O`zbek tili 6-sinf
II chorak
1. Dona, nafar, juft so`zlari orqali qanday son hosil qilinadi?
A) sanoq son B) tartib son C) dona son D) jamlovchi son
2. Qaysi qatordagi gapda chama son qatnashgan?
A) Sinfimizdа pаrtаlаr uch qаtоrgа bo‘lib qo‘yilgаn. B) Меn birinchi qаtоrdа o‘tirаmаn.
C) Меn 6 - sinfdа o‘qiymаn. D) Тоg‘ yonbаg‘ridа o`nlab dаm оlish mаskаni jоylаshgаn.
3. Bir yil necha fasldan iborat? Ushbu gapda qanday son mavjud?
A) sanoq son B) tartib son C) dona son D) jamlovchi son
4. – inchi, - nchi qo`shimchalari qanday son yasaydi?
A) taqsim son B) dona son C) tartib son D) jamlovchi son
5. Qaysi qatorda taqsim son yasovchi qo`shimcha berilgan?
A) – ta B) – tadan C) – inchi D) – ala
6. Qaysi qatorda bo’lishsizlik olmoshi berilgan?
A) Hech kim yolg’on gapirmasin. C) Hamma bayramda faol qatnashdi
B) Navro’z bayramida kimlar qo’shiq aytdi? D) Kimdir qo’ng’iroq qilibdi.
7.Qaysi qatorda gumon olmoshi berilgan?
A) Har bir fasl o’ziga xos chiroyga ega. B) Karimning bir o’zi hamma savollarga javob berdi.
C) Do’stim uyqusida allanimalarni gapirib chiqdi. D) Bugungi darsda hech kim past baho olmadi
8. Bog‘bon amaki 12 tup ko‘chat berdilar. Ushbu gapda sonning qaysi turi mavjud?
A) sanoq son B) dona son C) tartib son D) jamlovchi son
9. Nechta ? so`rog`iga javob bo`ladigan son turini aniqlang.
A) taqsim son B) jamlovchi son C) tartib son D) dona son
10. Qaysi qatorda chama son qatnashgan so`z birikmasi berilgan?
A) 10-15 kishi B) to`rttadan ko`chat C) ikkala o`quvchi D) 3 dona olma
11. Vaqt, sanani ifodalashda qanday sonlardan foydalaniladi?
A) faqat sanoq sonlardan B) sanoq va tartib sonlardan
C) faqat tartib sonlardan D) vaqt va sana sonlar bilan ifodalanmaydi
12.Qaysi qatorda jamlovchi son berilgan?
A) Ikki ming o’n sakkizinchi yil omadli kelsin C) O’quvchi o’ntacha savolga javob berdi.
B) Qorbobo bolalarga bittadan sovg’a berdi. D) G’oliblar bayroqni ikkovlashib ko’tarishdi.
13. . .. Мing хil giyoh, jоnivоrlаr
Таbiаtni qilаr dilbаr. … Ushbu parcha qaysi she’rdan olingan?
A)”Tabiatni avaylaymiz” B)”Uzumlar” C)”Vatan” D)” O‘zbеkistоn”
14. Qaysi qatorda jamlovchi son berilgan? A) Sinfda beshta a`lochi o’quvchi bor C) Tortning beshdan bir qismini Anvar yedi
B) Kutubxonaga beshovimiz ham a`zo bo’ldik D) Nodira inshoni birinchi bo’lib yozdi
15. Gumon olmoshlariga ko’plik qo’shimchalari qachon qo’shiladi?
A) kelishik qo’shimchalaridan oldin B) kelishik qo’shimchalaridan keyin
C) kelishik qo’shimchalari qo’shilmaydi D) egalik qo’shimchalaridan keyin
16. Ikkalasi bir sinfda o`qiydi. Gapda sonning qaysi turi qatnashgan?
A. tartib son B. chama son C. miqdor son D. jamlovchi son
17. To`rtovimizni g`olib deb topishdi. Jamlovchi son qaysi kelishik qo`shimchasi bilan birga qo`llangan?
A. jo`nalish kelishigi B. o`rin – payt C. tushum kelishigi D. chiqish kelishigi
18. Tashqarida allakimning ovozi eshitildi. Gumon olmoshi qaysi kelishik qo`shimchasini olgan?
A) tushum kelishigi B) o`rin – payt C) qaratqich kelishigi D) jo`nalish kelishigi
19. alla– , – dir qo’shimchasi orqali qanday olmoshlar hosil qilinadi?
20. Chama son yasovchi qo`shimchalarni atang.
21. Gul deb o‘ylaganlarim, Bilsam, oppoq qor ekan. . . Qaysi she`rdan parcha?
22. Sonning qaysi turi nechtadan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
23. Tartib sonlar raqam bilan yozilganda qanday belgi qo`yiladi?
24. Tog‘larda hаr хil shifobaxsh o‘simliklar o‘sadi. Gapda olmoshning qaysi turi mavjud?
25. Nоdir allanimalarni yozib o‘tirаrdi. Gapda olmoshning qaysi turi qatnashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |