MAVZU: ABDULLA AVLONIY IJODI.
Reja :
1. Avloniy - ilm - ma‘rifat targ’ibotchisi.
2.Avloniy – darsliklar muallifi.
3. Аvloniy asarlarining badiiy qimmati.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1.Avloniy Abdulla .Tanlangan asarlar.2 jildlik,1- jild.SHe‘rlar, ibratlar.T, 1997
2. Avloniy Abdulla.Guliston yoxud axloq.T.1967
3. Avloniy Abdulla. Toshkent tongi. T.1970.
4.Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq.\\ Fan va turmush.1984 №11
“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot,
yo najot, yo halokat,
yo saodat , yo falokat masalasidir.”
A.Avloniy
.
Avloniy - ilm – ma‘rifat targ’ibotchisi.
X1X asr oxiri XX asr boshlari
o’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma‘rifatparvar shoir,
dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yilning 12
iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, to’quvchi Miravlon aka
oilasida dunyoga keldi. O’z tarjimai holida yozishicha: “1985 yildan boshlang’ich
maktabda o’qidim. O’qchi mahallada Akromxn domladan xat-savodim chiqdi. 1890
yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o’qiy boshladim. Yoshim 13 ga
yetgach, yo’qsillik menga ta‘sir qildi.Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-onamg’a
biroz yordamda bo’lib, qish kunlarida o’qir edim. So’ngra O’qchi mahallasidagi
domlamizning kam havsalaligidan, o’quvda davomsizligidan O’qchi madrasasini tark
etib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mulla Umar
Oxundan dars o’qiy boshladim.Bu choo’larda qish kunlarida o’qib, yoz kunlarida
mardikor ishlamoqqa majbur edim”. Mustaqil mutoala bilan shug’ullandi. Arab,
fors, rus tillarini mukammal o’rgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan
gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma‘rifatparvar sifatida tanildi
va o’lkadagi ijtimoiy-madaniy harakchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim
o’zgarishlardan biri maktab-o’quv ishlarida o’zgarish bo’ldi. Avloniy bu davr
jadidchilik harakatiga qo’shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri
bo’lib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirbodda, so’ngroq Degrizchilik mahallasida
yangi usuldagi “Jadid maktab” ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. 1909 yilda
badavlat do’stlarining ko’magida maktab marif ishlarida yordam beruvchi “Jamiyati
xayriya” ochib, bolalarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini
ta‘minladi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o’quvchilarning soni
orta bordi.O’zi bolalarga jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, xandasa, hikmat
(fizika) fanlaridan ma‘lumotlar berib bordi.
Avloniy “Adabiyot yoxud milliy she‘rlar” deb nomlangan to’rt qismdan iborat
bo’lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni
esa tanqid qiladi.Munavvarqori, Muhammadjon Poshshoxo’jaev, Tavallo, Rustambek
Yusufbekov kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot”(1914), “Maktab”(1916)
shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat”(1907), “Osiyo”(1908), “Turon”(1917)
gazetalarini chiqardi va uning birinchi muharrirlaridan bo’ldi. Avloniy turli
mas‘uliyatli lavozimlarda xizmat qildi. Qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma‘rifat
tarqatish , ta‘lim-tarbiya masalalari bilan shug’ullanib keldi, bilim yurtida, oliy
maktablarda o’qituvchilik qildi. U 1923-24 yillarda eski ahardagi xotin-qizlar va
erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida
o’qituvchi, 1925-34 yillarda O’rta Osiyo Kommunistik universiteti, O’rta Osiyo
Qishloq xo’jaligi maktabida, O’rta Osiyo Davlat universitetida (O’z MU) dars beradi,
professor sifatida kafedrani boshqaradi. Avloniy 1927 yilda “Mehnat Qahramoni”
unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O’zbekiston xalq maorif zarbdori” faxriy
unvoniga sazovor bo’ldi. Shoir 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol,
Abdullа, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan she‘r, hikoyalar va maqolalar yozdi.
Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yo’lini bosib o’tdi. U
adabiyotga g’oyaviy kurashlar g’oyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech
ikkinlanmasdan ma‘rifat va taraqqiyot uchun kurashishni maslak etib qabul qildi.
Shoir she‘riyati bilan tanishar ekanmiz,qiziq bir holga duch kelamiz.Unda birorta
ishqiy she‘r yo’q. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt g’amini muhimroq biladi. Xalq va
Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |