(ar. “orttirilgan, ziyoda qilingan”). Har bir misrasidan so‘ng yana yarim misra orttiriluvchi she’r shakli. Bunda orttirilayotgan yarim misra tarkiban asosiy misraning birinchi va to‘rtinchi ruknlariga teng bo‘ladi. Mustazod uchun g‘azal asos – zamin vazifasini o‘taydi. Mustazod vazni Mustazod faqat hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun maf’ulu fauvlun – – V / V – – V / V – – V / V – – / – – V / V – –) vaznida yoziladi.
Turkiy adabiyotda mustazodning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy ijodida uchraydi. Hofiz Xorazmiy devonida har biri 7 baytdan iborat ikki mustazod, Gadoiy devonida esa besh baytli bir mustazod mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |