77
M.V.Panov Ye.A.Brizgunovaning fikrlarini ma’qullagan holda, u ajratgan
intonatsion konstruksiyalar “rus intonatsiyasining negizini tashkil etadi”, deb
baholagan holda, IK – 1 va IK – 3 lar rus tilining intonatsion “minimum minimorum”
ini tashkil etishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir fraza uch qismdan iborat:
markazdan oldingi, markaziy va markazdan keyingi qismlar. Frazaning markaziy
qismi – bu fraza urg‘usi tushgan taktning urg‘uli bo‘g‘inidir. Ungacha bo‘lgan
qismlar markazdan oldingi, undan keyingi qismlar esa markazdan keyingi qismlar
sanaladi. Bunda IK – 1 quyidagicha izohlanadi: markazdan oldingi qism o‘rta tonda
talaffuz qilinadi. Markazda ton o‘rtadan ko‘ra pastroq bo‘ladi va bu holat markazdan
keyingi qismda ham davom etadi. Buni chizmada quyiga yo‘nalgan strelkalar
yordamida ifodalanadi:
Ahmadjon biznikiga mehmonga kedi.\
(Nikolay prishyol ko
mne v gosti.\)
Azamat ham biznikiga mehmonga kedi.\ (
I Boris prishyol ko mne v
gosti.\) Ya’ni jumla yakunida tonning pasayishi kuzatiladi. Ko‘rinadiki, IK – 1 darak
gaplar uchun xos.
IK – 3 ning izohi quyidagicha: markazdan oldingi qism o‘rta tonda talaffuz
qilinadi. Markaziy qismning boshlanishi undan avvalgi qismga nisbatan kuchliroq.
Balandlik bo‘g‘in davomida ko‘tarilib boradi. Markazdan keyingi qismda ton
o‘rtadan pastroqqacha pasayyadi
Sen bugun kutubxonaga borasan?
Sen bugun kutubxonaga borasan?
Sen bugun kutubxonaga borasan?
Demak, IK – 3 so‘roqni ifodalovchi elementlarsiz shakllangan so‘roq gaplar
uchun va “vergul intonatsiyasi” uchun xos bo‘lib, eski qoidaga, ya’ni mazmun
tugallanmadi – ovoz tepaga, mazmun tugallandi – ovoz
pastga qoidasiga amal qiladi
1
.
Haqiqatan, so‘roq gaplar ham, nutqning “vergulgacha” bo‘lgan bo‘lagi ham (bular IK
– 3) javobni yoki nutqning davomini talab qiladi, “mazmun tugallanmagan”. Nuqta
(IK – 1) esa mazmun (axborot) uzatishning muayyan qismi tugaganligi haqida
ma’lumot beradi.
Frazaning birinchi unlisida melodika ko‘tariladi va u birinchi so‘zning
urg‘udan keyingi bo‘g‘inida ham davom etadi. Bunda melodik maksimum hosil
bo‘ladi. Ikkinchi bo‘g‘indan boshlab melodikaning keskin pasayishi kuzatiladi va
melodik minimumni hosil qiluvchi keyingi bo‘g‘ingacha davom etadi.
L.V.Bondarkoning fikricha, agar fraza urg‘usi ostida turgan so‘z urg‘uli unlisining
chastotasi keskin ko‘tariladigan bo‘lsa, bu holatda so‘roq intonatsiyasi vujudga
keladi
2
.
Agar frazaning urg‘uli unlisida melodikaning ko‘tarilib pasayuvchi harakati
kuzatilsa, bunda fraza muayyan emotsional bo‘yoqqa, asosan, ijobiy bo‘yoqqa ega
bo‘ladi va fraza oxirida melodika darak yoki so‘roq intonatsiyasida bo‘lgani kabi
pasayib, tugallangan hisoblanadi. Agar bunday pasayish bo‘lmasa, fraza
tugallanmagan bo‘lib, uni davom ettirish mumkin. Bu holatda frazaning
boshlanishida urg‘uli unlining balandligi maksimal chastotaga yaqin bo‘ladi,
tugallanishi esa melodikaning ko‘rib chiqilgan tiplaridan tamoman farq qiladi, ya’ni
1
Панов М.В. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Высшая школа, 1979. –с.86.
2
Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Ўша асар, 120-б.
78
melodik cho‘qqi urg‘uli bo‘g‘indan keyingi unliga to‘g‘ri keladi. Urg‘uli unli esa
ko‘tariluvchi melodika bilan xarakterlanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, nutq jarayonida gapning leksik-
grammatik strukturasini o‘zgartirmagan holda, faqat intonatsion vositalar yordamida
gap mazmunini o‘zgartirish mumkin. Muayyan bir shakl orqali ifodalangan gaplar bir
o‘rinda oddiy xabar mazmunini, ikkinchi o‘rinda hayrat, uchinchi o‘rinda so‘roq,
yana bir o‘rinda belgining inkori ma’nolarini anglatishi bilan shakl va mazmun
o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Demak, gap mazmunining tushunilishida
intonatsiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Urg‘usi turg‘un bo‘lgan tillarda, xususan, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning
oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Bunday holatda urg‘usiz unlilar urg‘u oldi pozitsiyasiga
ega bo‘ladi va intonatsion markazning o‘rni ham turg‘unlik kasb etadi. Bu esa,
tabiiyki, intonatsion konturlarning o‘ziga xosligini, betakrorligini ta’minlaydi.
Shunga qaramay, o‘zbek tilida shunday birliklar borki, ular o‘ziga urg‘u olmaydi.
Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining intonatsion
xususiyatlari keng monografik planda tadqiq ob’ekti bo‘lgan emas. Bu masalaga
o‘zbek tilining ayrim muammolarini, xususan, so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini,
gapning kommunikativ aspektini yoritish jarayonida yo‘l-yo‘lakay e’tibor qaratilgan.
Bu esa ushbu masala o‘zbek tilshunosligida o‘z yechimini kutayotgan yana bir
dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbek so‘zlashuv nutqini o‘rganish jarayonida B.O‘rinboev so‘zlashuv
nutqining intonatsion xususiyatlariga e’tibor qaratadi. Uning ta’kidlashicha,
so‘zlashuv nutqi og‘zaki nutq bo‘lganligi uchun unda intonatsiya muhim rol
o‘ynaydi. So‘zlashuv nutqi uchun bir tekis ritmik-intonatsion oqim xarakterli emas.
So‘zlashuv nutqi intonatsion nuqtai nazardan «chopayotgan», «sakrayotgan» kabi
tuyuladi. Uning bunday stixiyaliligi, intonatsion shakllanmaganligi nutqning
tabiiyligini ko‘rsatuvchi omildir. Shuning uchun gapning ko‘zlangan maqsadga ko‘ra,
emotsionallikka, modallikka ko‘ra turlari ko‘p jihatdan intonatsion farqlarga qarab
belgilanadi.
B.O‘rinboev intonatsiyaning quyidagi turlarini ajratadi:
1. Grammatik yoki sintaktik-sintagmatik intonatsiya. Bu, odatda, sintaktik
bo‘linishning, mazmunning boshqaligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu xil
intonatsiya gaplarni sintaktik bo‘laklarga ajratishda va so‘z tarkibida aniq ko‘rinadi.
Masalan:
Katta mevali daraxt (mevasi katta).
Katta mevali daraxt (daraxt katta).
Yigit
Do'stlaringiz bilan baham: