O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
,,O‘ZBEK TILI ADABIYOTI’‘ FAKULTETI
4-KURS ,,V’‘ GURUH TALABASI
YODGOROVA ZILOLANING
,,ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI’‘ FANIDAN
ADABIYOT DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAVZUSIDA
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Navoiy-2020
Mundarija:
KIRISH.
I BOB. Yangi pedagogik texnologiyalar tasnifi va tamoyillari
1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning asosiy yo‘nalishlari
1.2. Adabiyot ta’limiga xos yangi pedagogik texnologiyalar
II BOB. Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi
2.1. Hamkorlik texnologiyasi adabiyot darslari samaradorligining muhim omili
2.2. Adabiyot ta’limida muommoli o‘qitishning o‘quvchi shaxsini
shakllantirishdagi ahamiyati
2.3. O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini oshirishdagi
o‘rni
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlash bilan birga mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan, ta’limiy islohotlarning ikkinchi - sifat bosqichi kechayotgan mavjud sharoitda O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘g‘risida gi Qonuni1
hamda ,,Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‘‘ da2 belgilangan vazifalar hamda shunday islohotlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etilayotgan 2017 yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan ,,2017-2021-yillar Harakatlar strategiyasi’‘da belgilangan tamoyillardan biri ham aynan ,,Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari’‘ deb nomlanib, uning to‘rtinchi bandi ya’ni ,,Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish’‘ga qaratilgan besh yillik chora tadbirlar qatorida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish,3 kabi rejalarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek ,,Ma’lumki, yosh avlod
tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot – mamot
masalasiga aylanib bormoqda. ,,Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa xalq shuncha
yashaydi‘‘, - deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu
masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi’‘.4
Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh g‘oyasi – komil inson
va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Bu xususda
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov: ,,Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo,
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz’‘5
deb, ta’kidlagan edi. Ana shunday Komil insonni tarbiyalashda adabiyot fanining
o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyot fani o‘qituvchisi bugun ta’lim va tarbiya jarayonida nafaqat milliy qadriyatlarimizga, balki yangi pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash borasidagi nazariy-metodik bilim va malakalarga ham tayanadi. Bugun adabiy ta’limda bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Chunki bugun adabiyot fanining nazariy jihatlari anchayin chuqur o‘rganilib, ularni o‘quvchiga qanday yetkazish borasidagi aniq amaliy ishlar va ularda belgilangan natijalar nisbatan kamdir. Bugungi intelektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash uchun esa adabiyot o‘qituvchisi tinimsiz izlanishi, ijod qilishi va metodik yangiliklardan yetarli darajada xabardor bo‘lishi lozim. Lekin bugun ta’lim jarayonida hali hanuz adabiyot darslarini an’anaviy tarzda tashkil etilayotganligini ko‘ramiz. Bunga sabab aynan bugungi adabiyot o‘qituvchisi yangi pegogik texnalogiyalarni qo‘llay bilmasligi va bu borada yetarli malakaga ega emasligidadir.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz o‘z bitiruv malakaviy ishimizda ,,adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qanday tatbiq etish mumkin?’‘, ,,qaysi texnologik yondashuv aynan adabiyot ta’limiga mos keladi?’‘ degan savollarga javob izlashga harakat qildik. Bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
So‘nggi yillar davomida ta’lim tizimiga xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga yangi pedagogiktexnalogiyalarni joriy etish, ularning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari va bosqichlari kabi masalalar V.P. Bespalko, K.Zaripov, M.Klarin, M.O.Ochilov,N. Saidahmedov, V.Slastiyonin, O‘.Q.Tolipovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida tanlangan bo‘lsa, M.Ochilov, N.Sayidahmedov, J.Tolipova, A.G‘ofurov, O.Q.Tolipov, U.Usmonboyeva va boshqalar yangi pedagogik texnologiyalardan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish faoliyatiga yo‘naltirish, mavzular bo‘yicha loyihalar asosida dars jarayonini tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surganlar.
Mustaqillik yillarida adabiy ta’lim va uni tashkil etishda samaradorlikka
erishish muammosi yuzasidan bir qator tatqiqotlar olib borildi. Xususan, S.Matchonov ning doktorlik dissertatsiyasida pedagogik texnologiyalarning muhim ko‘rinishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan mustaqil ta’limni tashkil etish asosida o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni o‘stirish xususida so‘z yuritilgan bo‘lsa,M.Mirqosimovaning doktorlik tadqiqot ishi adabiy ta’lim samaradorligini
belgilovchi muhim omil – o‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish
muammosini tadqiq etishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarida noan’anaviy ta’lim
shakllaridan biri bo‘lgan - ssenariyli o‘qitish, uning mohiyati va yo‘llari borasidagi
qarashlar S.Yaminova tomonidan o‘rganilgan.
Adabiy ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning asoslari
Q.Xusanboyeva tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot ishida adabiy ta’limni yangicha yondashuv asosida tashkil etish, har bir mashg‘ulot (dars) ning
ijodiy yondashuv mahsuli sifatida namoyon bo‘lishiga erishish masalalari ochib
beriladi. Bundan tashqari, keyingi yillarda B.To‘qliyev va R.Niyozmetova K.Uzmonova, A.Xayitov va boshqalar til va adabiyot ta’limida qo‘llaniluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bir qator darslik va qo‘llanmalar yaratishdi. Ayniqsa, metodist olima R.Niyozmetovaning bu boradagi ishlarini
alohida tilga olish joiz.
I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TASNIFI VA
TAMOYILLARI
1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar o‘zida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uning mazmuniga milliy ruh singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan xolda ilg‘or uslublarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash kabi masalalarni aks ettiradi. Bu yo‘nalish
mazmun jihatidan kengayib, u ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalarini
qo‘llash, ta’limni va o‘quv jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish asosida mazkur jarayonni individuallashtirishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiya
deganda nimani tushunamiz? Buning uchun, avvalo, texnologiya atamasini izohlash lozim. "Texnologiya" tushunchasi yunoncha "Texnos" (techne) va "logos" (Logos) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, "Hunar fani"ni o‘rganish degan ma’noni anglatadi.
Bu tushuncha texnik taraqqiyot mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi tushuncha sifatida ilk marta 1872 yilda qo‘llanilgan6. «Texnologiya» tushunchasi bugungi kunda mazmun va mohiyatiga ko‘ra quyidagi holatlarni ifodalash maqsadida qo‘llanilmoqda:
1.Texnologiya — san’at, maxorat, ko‘nikma, metodlar yig‘indisi, muayyan
xolatni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi jarayon.
2.Texnologiya — inson faoliyati va tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy
tushuncha.
3.Texnologiya — texnik jihatdan ahamiyatli sifat va qobiliyatning intellektual
qayta ishlanishi.
4.Texnologiya — qandaydir jarayonni amalga oshirish metodlari haqidagi
bilimlar yig‘indisi.
5.Texnologiya — o‘quv jarayoniga tashkiliy, maqsadli pedagogik ta’sir natijasi.
6.Texnologiya — o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi.
7.Texnologiya — ta’lim maqsadiga erishishni kafolatlovchi vosita.
8.Texnologiya — ta’limda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonining
yozma bayoni.
9.Texnologiya (PT) — amaliyotga joriy qilinishi talab etilayotgan ma’lum bir
pedagogik tizim loyihasi.
Bu tushunchа XX аsrdа pаydо bo‘lgan va 1940-1950 yillаrdа ,,tа’lim
tехnоlоgiyasi’‘ tаrzidа qo‘llаnilib, mаzmunаn o‘quv jаrаyonidа аudiо-vizuаl tехnikа vоsitаlаridаn fоydаlаnishni аnglаtgаn. Аtаmа dаstlаbАQSHdа qo‘llаnа bоshlаdi. Kеyinchаlik ,,tа’lim tехnоlоgiyasi’‘ o‘rnigа,,dаsturlаshtirilgаn tа’lim’‘ аtаmаsidаn fоydаlаnish kеng yoyildi.
So‘ngrа pеdаgоgik tехnоlоgiya- lоyihаlаshtirilgаn tа’lim vа аniq mаqsаdgа qаrаtilgаn o‘quv jаrаyonini ifоdа etа bоshlаdi. O‘tgаn аsrning80-yillаridа pеdаgоgik tехnоlоgiya kоmpyutеrli vа ахbоrоttехnоlоgiyalаri bilаn sinоnim tаrzdа ishlаtilа bоshlаdi.
Kеyingi o‘n yilliklаrdа pеdаgоg оlimlаr vа o‘qituvchilаr diqqаtini jаlb
qilgаn mаsаlаlаrdаn biri pеdаgоgik tехnоlоgiya hisоblаnаdi. Bumаvzuning ilmiy ishlаrdа, hisоbоtlаrdа, mахsus dаvriy nаshrlаrdа qizg‘in o‘rgаnilаyotgаnligi, bаhs-munоzаrаgа sаbаbchi bo‘lаyotgаnligi hаm tа’lim-tаrbiyadа uning o‘rni nаqаdаr muhimligigа guvоhlik bеrаdi. Mаvjudmаtеriаllаrni jаmlаsh, uning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrini O‘zbеkistоnRеspublikаsining «Tа’lim to‘g‘risidа»gi Qоnuni hаmdа «Kаdrlаr tаyyorlаshmilliy dаsturi» tаlаblаri аsоsidа tаhlil qilish, pirоvаrd nаtijаdа, qаtоrkоnsеptuаl tехnоlоgiyaning empirik аsоsini yarаtishgа hаrаkаt qilish,shuningdеk, uni ilmiy bilimlаr dоirаsigа o‘tkаzish kаbi ishlаr hаm jаdаl dаvоm ettirilmоqdа. Аvvаlо, nеgа bugungа kеlib pеdаgоgik tехnоlоgiyagа qiziqish
shunchаlik kuchаydi, dеgаn sаvоl tug‘ilаdi. Аytish mumkinki, rivоjlаnаyotgаn
dаvlаtlаrdа, оdаtdа, birinchi nаvbаtdа, pеdаgоgik tехnоlоgiyagа tа’lim sоhаsidаgi
siyosаtning bоsh vаzifаsi sifаtidа qаrаb kеlingаn. Bundаy yondаshish YUNЕSKО
tоmоnidаn hаm mа’qullаndi vа 1972 yildа «Tа’limni rivоjlаntirish mаsаlаlаri»
bo‘yichа Хаlqаrо Kоmissiya tаshkil tоpdi. Bu kоmissiya zаmоnаviy tехnоlоgiya-
tа’limni mоdеrnizаsiyalаshdа hаrаkаtlаntiruvchi kuchdir, dеb bаhоlаdi.
Muhimi shundаki, birinchi Prеzidеntimiz I.А.Kаrimоv tоmоnidаn milliy
dаsturni ro‘yobgа chiqаrish bоsqichlаri hаr jihаtdаn ilmiy аsоslаb bеrildi vа uning
ikkinchi bоsqichidа «o‘quv-tаrbiyaviy jаrаyonini ilg‘оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr bilаn tа’minlаsh» muhim vаzifаlаrdаn biri sifаtidа bеlgilаndi. Bugun prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan taraqqiyotimizning besh yilligi uchun ,,2016- 2021-yillar Harakatlar strategiyasi’‘da ham ta’limda aynan yangi innavatsion texnalogiyalarni joriy etish va uni qo‘llab quvvatlash masalasi belgilab qo‘yildi. Biz yuqorida texnologiya tushunchasiga berilgan turli ta’riflarni ko‘rib chiqdik. Birоq ular zаmоnаviy tехnоlоgik jаrаyonni to‘liq tаvsiflаb bеrа оlmаydi, tехnоlоgik jаrаyon dеyilgаndа-mеhnаt qurоllаri bilаn mеhnаt vоsitаlаrigа tа’sir etish nаtijаsidа mаhsulоt yarаtish bo‘yichа qilingаn mеhnаt vа jаrаyonlаr tushunilаdi. Dеmаk, bu tа’rifni istаlgаnchа shаrhlаsh mumkin, bundа: pеdаgоgik tехnоlоgiya – bu o‘qituvchi tоmоnidаn o‘qitish vоsitаlаri yordаmidа o‘quvchilаrgа tа’sir ko‘rsаtish vа bu fаоliyat mаhsuli sifаtidа ulаrdаmuаyyan shахs sifаtlаrini shаkllаntirish jаrаyoni, dеb tа’riflаsаk хаtо bo‘lmаydi.
Qаtоr yillаrdаn bеri, pеdаgоgik tехnоlоgiyagа o‘quv jаrаyonini tехnik vоsitаlаryordаmidа аmаlgа оshirish, dеb qаrаb kеlindi. Fаqаt 70-yillаrdаn bоshlаb pеdаgоgikаdаbiyotlаrdа bu tushunchа yangichа tаlqin etilа bоshlаndi. Tехnоlоgiya dеgаndа, sub’еkt tоmоnidаn оb’еktgа ko‘rsаtilgаn tа’sir nаtijаsidа sub’еktdа sifаt
o‘zgаrishigа оlib kеluvchi jаrаyon tushunilаdi. Tехnоlоgiya hаr dоim zаruriy
vоsitаlаr vа shаrоitlаrdаn fоydаlаnib, оb’еktgа yo‘nаltirilgаn mаqsаdli аmаllаrni
muаyyan kеtmа-kеtlikdа bаjаrishni ko‘zdа tutаdi. Ushbu tushunchаlаrni o‘quv
jаrаyonigа ko‘chirаdigаn bo‘lsаk, o‘qituvchi (pеdаgоg)ning o‘qitish vоsitаlаri
yordаmidа o‘quvchi-tаlаbаlаrgа muаyyan shаrоitlаrdа ko‘rsаtgаn tizimli tа’siri
nаtijаsidа ulаrdа jаmiyat uchun zаrur bo‘lgаn vа оldindаn bеlgilаngаn ijtimоiy
sifаtlаrni intеnsiv tаrzdа shаkllаntiruvchi ijtimоiy hоdisа, dеb tа’riflаsh mumkin.
Tа’riflаr nаzаriyasi bo‘yichа bundаy ijtimоiy hоdisаni pеdаgоgik tехnоlоgiya, dеsа bo‘lаdi. Mustаqillikkа erishgаn O‘zbеkistоn оlimlаri хоrijiy mаmlаkаtlаr bilаn iqtisоdiy, ijtimоiy, siyosiy vа ilmiy-mа’rifiy аlоqаlаr o‘rnаtа bоshlаdilаr. Nаtijаdа yurtimizgа ilg‘оr vа sаmаrаli tехnоlоgiyalаr kirib kеlа bоshlаdi. Shulаr qаtоridа, jаhоndаgi prоgrеssiv pеdаgоgik tехnоlоgiya dеgаn tushunchаlаr hаm kirib, pеdаgоgik jаmоаtchiligimiz fikrini chulg‘аb оldi. Охirgi yillаrdа, Rоssiya bilаn O‘zbеkistоndа pеdаgоgik tехnоlоgiyani o‘rgаnish yo‘lidа аnchа ishlаr qilindi. Shu jumlаdаn, O‘zbеkistоn оlimlаri bilаn hаmdo‘stlik dаvlаtlаri o‘rtаsidа hаm pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning lоyihаlаrini tuzish bo‘yichа аnchа ishlаr qilindi.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyani o‘quv jаrаyonigа оlib kirishning zаrurligini bundаy
mаmlаkаtlаr ichidа birinchilаr qаtоridа hаr tоmоnlаmа ilmiy аsоslаb bеrgаn
rоssiyalik оlim V.P. Bеspаlkоning fikrichа, «Pеdаgоgik tехnоlоgiya – bu o‘qituvchi mаhоrаtigа bоg‘liq bo‘lmаgаn hоldа pеdаgоgik muvаffаqiyatni kаfоlаtlаy оlаdigаn
o‘quvchi shахsini shаkllаntirish jаrаyonining lоyihаsidir». Rоssiyalik оlimlаridаn
biri-V.M. Mоnахоv «Pеdаgоgik tехnоlоgiya – аvvаldаn rеjаlаshtirilgаn nаtijаlаrgа
оlib bоruvchi vа bаjаrilishi shаrt bo‘lgаn tаrtibli аmаllаr tizimidir»,-dеgаn qisqаchа
tа’rifni bеrа turib, uning аsоsiy хususiyatlаrigа e’tibоrni qаrаtаdi. «Pеdаgоgik tехnоlоgiya-o‘quv jаrаyonini tехnоlоgiyalаshtirib, uning qаytа tiklаnuvchаnligini
hаmdа pеdаgоgik jаrаyon turg‘unligini оshirib, bu jаrаyon ijrоchisining sub’еktiv
хususiyatlаridаn uni оzоd qilаdi» , -dеydi u. M.V. Klаrin fikrichа, ,,Pеdаgоgik tехnоlоgiya-o‘quv jаrаyonigа tехnоlоgik yondаshgаn hоldа, оldindаn bеlgilаb оlingаn ko‘rsаtkichlаrdаn mаqsаd kеlib chiqib, o‘quv jаrаyonini lоyihаlаshdir’‘
V.P. Bеspаlkоning o‘zbеkistоnlik shоgirdlаridаn N. Sаyidаhmеdоv vа M. Оchilоvlаrning fikrichа, ,,Pеdаgоgik tехnоlоgiya-bu o‘qituvchi(tаrbiyachi)ning
o‘qitish (tаrbiya) vоsitаlаri yordаmidа o‘quvchi (tаlаbа)lаrgа muаyyan shаrоitdа
tа’sir ko‘rsаtishi vа bu fаоliyat mаhsuli sifаtidа ulаrdа оldindаn bеlgilаngаn shахs
sifаtlаrini intеnsiv shаkllаntirish jаrаyonidir’‘. I.Y. Lеrnеrning fikrigа ko‘rа, ,,Pеdаgоgik tехnоlоgiya-o‘quvchilаr hаrаkаtlаridа аks etgаn o‘qitish nаtijаlаri оrqаli ishоnchli аnglаb оlinаdigаn vа аniqlаnаdigаn mаqsаdni ifоdаlаydi’‘. Zаmоnаviy tа’limni tаshkil etishgа qo‘yilаdigаn muhim tаlаblаrdаn biri оrtiqchа ruhiy vа jismоniy kuch sаrf etmаy, qisqа vаqt ichidа yuksаk nаtijаlаrgа
erishishdir.
1.2. Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Adabiy ta’lim bu inson tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Badiiy adabiyotning inson ruhiyati hatto uning shaxsiyatining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyosdir.7 Adabiyot ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni badiiyatdan zavqlanishga, nutqini va mustaqil fikrlashini rivojlantirish bilan birga o‘zligini anglashga o‘rgatish hamda o‘zgalar fikrini anglashga qaratiladi. Bu esa adabiyot ta’limida boy badiiy manbalarimizni yanada
chuqurroq o‘rgatish bilangina cheklanib qolmasdan undan hayotda foydalanish
malakalarini ham kamol tortirishni talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda adabiy ta’limning mazmuni: o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; o‘z-o‘zini, moddiy borliqni badiiy
ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikri va his-tuyg‘ularini chiroyli bayon eta olishga o‘rgatishdir.8
Ayniqsa bugungi globallashuv zamonida adabiyot fanini o‘qitishning eng
optimal texnologiyalarini yaratish, har bir darsga texnologik yondashish, turli interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi va natijaviy faoliyatni yuzaga keltiradi. Adabiy ta’limga xos bo‘lgan yangi pedagogic texnologiyalar sirasiga hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, muammoli texnologiya
hamda o‘yin texnologiyasini kiritishimiz mumkin. Hamkorlik texnologiyasi o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – jamoa hamkorligiga asoslanganligi bilan adabiy ta’limga xos texnologiya desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Adabiy ta’lim bu o‘quvchi shaxsini ulg‘aytirish, unda nafosat, go‘zallik tuyg‘ularini kamol toptirish, badiiy estetik ruh bag‘ishlash, she’riyatga, badiiy asarga oshno qilib tarbiyalash hamda ularda insoniy xislatlarni shakllantirish va
hokozolarni maqsad qilib olar ekan, bugun aynan darslarda o‘qituvchining texnologik yondashgan holda darslarni tashkil qilishi ushbu maqsadlarga erishish
uchun va ularni oldindan belgilashda zaruriy kalit vazifasini o‘taydi desak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Bugungi o‘quvchi har tomonlama ilg‘or bo‘lishga intiladi. Bugun o‘quvchining xarakteri, zamonaviy muhit, o‘ta darajada jadallashayotgan jarayonlar uni mustaqil fikr egasi, har jihatdan sog‘lom, ma’naviyatli, qat’iy qilib
tarbiyalashni taqozo etmoqda. Bu holatda o‘quvchi fikrlarini o‘stiruvchi, unga erkin fikrlash uchun imkon yaratuvchi hamda har bir fikrlarini dallillar asosida namoyon qilishiga xizmat qiluvchi muammoli texnologiyani qo‘llash lozimdir. Muammoli texnologiya o‘quvchi faolligini oshirish bilan birga badiiy asar mazmunini to‘laroq tushuntirish va o‘quvchiga yetkazish uchun juda yaxshi imkoniyatlarni yaratib beradi. Muammoli o‘qitish adabiy ta’limda shu jihatdan
ahamiyatliki hech bir badiiy asar inson fikrlaridan, g‘oyaviy xususiyatlardan, qahramonlarda singdirilgan mohiyatdan holi emas va ushbu mazmunni o‘quvchi
shunchaki uni o‘qib yoki testlar, savollar orqali asl mohiyatiga yetib bora olmaydi.
Qachonki baxs-munozaralar, fikrlar rang-barangligi, tahliliy yondashuvlar
kechgan jarayonlardagina bunga erishish mumkin. Muammoli texnologiya aynan
shunday metod va usullarga boy texnologiyadir.
O‘yin texnologiyasi adabiy ta’limda o‘quvchi faolligini ta’minlovchi, dars
samaradorligiga erishishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’limda shunday darslar, mavzular borki unda bir-
biridan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Masalan, dramatik asarlarni o‘qitishda rolli o‘yinlarni qo‘llash juda muhimdir. Umuman adabiy ta’limda o‘yin texnologiyasi o‘qituvchiga katta imkoniyatlarni beradi. Ushbu texnologiyalar, aytish mumkinki, yangi ilg‘or usullarni adabiyot o‘qituvchisiga taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
II BOB. ADABIYOT TA’LIMIDA YANGI PEDAGOGIK
TEXNALOGIYALARNI TATBIQ ETISH METODIKASI.
2.1. Hamkorlik texnologiyasi adabiyot darslari samaradorligining muhim omili
Adabiyot darslarida hamkorlik texnalogiyasidan foydalanish bugungi kunda
ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi ХХ asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu teхnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.R. Rirogov, L.N. Tolstoy, J.J. Russo, YA. Korshak, K. Rodjers, E. Bern, S.T. Shatskiy, V.A. Suхomlinskiy va boshqalardir. Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvshi majmua.
Shaхsga inson , insonga shaхs sifatida yondashuv.
Atrof-muhitni pedagogizatsiyalashtirish.
Tarbiya kontsertsiyasi.9
,,Hamkorlik pedagogikasi har bir bola shaxsiyatida demokratik sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Har bir bola huquqini qanchalik his etsa, burchini ham
shunchalik darajada anglaydi, faoliyatida qanchalar erkin bo‘lsa, bu erkinlik o‘zgalarning hurligiga dahl qilmasligi kerakligini shunchalar his etadi’‘10deydi Q.Yo‘ldoshev o‘z dissertatsiya ishlarida. Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlikda o‘qitish texnalogiyasini talab qiladi. Negaki adabiyot darsi o‘z mazmun mohiyati, maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o‘qituvchining yakka tartibdagi faoliyatiga tayana olmaydi. Agar adabiyot o‘qitish hamkorlik ta’limiga asoslanmasa u holda eskitdan qolib bugungi kungacha ayrim darslarda qo‘llanayotgan tayyor materialni o‘qib berish bilan cheklanib qoladigan samarasiz va o‘ta mazmunsiz faoliyatga aylanib qoladi. Darhaqiqat, bugungi kunda shunday darslarni ham ming afsuski kuzatamiz. Ya’ni bunda adabiyot darsi axborot darsiga aylanib ketadi. Vaholangki, adabiyot fanining maqsadi komil shaxs tarbiyasi va unda insoniy fazilatlarni kamol toptirish hisoblanadi.
Adabiyot darslarida hamkorlik pedagogikasining turli shakllaridan foydalanish mumkin. Jumladan, adabiyot darslarini jamoaviy tarzda ham, guruh tarzida va individual tarzda ham tashkil qilish mumkin. Ya’ni adabiy ta’limda shunday mavzular borki, uni butun bir sinf jamoasi tarzida o‘tilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunga biz nazariy bilimlarni beruvchi darslarni misol keltirishimiz mumkin.
Masalan, yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar yoki adabiy tushunchalarni yetkazishda o‘quvchilarning barchasini qamrab olishga harakat qilish muhimdir. Ma’lum badiiy asar tahlili yoki darsdagi bilimlarni mustahkamlash qismida aynan musobaqa shaklida guruhlarda ishlash yoki individual tarzda ijodiy ishlar, insholar o‘tkazish, turli baxs-munozaralarni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Hayotda bo‘lgani kabi o‘qish va o‘qitish jarayonida ham birgalikda qilingan faoliyat ko‘proq samara beradi. Birgalikdagi ta’lim pedagogik hamkorlik demakdir.
Hamkorlikdagi ta’limning odatdagi o‘qitish usulidan asosiy farqi shundaki,
individual ta’limda har bir o‘quvchi faqat o‘zini biladi, atrofdagilar bilan ishibo‘lmaydi. Bilimli o‘quvchi boshqalarning ham o‘zi kabi bo‘lishidan manfaatdor emas. Hamkorlikdagi ta’limda esa guruhdagi har bir o‘quvchining to‘liq
o‘zlashtirishi nafaqat uning o‘zi, balki guruh a’zolarining hammasi uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. Chunki ko‘pdan yaxshi, to‘g‘ri va yangi fikrlar ko‘p chiqishi mumkinligi isbot talab etilmaydigan haqiqat. Qolaversa, hamkorlikdagi ta’lim o‘quvchilarning intellektual rivojiga ta’sir qilibgina qolmay, ularning ma’naviy o‘sishini ham tezlashtiradi. Zero, jamoachilik tuyg‘usi, bir-biriga yelkadoshlik hissi o‘quvchilarda ezgu axloqiy sifatlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi.11Adabiyot o‘qitishda hamkorlik texnologiyasini tatbiq etishda uch xil shakldagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish lozim deb hisobladik:
- jamoa tarzida;
- guruh tarzida;
- individual tarzda.
Qolaversa, adabiyot o‘qitish maqsad va mazmunidan kelib chiqib ushbu shakllarda quyidagi maqsadlarda topshiriq yoki metodlarni tanlash lozim:
- nazariy bilim berish va uni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi;
- badiiy yoki lirik asar tahlili jarayonini hosil qiluvchi;
- ijodiy yondashuv jaroyonini hosil qiluvchi.
Masalan, 11-sinf o‘quvchilariga ,,Erkin Vohidov hayoti va ijodi’‘ mavzusini o‘qitishda shunday ishlash mumkin:
Dastlab, Erkin Vohidov hayoti va ijodi xususida kichik ,,Matbuot anjumani’‘
mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilan bog‘liq axborotlarni jamoaviy tarzda birma-bir keltiradilar. O‘qituvchi ushbu ma’lumotlarni to‘g‘irlab tahlil qilib boradi. Yoki ,,Zanjir’‘ metodini qo‘llash mumkin. Bunda o‘quvchilar xuddi shunday ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzluksiz berib o‘tadilar.
Darsning keying qismida kichik guruhlar shakllantiriladi. Kichik guruhlarni
shakllantirishda har bir o‘quvchining individual imkoniyatlari hisobga olinishi,
qolaversa, guruhlarda o‘quvchilarning soni teng miqdorda bo‘lishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Kichik guruhdagi o‘quvchilar soni 3-4 tadan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Shundagina, ko‘zlangan natijaga erishish va baholashda samaradorlik ko‘zga tashlanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan mavzuga mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Erkin Vohidov she’riyatiga moslab kichik guruhlarga quyidagicha nom berilishi mumkin:
1-guruh ,,O‘zbegim’‘
2-guruh ,,Nido’‘
3-guruh ,,O‘zbekiston’‘
va yana shu kabi nomlash mumkin. Yoki hayoti va faoliyatidan kelib chiqib:
1-guruh ,,Shoir’‘
2-guruh ,,Dostonnavis’‘
3- guruh ,,Dramaturg’‘
tarzida ham nomlash mumkin. Guruhlarga nom berilgandan so‘ng ular bilan
shunday kichik guruhda ishlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni o‘tkazish mumkin:
- uch pog‘onali intervyu;
- davra suhbati;
- ro‘yхat tuzish;
- muammolar yeshishni tashkil qilish;
- bir daqiqalik ishlar;
- juftlik izohlari;
- muammoni jo‘natish;
- baholash chizig‘i;
- kam uchraydigan birlik;
- jamoa kutuvi;
ikki tomonlama kundalik;
- o‘zaro savol yo‘llash.
Shulardan biri ,,Ikki tomonlama kundalik’‘ mashg‘ulotini aynan Erkin Vohidovning
,,O‘zbegim’‘ hamda ,,Inson’‘ qasidasini tahlil qilishda quyidagicha qo‘llash mumkin:
1-guruhga savol: ,,Inson’‘ qasidadan olingan ushbu parcha orqali qanday g‘oya
ilgari surilgan?
Minding ilm narvoniga,
Chiqding funun osmoniga,
Bu jahon ayvoniga
Arkon o‘zing, vayron o‘zing.
Sen hilol, yulduz, salib,
Tavrot, Zaburdin yuksalib
Boymisan yoki g‘arib,
Kamron o‘zing yakson o‘zing.
2-guruhga savol: ,,O‘zbegim ‘‘ qasidadan olingan ushbu parcha orqali qanday g‘oya ilgari surilgan?
Sen na zardush, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza iymon, o‘zbegim.
Ma‘rifatning shu’lasida
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringdin oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Xuddi shu tartibda kichik guruhlarga topshiriq berilishi mumkin va bajarish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Ushbu qo‘llangan metod orqali o‘quvchilar kichik
guruhlarda ishlab o‘zaro she’riy parcha yuzasidan fikr almashadilar. Bunda o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik fikrlarning yanada teranlashishiga va she’rning
g‘oyaviy xususiyatini to‘laroq anglashlariga yordam beradi. So‘ng ,,O‘zaro savol
yo‘llash’‘ metodini qo‘llash mumkin. Bu metod orqali kichik guruhlarga mavzuning ma’lum qismi bo‘lib beriladi va xuddi shu qismdan boshqa guruhlarga savol yo‘llashlari topshiriladi. Ushbu mashg‘ulot o‘zaro sog‘lom raqobatni yuzaga
keltiradi. Qolaversa, o‘quvchilarning o‘z xatolarini o‘zlari to‘g‘irlashlari ya’ni tahlil qilishlari mumkin bo‘ladi.
Darsning so‘ngida o‘quvchilarni individual tarzda baholashga xizmat qiluvchi hamda ijodkorlik xususiyatlariga qaratilgan ,,Bahrubayt’‘ o‘yinini o‘tkazish yoki ,,Kichik esse’‘ metodini qo‘llash bizningcha ahamiyatlidir.
Masalan Erkin Vohidov she’riyatidan quyidagicha bahrubayt o‘tkazish mumkin:
1-o‘quvchi:
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon o‘zbegim.
2-o‘quvchi:
Mir Alisher na’rasiga
Aks sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton o‘zbegim.
3-o‘quvchi:
Marsga to‘p otquchi – sen,
Zuhroni uyg‘otguvchi – sen,
Uyquda qotguvchi – sen,
Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.
4-o‘quvchi:
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.
,,Kichik esse’‘ metodini qo‘llash uchun Erkin Vohidovning she’rlaridan birining video yoki audio variyanti taqdim etiladi va ushbu she’r yuzasidan har bir o‘quvchi o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, fikr va qarashlarini ijodiy yondashib, kichik esse tarzida yozib beradi.
Umuman bugungi kunda hamkorlik ta’limini adabiyot o‘qitishning deyarli
barcha tizimlarida qo‘llash mumkin. Chunki adabiyot ta’limi qaysidir ma’noda
fikrlar rang-barangligiga tayanadi. Undagi mohiyat o‘zaro tahlil va fikr almashinish jarayonida, muloqotlarda, suhbatlarda o‘zini namoyon qiladi. Adabiyot ta’limida shu kabi texnologik yondashuv darsda o‘quvchi ijodkor hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganadi va ushbu bilimlarini mustahkamlaydi hamda she’riy asarni mustaqil tarzda tahlil qilish kompetensiyasi shakllanadi, qolaversa, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarishakllanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan mavzuga mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir.
2.2. Adabiyot ta’limida muommoli o‘qitishning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati.
Hozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda
ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iborat. Adabiyot ta’limida muammoli texnologiyalarning qo‘llanishi o‘quvchining erkin fikrlashi, badiiy asar mazmun mohiyatini chuqur
anglab yetishi, adabiy tushunchalarni, yozuvchi va uning hayoti ijodiga bog‘liq
jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli
ta’lim texnologiyasi adabiyot ta’limida amaliy jihatdan hali o‘z o‘zini to‘liq namoyon qilgani yo‘q. Bugungi kunda adabiyot ta’limida muammoli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi metodik ko‘rsatmalar nisbatan kamdir. Biz
ushbu texnologiyani ,,Oq kema’‘ qissasi misolida tatbiq etishga harakat qilamiz.
Ramziy obrazlarga boy bo‘lgan ,,Oq kema’‘ qissasi 7-sinf adabiyot darsligida o‘quvchilarga taqdim etilgan, eng qiziqarli va eng ta’sirchan asarlardan biri desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adib Chingiz Aytmatov tomonidan yaratilgan ushbu asar
bola qalbidagi beg‘uborlik, mehrga tashnalikni va ezgulikni kuylaydi. Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami,
yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini
xayolda yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi. Ibrohim Haqqul qissa
haqida taassurotlarini aytar ekan shunday deydi: ,,Hayotni to‘g‘riroq mushohada
qilishga kirishgan chog‘larimni hali-hamon eslayman. O‘shanda nechundir dilda
ismsiz g‘ussa, kundan kunga uzlatga undovchi bir yolg‘izlik qad rostlay boshlagan.
Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema’‘sidagi bolakayga o‘xshab o‘ksik nigoh ila atrof-
muhitga qaraganlarim, kazo-kazo kimsalarning chiroyli, balandparvoz, biroq mag‘zi bo‘m-bo‘sh gaplaridan tamoman bezgan kunlarim va holatlarimni aslo
unutolmayman…’‘ ,,Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema’‘ qissasida o‘rtaga
tashlangan falsafiy ammolar: ertak va hayot, hayot va nafosat, inson va tabiat,
moziy va kelajak, zulm va shafqat, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik va vahshiylik, yozuvchi va voqelik – bularning hammasi adibning o‘tkir qalami orqali
kishilarning yuksak axloqiy ideallari nuri-la munavvar etilgan. Bu qissa juda katta
badiiy emotsional kuchga ega bo‘lib, Ch.Aytmatov ijodida yana bir yangi sahifa
ochdi’‘,- deydi Komil Yashin.
Uzviyashtirilgan davlat dasturi bo‘yicha Ushbu asar uchun 3 soat o‘quv soati
ajratilsan bo‘lib, bunda dastur bo‘yicha o‘quvchilar ushbu mavzudan quyidagilarni
egallashlari talab qilib belgilangan: 16-18-mavzu. Ch. Aytmatov. ,,Oq kema’‘ qissasi. (3 soat, A2+: 5 soat) Adib haqida qisqacha ma‘lumot. – Oq kema qissasida
ta‘sirchan, beg‘ubor va xayolchan bola timsolining tasvirlanishi. Shuningdek, uning qalbiga xos pokiza va ezgu tuyg‘ularning bobosi Mo‘min chol tabiatida ham
namoyon bo‘lishi. Go‘zal insoniy tuyg‘ular sohibining manfaatparastlar davrasida
yashashi nechog‘lik og‘ir ekanligi bola, chol va O‘rozqul munosabatlarida aks etishi.
Bu holatning bola ruhiyatiga dahshatli ta’siri. Hayotiy voqelik va bolaning xayolot olami o‘rtasidagi shafqatsiz ziddiyatning ko‘rsatilishi. Qabohatlar manbai
qayerdaligini bilmagan va ularga qarshilik qilishdan ojiz gunohsiz bolaning bu bulg‘anch dunyoni tashlab ketishi insonning ma’naviy tanazzuliga qilingan isyon
ekanligi. Ona bug‘u obrazi va uning ramziy xususiyati. Nazariy ma‘lumot. Ramziy
obrazlar.
Ushbu qissadagi ramzlarni tushunish, qahramon xarakteridagi nozikliklarni
ilg‘ash va unda berilgan mazmun mohiyatni anglab yetish ba’zan katta yoshli kishi
uchun ham biroz murakkablik qiladi. Shu bois 7-sinf o‘quvchilariga ,,Oq kema’‘
qissasini o‘qitayotganda qissa mazmunini ochib berishga qaratilgan, o‘quvchilarning erkin fikrlashlari uchun imkoniyat yaratuvchi o‘qitishning yangi
muammoli ta’lim texnalogiyasidan foydalanish mavzu yaxshi o‘zlashtirilishiga
xizmat qiladi.
Muаmmоli tа’lim dеyilgаndа, o‘qituvchi (pеdаgоg) rаhbаrligidа muаmmоli
vаziyat yuzаgа kеltirilib, mаzkur muаmmо o‘quvchi-tаlаbаlаrning fаоl mustаqil
fаоliyati nаtijаsidа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrni ijоdiy o‘zlаshtirish vа аqliy fаоliyatni rivоjlаntirishgа imkоn bеrаdigаn tа’lim jаrаyonini tаshkil etish nаzаrdа
tutilаdi. Muammoli vaziyatni hosil qilish uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘quv materialidan shunday vaziyatni topa olishi lozim. Ma’lumki, har qanday savol muammo bo‘lib qolmaydi. Muammo ilmiy savol bo‘lib, u bir necha asosli javoblarga egaligi bilan savoldan farqlanadi.20
Muammoli ta’limning o‘ziga xos shakllaridan biri ,,Debat’‘ usulidir. Debatlar bu jamoaning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, bunda jamoaning har bir a’zosi o‘zining burch va majburiyatlariga ega bo‘ladi, kim g‘alabaga erishganini esa debat yakunida jamoalarning argumentlari, faktlari, favqulodda savollar va ularga berilgan javoblar asosida hakamlar jamoasi yoki o‘qituvchi belgilab beradi. O‘quvchilar bilan debat o‘tkazganda 3 ta tamoyilga amal qilish kerak:
1. Debatlar ko‘p narsaga o‘rgatadi (Chunki debat o‘tkazishdan maqsad faqat g‘alaba qozonish emas, balki asosiy maqsad debatlar yordamida yangi bilimlarni egallashdir).
2. Jarayonga faol ishtirok va vijdonlilik majburiyati (Bu tamoyil debatning o‘zagi bo‘lib, noto‘g‘ri argument keltirish va savollarga javob berishda mantiqan noto‘g‘ri yo‘ldan ketishning oldini oladi) .
3. O‘zaro hurmatni saqlash (Debat ishtirokchilarining shaxsiga qasddan teskari
aloqaga kirishmaslik shart, o‘zga o‘quvchi tomonidan aytilgan nazariya yoki fikrga qarshi chiqayotgan bo‘lsa, uning obro‘sini to‘kish maqsadga muvofiq emas. Chunki debat g‘oyalar va bu g‘oyalarning to‘qnashuvidan iborat).
,,Debat’‘ usulidan foydalanish uchun, avvalo, haqiqiy debatga loyiq muammo
bo‘lishi lozim. ,,Debat’‘ da o‘rganilayotgan muammoning har ikkala tomoni ham asosli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda yozuvchi Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema’‘ qissasidagi shoxdor ona bug‘u obrazi misolida ,,Debat’‘ metodining amalga oshirilish jarayoni tavsiya etiladi.
2.3. O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini
oshirishdagi o‘rni
O‘yin bola xarakteriga xos asosiy faoliyatdir. Ushbu faoliyat o‘z mkoniyatlari jihatidan ta’lim va tarbiya jarayonida juda muhim ahamiyat kasb tadi. Zamonaviy talablarga asosan o‘quvchilarda o‘zaro raqobatni o‘rnatish uchun dabiyotdarslarida o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘yin texnologiyasi o‘quvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va
mavzuga oid bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Adabiyot ta’limida ayniqsa pastki
boshqichlarda 5-6-7-sinflarda o‘yin mashg‘ulotlarini qo‘llash yaxshi samara beradi.
Yuqori sinflarda ham o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish mumkin, faqat bunda o‘yinning shakli va mazmunida biroz o‘zgarish yuzaga kelishi kerak. Har bir qo‘llangan o‘yin metodi, albatta, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etilishi lozim. Adabiy ta’limda asosiy faollik o‘qituvchining o‘zida mujassam bo‘lishi kerak. Shundagina o‘quvchilar orasidagi faollikni ta’minlay oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda turli xil o‘yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilmoqda.
O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy
malaka va ko‘nikmalariga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki ta’lim oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini
qo‘shadi. D.B.El’koninning fikriga ko‘ra, ,,Xuddi shu oddiygina o‘yin orqali o‘sib
kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi’‘. Bir qancha izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o‘yin - bu taraqqiyotyotning rolidir, uning kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda
hamda matonat maktabidir. Quyida adabiyot darslarida o‘yin texnologiyasini yaratishga doir namunalar keltirib o‘tamiz.
6- sinf adabiyot darsligida Muhammad Sharif Gulhaniyning ,,Zarbulmasal’‘
asari keltirilgan. Gulhaniy hayoti va ijodi hamda ,,Zarbulmasal’‘ asarini o‘qitishda
darsni o‘yin texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin. O‘yin asosidagi
metodlardan biri ,,6X6X6’‘ metodidir. Olti kishidan kam bo‘lmagan guruh 6 daqiqa
davomida guruh oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani shakllantirishga harakat qiladilar.Bu metoddan adabiy asar ustida ishlash uchun foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bunda, avvalo, sinfdagi o‘quvchilar oltita- oltitadan guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Aytaylik guruhlar shunday nomlarni qabul qilishdi: 1-guruh ,,Ziyraklar’‘, 2-guruh ,,Topqirlar’‘, 3-guruh ,,Bilog‘onlar’‘, 4-guruh ,,Epchillar’‘, 5-guruh ,,Oqillar’‘, 6- guruh ,,Chaqqonlar’‘. Shundan so‘ng dars mavzusi e’lon qilinadi va har bir guruhga Muhammad Sharif Gulhaniy hayoti va ijodi hamda ,,Zarbulmasal’‘dan topshiriq beriladi.
Masalan:
1-guruh ,,Ziyraklar’‘ga Gulhaniy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni
o‘rganish;
2-guruh ,,Topqirlar’‘ga ,,Zarbulmasal’‘ haqida o‘rganish;
3-guruh ,,Bilog‘onlar’‘ga ,,Kabutar bilan Zog‘ ‘‘ masalini o‘rganish;
4-guruh ,,Epchillar’‘ga ,,Maymun bilan Najjor’‘;
5-guruh ,,Oqillar’‘ ga ,,Tuya bilan Bo‘taloq’‘;
6-guruh ,,Chaqqonlar’‘ga ,,Toshbaqa bilan Chayon’‘ masalini o‘rganish o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi. Ushbu topshiriqni bajarish uchun 6 daqiqa vaqt beriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhning a’zolarini almashtiradi va yangittan 6 tadan guruh shakllantiradi. Yangi guruhda avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va o‘z guruhining mavzusi yuzasidan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi.
Yangi guruh a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga o‘z munosabatini bildiradilar. So‘ng har bir guruhga avvalgi berilgan topshiriq yuzasidan og‘zaki gapirib berishlari so‘raladi yoki savol-javob qilinadi. Barcha bir-birini o‘zaro tinglaydi ma’lumotlarda xatoliklar bo‘lsa to‘g‘irlaydi. Shu tariqa qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan ham mavzu chuqur o‘zlashtiriladi, mavzuga doir barcha axborotlar egallanadi, o‘zaro fikr almashinadi, ham bu fikrlar ularning o‘zlari tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi. Ushbu o‘yin texnologiyasi asosida o‘qituvchi deyarli barcha o‘quvchini darsda qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va barcha o‘quvchilar mavzuni qisqa vaqtda, jonli tarzda, mustaqil o‘rganadilar.
Ushbu darsni o‘tishda darsning keyingi qismida yana bir qiziqarli o‘yin
metodidan foydalanish mumkin. Bu – ,,Mozayka’‘ metodidir. Bunda o‘quvchilar
guruhlarga birlashtiriladi. Har bir guruhga ,,Zarbulmasal’‘dan ma’lum masal asosida chizilgan rasm mozaykasi beriladi. O‘qituvchi: ,,Har bir guruh o‘zlariga berilgan mozaykalarida yashiringan rasmni tiklashlari, undagi rasm qaysi masalni
ifodalayotganini topishlari va rasm asosida o‘zbek xalq maqollaridan keltirishlari
kerak’‘,- degan topshiriq beradi. Topshiriq uchun ma’lum vaqt beriladi va kim
birinchi bo‘lib mozaykani bajarsa o‘sha guruh shartning qolgan qismini ham
bajaradi.
1-guruh: Biz tiklagan mozayka ,,Toshbaqa va Chayon’‘ masaliga ishlangan
rasmdir.
Ushbu masalga to‘g‘ri keluvchi o‘zbek xalq maqollari:
Ablah do‘st dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.
Do‘st og‘ir kunda sinalar.
Asli dushman do‘st bo‘lmas,
Qaynab qoni qo‘shilmas.
2-guruh: Biz tiklagan mozayka ,,Maymun bilan Najjor’‘ masaliga ishlangan
rasmdir.
Ushbu masalga mos keluvchi maqollar:
Behudaga chiranmoq belni chiqarar.
Jo‘jani sanab bil,
Kuchni – sinab.
Maqtanma g‘oz,
Hunaring - oz.
Sinalmagan otning sirtidan o‘tma.
Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin.
Ko‘z qo‘yaman deb qosh chiqarma.
Shundan so‘ng o‘qituvchi shart qanchalik tezlikda va qanchalik to‘g‘ri bajarilganligini hisobga olgan holda guruhlarni baholaydi. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilarda faollik va ziyraklik chaqqonlik ko‘nikmalari shakllanadi, xalq maqollarini keltirish orqali masalda berilgan tarbiyaviy mazmunni yaxshi anglab
yetadilar. Qo‘laversa, sog‘lom musobaqaviy muhit shakllanadi. Bu esa o‘quvchilarning mavzuga va fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Ushbu ikki metod orqali o‘quvchilar Gulhaniy hayoti va ijodi hamda masallarni chuqur tahlil
asosida o‘rganadilar. Har bir masalning didaktik mohiyatini anglab yatadilar. Zahn
va topqirlik ko‘nikmalari oshadi va qiziqarli dars muhiti shakllanadi.Shu kabi texnologik yondashuv 6-sinf o‘quvchisining yosh psixologik jihatlariga juda mos
keladi. 5-sinf o‘quvchilarga Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayoti va ijodi
hamda ,,Sayohatnoma’‘ asarini o‘qitishda quyidagicha texnologik yondashish mumkin. Bir dars oldin ushbu mavzuni o‘qib kelish uyga vazifa sifatida berilgan
bo‘ladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda ,,Kubik-rubik’‘ o‘yinini qo‘llash mumkin. Ushbu o‘yinni o‘tkazishda bizga 4 tomoni to‘rt xil rangli (yashil,sariq, ko‘k, pushti) hamda bir tomonida ,,+1’‘ va yana bir tomonida ,,-1’‘ keltirilgan kubikcha
hamda xuddi shu kubikda aks etgan ranglar kanvertchalar yoki savatchalar kerak
bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish uchun o‘quvchilar ikki guruhga birlashtiriladi. So‘ng har
bir guruhdan bitta-bittadan o‘quvchilar doskaga chiqarilib kubikni aylantirib stol
yuzasiga tashlaydilar. Qaysi rang tushsa o‘sha rangdagi konvert yoki savatchadan
topshiriq qog‘ozini oladi. Agar qaysi bir guruhga ,,-1’‘ tushsa guruh to‘plagan balldan 1 ball olib qo‘yiladi, ,,+1’‘ tushsa o‘sha guruhga 1 ball qo‘shib beriladi.
Masalan,
1-guruhdagi o‘quvchiga sariq rang tushdi va sariq konvertdan varaqani tortdi. Savol:
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy qachon qayerda tavallud topgan?
Javob: Muqimiy 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida, novvoy
oilasida tug‘ilgan.
O‘qituvchi ushbu berilgan javob to‘g‘ri bo‘lgani uchun ushbu javobni bergan o‘uvchining guruhiga 1 ball beradi.
2-guruhdagi o‘quvchiga yashil tushdi va yashil rangli kanvertdan topshiriqni oldi.
Parcha: ,,Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun,
Ko‘rdiki, bir ahli funun,
Charx anga kajraftor ekan. Topshiriq: Ushbu parchada Muqimiy nimalarni aks ettirganini va bu ,,Sayohatnoma’‘ning qaysi qismida keltirilganini ayting.
Javob: Ushbu parcha ,,Sayohatnoma’‘ning boshlanishida keltiriladi. Ya’ni bunda
Muqimiy zamonadan va dunyoning shavqatsizligidan nolib o‘z kechinmalarini
bayon emoqda.
O‘qituvchi: Ushbu o‘quvchining javobi ham to‘liq bo‘ldi va uning guruhini ham 1
ball bilan taqdirlaymiz.
1-guruhdagi yana bir o‘quvchiga ko‘k rang tushdi va ko‘k rangdan shunday topshiriq varaqasini tortdi: ,,«…»ga qildim yurush,
Yo‘ldosh edi bir chitfurush,
Yetdim jadallab vaqti tush,
Bir dam qiziq bozor ekan.
Topshiriq: Nuqtalar o‘rnida qaysi joy nomi keltirilganini toping va ushbu joyda shoir yana nimalarga guvoh bo‘lganini so‘zlab bering.
Javob: Ushbu joy O‘ltarmadir. Bu yerda shoir yana xotin-xalajlarning boshiga to‘n
yopinib bir voiz so‘zlarini tinglab turganini ko‘radi, xalqni ezuvchi hatto kambag‘allardan ham soliq yig‘uvchi mingboshisi haqida o‘z taassurotlarini keltiradi. Shu tariqa o‘yin davom etadi. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilarni ham guruh shaklida ham individual tarzda baholash mumkin. Qiziqarli o‘yin shartlari esa darsda barcha o‘quvchilarning faolligini ta’minlaydi hamda sog‘lom raqobatni
shakllantiradi. Qolaversa, Muqimiy hayoti va ijodini hamda ,,Sayohatnoma’‘ga oid
bilimlarni samarali o‘zlashtiradilar. O‘yinda berilgan savol va topshiriqlar shunday
tuzilgan bo‘ladiki, ular butun ,,Sayohatnoma’‘ mohiyatini o‘quvchiga yetkazishga
xizmat qiladi. O‘quvchi shoirning turli joylarga qilgan sayohatlaridan olgan xulosalariga hamohang tarzda o‘z erkin fikrlarini namoyon qilishi mumkin bo‘ladi.
So‘ngra o‘quvchilarga navbadagi o‘yin mashg‘uloti namoyish etiladi. Bu ,,Sayohatlar marrasi o‘yini’‘. Bunda har ikkala guruhdan bir o‘quvchi doskaga chiqariladi. Ikkala o‘quvchiga bir xil masofada marra belgilanadi. O‘yin shartiga
ko‘ra o‘qituvchi ikki guruhga ketma-ket ,,Sayohatnoma’‘dan parcha keltiradi va guruhlar ushbu parchada tasvirlangan joy shoirning qaysi sayohatidan ekanligini
topadi. Agar guruhning javobi to‘g‘ri bo‘lsa o‘sha guruhdan chiqqan o‘quvchi marra tomon bir qadam ilgarilaydi. Noto‘g‘ri bo‘lsa joyida qoladi. Shu tariqa kim birinchi bo‘lib marraga yetib borsa o‘sha guruh g‘olib etib belgilanadi. Masalan, o‘qituvchi birinchi guruhga shunday parchani keltirdi:
«Rafqon» ajoyib joy ekan,
Bir ko‘cha ketgan soy ekan,
Salqin supa hoy-hoy ekan,
Kim ko‘rsa hang-u mang ekan.
1-guruhning javobi: Ushbu parcha shoirning Qo‘qondan Farg‘onaga qilgan sayohatidan.
O‘qituvchi: Javob to‘g‘ri va ushbu guruh o‘quvchisi bir qadam oldinga yuring.
2-guruhga parcha: Xayr-u saxo vajhiga kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.
2-guruhning javobi: Ushbu parcha shoirning Qo‘qondan Shohimardonga qilgan
sayohatidan.
O‘qituvchi: Ushbu guruhning ham javobi to‘g‘ri guruh vakili bir qadam oldinga
yuring. O‘yin shu tarzda davom etadi va oxirida g‘olib aniqlangandan so‘ng o‘qituvchi ushbu ,,Sayohatnoma’‘ asari haqida umumiy yakunlovchi xulosalarni
aytadi: Sayohatnoma Muqimiyning turli joylarga qilgan sayohatlarini aks ettiradi.
Unda shoir har xil joydan olgan taassurotlarini namoyish qilgan va o‘zi uchun odamlar haqida va ular qanday yashashlari kerakligi xususida bir qator qimmatli
xulosalarga kelgan. Ya’ni shoir shunday joylarga boradiki, tabiati xushmanzara
sertarovat, bog‘-rog‘lari bisyor lekin odamlari xasis va mehrsiz, ayrim joylarning
esa tabiati unchalik go‘zal emas, biroq odamlari ochiqko‘ngil xushchaqchaq. Shoir
sayohatnomada demoqchiki, ,,Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr’‘. Demak
sayohatga chiqqanda odam mana shunday aqidaga suyanib har bir narsadan o‘zi
uchun ibrat izlashga harakat qilishi lozim ekan. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilar ,,Sayohatnoma’‘ni to‘liq o‘rganadilar. Qolaversa, o‘quvchilarning topqirligi ziyrakligi oshadi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, adabiyot ta’limida o‘yin texnologiyasi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka yo‘naltiriladi. O‘quvchi o‘zlashtirgan bilim va malakalariga tayanib o‘yin vositasida mustaqil harakat qiladi, o‘quv topshiriqlarini bajaradi. Qo‘yilgan muammolarni echadi. Adabiyot ta’limida
UMUMIY XULOSALAR
Bugungi tobora tez sur’atlar bilan ildamlayotgan va rivojlanib borayotgan
jahonda shaxs tarbiyasi masalasi eng oldingi o‘ringa chiqib bormoqda desak, mubolag‘a emas. Har bir millat, har bir xalq o‘z iqtisodiyotiga befarq bo‘lmaganidek, o‘z taqdirini belgilovchi yosh avlod tarbiyasiga ham e’tiborsiz qaray olmaydi. Binobarin, prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: ,,Eng muhim va dolzarb masalalardan biri yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat’‘.
Adabiyot ta’limi, shubhasiz, xuddi shu maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi
ta’lim tarbiya tizimining eng muhim bo‘g‘inidir. Yosh avlodni adabiyot ta’limi
jarayonida o‘ziga xos badiiy yaratiqlar, rang-barang obrazlar, lirik kechinmalar; qahramonlar qalbidagi ezgulik, real hayot manzaralariga qorishgan ziddiyatlar; tuyg‘u va tafakkur ila tarbiyalab boriladi. Adabiyot ta’limi vositasida o‘quvchi qalbiga va u orqali butun bir xalq butun bir millat ma’naviyatiga ta’sir etish mumkinligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Badiiy adabiyot nafaqat xalq ma’naviy
qiyofasini shakllantirishda, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda,
sotsial rivojlantirishni yaxshilashda ham katta o‘rin tutadi. Chunki jamiyat taraqqiyoti tezligi unda yashayotgan odamlarning intellektual va ruhiy imkoniyatlariga bog‘liqdir. Jamiyat a’zolari tafakkuri va ma’naviyatining qandayligi jamiyat taraqqiyotining sur’atini belgilaydi.
Millat yoshlarining ma’naviyati qaror topishida maktabda adabiyot o‘qitish
muhim o‘rin tutadi. Yoshlarning muayyan hayotiy vaziyatlarda qaysi yo‘lni tutishi,
qanday to‘xtamga kelishi, ko‘zda tutgan ishlarni qay saviyada bajarishlari, ko‘p
jihatdan, maktabda badiiy asarlarning qanday o‘rgatilishiga bog‘liqdir. Shu nuqtayi
nazardan olib qaraganda, bugun adabiyot ta’limi jarayonini o‘rganish, tahlil qilish,
tizimga yangi ilg‘or texnologiyalarni olib kirish va tatbiq etish bugungi metodikamizning eng dolzarb masalaridir.
Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlik faoliyatiga asoslanadi. Hamkorlikda
o‘qitish adabiyot darslarining samaradorligini ta’minlovchi eng muhim omillardan
biridir. Ma’lumki, adabiyotda, badiiy asar tahlili jarayoni bo‘ladimi, yoki ma’lum
qahramon xarakterini o‘rganib taftish etish bo‘ladimi, barchasida murakkabliklar
yotadi. Shuning uchun darslarda o‘qituvchining yolg‘iz holda faoliyat ko‘rsatishi,
o‘quvchining nofaol bo‘lishi asl mazmun mohiyatni yetkazish uchun yetarlicha
sharoit yaratmaydi. Bugungi kunda adabiyot o‘qitishda foydalanilayotgan deyarli
barcha metodlar, usullar va o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning barchasi hamkorlikka tayanadi.
Adabiyot ta’limi bu ruhiyat tarbiyasi va shu bilan birga fikr tarbiyasidir. Ya’ni adabiyot orqali biz yosh avlod tafakkur olamini kengaytirishimiz va erkin fikr egasi qilib tarbiyalashimiz mumkin. Adabiyot o‘qitishning bosh vazifalaridan biri ham aynan erkin fikrga ega bo‘lgan va uni og‘zaki himoya eta oladigan shaxsni tarbiyalashdir. Bu borada biz adabiyot o‘qituvchilari uchun yangi pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lgan muammoli ta’lim texnologiyasi katta yordam beradi.
Muammoli ta’lim bugungi kunda jahon ta’lim tizimida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning asosini muammoli vaziyat, shaxsning o‘quv materialiga erkin munosabatda bo‘lishi va mustaqil o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Bu degani badiiy adabiyotga muammo tarzida qarash degani emas, balki pedagogik mahorat bilan ilg‘or savolni yaratish, o‘quvchining fikrini uyg‘otish, uni qarama-qarshi fikrlar olamiga olib kirish va shu orqali unga badiiy asar mohiyatini ochib berish, qahramonlardagi insoniy xususiyatlar va kechinmalarni yuqtirish hamda asarning bosh g‘oyasini yetkazishdir. Muammoli o‘qitishning bugungi kundagi ilg‘or texnologiyalarini yaratish va uni adabiyot ta’limida amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot metodikasi oldida turgan dolzarb masaladir. Xususan, 7-sinf adabiyot o‘quvchilariga Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema’‘ qissasini o‘qitishda muammoli yondashuv dars samaradorligini ta’minlaydi.
O‘yin texnologiyasi ham adabiyot ta’limiga xos yangi pedagogik
texnologiyalar sirasiga kiradi. O‘yin orqali adabiyot darslarida o‘quvchining faolligi oshadi. Ayrim pedagoglarning biroz eskirgan uslublari bugungi adabiyot darslariga o‘quvchilarda salbiy munosabatni shakllantirgani hech kimga sir emas. Ya’ni
adabiyot faqat ma’ruzadan yoki mutoalaadan iborat emaski, bugungi o‘quvchi
undan shunchalik qochadi, zerikish hosil qiladi. Demak, adabiyotda o‘yin texnologiyasini qo‘llash har jihatdan pedagog uchun ham bola uchun ham zaruriyatni yuzaga keltiradi. O‘yin texnologiyasi asosida tashkil qilingan adabiyot
darslarida, albatta, tanlanayotgan o‘yin mashg‘uloti yoki metod adabiyot mavzusiga, badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlariga hamohang tarzda tashkil etilishi lozim.
Qolaversa, o‘yin faoliyati o‘quvchining yosh xususiyatiga asoslanishi bilan ham
xarakterlanadi. 6-sinfda Muhammad Sharif Gulhaniyning Zarbulmasal asarini hamda 5-sinf o‘quvchilariga Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayoti va ijodi
hamda ,,Sayohatnoma’‘ asarini o‘qitishda o‘yin asosida texnologik yondashish mumkin va bu o‘quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi. Qolaversa, darsga
qo‘yilgan DTS talablariga muvofiq bo‘lgan natijani beradi.
Yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslariga tatbiq etar ekanmiz,
bugun adabiyot o‘qituvchisi har jihatdan amaliyot bilan bog‘liq xulosalarni yaratishi lozimligini anglab yetamiz. Bugun pedagog qo‘llayotgan har qaysi usul, yoki har qanday innavatsion texnologiya ta’limda sifat ko‘rsatkichini bermas ekan undan foydalanishning zaruriyati yo‘q, albatta. Shu ma’noda, biz bitiruv malakaviy
ishimizda yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslarida amaliy tarzda tatbiq etdik va o‘ziga xos natijalarni qo‘lga kiritdik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu texnologiyalar, yangi ilg‘or usullarni
adabiyot o‘qituvchisiga taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, texnologiya bu natijaviylik demakdir. Adabiyot darslariga texnologik yondashuv pedagog ijodkorligining samarador mahsulidir. Biz kichik tatqiqot davomida shunga amin bo‘ldikki, adabiyot darslarida har bir mavzuga, har bir darsga o‘ziga xos pedagogik yondashish mumkin. Demak, adabiyot ta’limida tatbiq etilayotgan har bir texnologiya o‘qituvchining individual ijodkorligiga tayanadi. Har qaysi darsning o‘z texnologiyasini yaratmoq lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: ,,O‘zbekiston’‘ NMIU, 2016.
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-kitob. – T.: O‘zbekiston, 2017.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari’‘ to‘g‘risidagi Qarori (,,Xalq so‘zi 2017-yil, 21- aprel).
5. ,,O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tog‘risida’‘gi PF-4947-sonli farmoni 07.02.2017. Xalq so‘zi gazetasi, 2017-yil, 28-(6722) soni.
6. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: O‘zbekiston, 2008.
7. Karimov I. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. – T.: O‘zbekiston, 2010.
8. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T.: Sharq, 1999.
9. O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘g‘risida’‘gi qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O‘zbekiston, 1997.
10. O‘zbekiston Respublikasining ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’‘ Barkamol
avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O‘zbekiston, 1997.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2017 yil 6-apreldagi) Qaroriga muvofiq: Umumiy o‘rta ta’limning Adabiyot fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Toshkent, 2017.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’‘gi Qarori. 2017 yil 20 aprel.
13. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik –majmua. S.Ahmedov, Sh.Rizayev. Qayta ishlangan 3-nashri. Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
14. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik –majmua. Yo‘ldoshev Q va b. – T.: Ma’naviyat. 2017.
15.Adabiyot. Akademik litseylarning III bosqichi uchun. – T.: Cho‘lpon, 2015.
16. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. –М.: Педагогика, 1989.
17. Монахов В.М. Технологические основы проектирования и конструирования учебнога процесса. Волгоград: Перемена. 1995.
18. Кларин М.В.Инновации в мировой педагогике: обучение на основе
исследования, игри и дискуссии. – Рига: НПЦ Эксперимент, 1995.
19. To‘qliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T., 2010.
20. Omonov H va b. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.,2012.
21. Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.,2006
22. To‘qliyev B., Niyozmetova R. va b. Til adabiyot ta’limining zamonaviy texnologiyalari. Toshkent, 2011.
23. Niyozmetova R. Adabiy ta’limda kompyuter va adabiyot texnologiyalaridan
foydalanish. Til va adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar. 1-qism. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
24. Usmonova K., Xayitov A. Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Toshkent, 2011.
25. Egamberdiyev R. ,,Oq kema’‘ – mehr timsoli. Til va adabiyot ta’limi. - T.:
2015. 4-son.
26. Yo‘ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy- metodik asoslari. Diss. Toshkent, 1996.
27. Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss.: T., 2001.
28. Rajabova I. Interfaol usul – ta’lim samaradorligi omili. Til va adabiyot ta’limi.: T - 2015-yil. 8-son.
29. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O‘zbek tili (5-9 sinflar). – Yangiyo‘l: Yangiyo‘l poligraf service, 2010.
30.Muslimov N. va b. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent,
2015.
31. Abdullayeva M. ,,O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnalogiyalari va loyihalashtirish’‘ fanidan ma’ruzalar matni. – T., 2017.
32. www. Ziyo.net
33. www. nuqf. intal. Uz
Do'stlaringiz bilan baham: |