikrlardan  ko‘rinib  turibdiki,  intonatsiya  gap 
strukturasining  zaruriy  komponentlaridan  biri  bo‘lib,  u  gap  tarkibiy  qismlarini, 
N.I.Jinkin ta’biri bilan aytganda, sementlovchi vositadir
4
. Intonatsiya o‘z funksiyasini 
kommunikatsiya jarayonida bajarib, gap mazmuniga ta’sir etishi va natijada gapning 
shakli  hamda  mazmuni  o‘rtasidagi  munosabatlarning  murakkablashuviga  sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Rus  tilshunosligida  N.I.Jinkin  nutqiy  intonatsiyaning  xususiyatlarini  musiqiy 
intonatsiyaga  qiyoslab  o‘rganish  natijasida  nutqiy  intonatsiyaning  boy  va  rang-
                                                                 
1
 Ўринбоев Б. Ўша асар, 
 
2
 Ўринбоев Б. Ўша асар,
 
3
 Аҳмедов А. Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлари. –Тошкент: Фан, 1979. 32-бет.
 
4
 Жинкин Н.И. Взаимоотношение компонентов интонации в речи и в музыке. – Сб. Проблемы структурной лингвистики. –
М.: Наука, 1984. –с. 137-148.
 


80 
 
barangligini hamda uning ma’no ifodalash imkoniyatlarining kengligini e’tirof etadi. 
Uning fikricha, intonatsiyaning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etuvchi hamda uning 
nutq  jarayonidagi  funksiyasini  reallashtiruvchi  asosiy  komponentlari  urg‘u  va 
pauzadir.  U  intonatsiyaning  ma’no  qirralari  boy  va  rang-barang  ekanligini  e’tirof 
etadi  va  uni  asosiy  dinamik  komponenti  (urg‘u)  va  cho‘ziqligi  (pauza)  asosida 
aniqlash  maqsadga  muvofiqligini,  bu  tayanch  nuqtalarning  o‘zgarishi  jumla 
mazmunini  o‘zgartirishi  yoki  umuman  ma’nosizlikka  olib  kelishi  mumkinligini 
ta’kidlaydi. 
Bundan tashqari, kommunikatsiya jarayonida intonatsiya orqali so‘zlovchining 
tinglovchiga  bo‘lgan  munosabati  yuzaga  chiqishi  va  shu  bilan  birga,  jumla 
so‘zlanayotgan  muhit,  vaziyat  haqida  ma’lumot  berilishi  mumkin.  Masalan,  Qizim, 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish