Tuya bilan Bo’taloq
Kunlardan bir kuni sarbon tuyasiga yuk ortib yo’lga tushadi. Tuyaning orqasidan
bolasi ham ergashadi. Ortilgan yuk og’ir, manzil uzoq, havo issiq,
yo’l esa jazirama sahro edi. Ona ketidan ergashgan, yo’lda ochiqib, charchagan
Bo’taloq bir oz to’xtashni onasidan zorlanib so’raydi. Ko’zlaridan yosh suvdek
oqayotgan, to’xtashning ilojini topa olmagan ona: mening ixtiyorim sarbonning
qo’lida. Menda agar zarra ixtiyor bo’lganda, og’ir yuk ostida qolmagan bo’lur erdim,
deb javob beradi.
Gulxaniy bu masalda sarbon, Tuya va uning Bo’talog’i obrazlari orqali
mehnat ahlining og’ir turmushini, erksizligini tasvirlaydi, inson haq-huquqi poymol
qilinganligiga e‘tiroz bildiradi. Mazlumlarning ohu faryodi, shikoyatini zo’r mahorat
bilan ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |