Avloniy – darsliklar muallifi
. Avloniy 1911 yilda boshlang’ich sinf o’quvchilari
uchun “Birinchi muallim”-“Alifbo” darsligini yaratdi.Unda 32 harfni yolg’iz
yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada Alifning
so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha
«bosh harflar”ga qo’shib bo’g’inlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da bolalarning
axloq, odobiga doir halollik va poklikka oid turli she‘rlar , hikoya masal va ertaklar
jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob
“Maktab” she‘ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon
bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta‘riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !...
Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qo’llagan. Milliy kuylarga moslab
she‘rlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi buyuk xizmatlaridan biri shu bo’ldiki, u mardikorlik
she‘riyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan biri bo’ldi.1916
yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi o’g’liga aytgan
so’zlari”, “Onasining o’g’liga aytgan so’zlari”,”Afsus” kabi she‘rlar yozdi. Ona
yurtdan uzoq shimolning qrli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib
ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritadi. Bu
she‘rlarning ohang va uslubi xalq qo’shiqlariga g’oyat yaqin bo’lib, ular
xalqimizning milliy uyg’onishida muhim o’rin tutadi.
Axloqiy didaktik mavzudagi ”Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr
boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egalladi. Unda tarbiya va
axloq masalalari birichi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazardan
tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an‘anaviy ikkiga - yaxshi va yomonga ajratadi.
“Yaxshi xulqlar” deb nolangan birinchi qismida u 31 fazilat, “yomon xulqlar” deb
atalgan ikkinchi qismda esa 20 illatga ta‘rif beriladi. Mulohazalarini Gippokrat,
Platon, Aristtel,Sa‘diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni
asosiy mezon qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom,
vijdon, Vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni eng insoniy xulqlardan
hisoblaydi. Vatan – bu har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi, yurti, mamlakati. Uni
qadrlamoq, sevmoq va yashartmoq kerak. “Tog’laridan konlar chiqar, Yerlaridan
donlar chiqar...Havosi o’ta yoqimlik, Cho’llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas,
toshqand erur, Keksalari gulqand erur”, deya bolalarga ona diyorga katta mehr
uyg’otishga erishadi. “Yomon xulqlar”ga esa g’azab, shahvat, jaholat, safohat kabi
illatlarni yomon xulqlarning belgilari deb biladi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa,
har bir kishining o’z xalqiga bo’lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda
borlig’ini ko’rsatadurg’on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak
millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Darslikdagi har bir bo’lim ta‘lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga
bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, takmillashtiradi. Har bir
bo’limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she‘riy parchalarda yoki hikmatli
so’zlarda «qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og’zaki ijodidan
keng foydalangan. Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg’onchi
chupon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko’p she‘rlari kichik maktab yoshidagi
bolalarga bag’ishlangan.”Maktab bolasi” she‘ri boshlang’ich sinf o’quvchilari
hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o’qishga
muhabbat uyg’otishi umumiy yo’sinda bayon qilingan:
Yo’lga soldi til ila yo’ldoshin,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi o’rtog’ining so’zina quloq,
Bosdi ul ham o’quv yo’lina oyog’.
Ikkisi birga bo’ldilar mullo,
Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan “Yaxshi bilan yursang
yetarsan murodga ” g’osini ilgari suradi.Avloniy o’zbek teatrining asoschilaridan edi.
U 1913 yilda «Turkiston” teatr gruppasini tuzdi. “Turkiston” o’zining qat‘iy nizomini
ham e‘lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g’oyaviy –badiiy rahbari ham
Avloniy edi. Teatrda “Zaharli hayot”(Hamza), “Baxtsiz kuyov”(A.Qodiriy) kabi
o’zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirdi va o’zi rol ijro
etdi. Avloniy «Advokatlik osonmi?”(1914), “Pinak”(1915) komediyalari, 1914-17
yillarda yozgan “Biz va Siz”,”Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeyaviy
asarlari bilan o’zbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq
orasiga tomir otishiga muhim hissa qo’shdi.Avloniy X!X asr rus mumtoz adabiyoti
vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o’zbek tiliga ugirdi,jumladan,
I.A.Krilovning 21 ta masali, “Maymun ila ko’zoynak”,”G’ayri jinsiy ittifoq”, “It ila
yo’lovchi”, “Qarg’a ila Zag’izg’on”, “Tulki ila Qarg’a” kabi asarlari o’zbek tiliga
tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |