O`zbek (ona) tili ta’limida zamonaviy yondashuvlar
Reja:
1.Bixevioristik yondashuv.
2.Integrativ yondashuv.
3.Kompetensiyaviy yondashuv.
3. 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasida amalga
oshirilishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalar belgilangan. Jumladan, ta’lim
bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy
metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kopmetensiyaviy
yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi
avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish talab etiladi. Fan-texnika asri va
jadal taraqqiy etayotgan hayot o’quvchilarda o’quv predmetlari bo’yicha
faqatgina bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emasligini
ko’rsatmoqda. Bu quyidagi holatlarda namoyon bo’lmoqda:
a) ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirgan ayrim o’quvchilar, hayotda
ko’p muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi;
b) oliy ta’lim muassasini bitirib yangi ishga borgan yosh mutaxassis
universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va ko’nikmalarni yetarli darajada
olgan bo’lsa-da, ish joyiga ko’nikishi uzoq vaqt davom etadi;
e) ko’pincha maktab yoki litseyda olingan bilim va ko’nikmalar tezda hal
qilinishi kerak bo’lgan hayotiy vaziyatlarga to’g’ri kelmaydi yoki umuman
hayotida kerak bo’lmaydi.
Shunga ko’ra ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan
kopmetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim
jarayoniga qo’llash zaruriyati yuzaga keldi.
“Competence” so’zi “to compete” so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi.
So’zma-so’z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi.
Shunga ko’ra ta’lim kopmetensiyalarini tasdiqlangan standartda
keltirilgan ta’rif bo’yicha qabul qilamiz.
Bilim – o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib
berish;
ko’nikma – o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish;
malaka – o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish
vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya – mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik
faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
Kompetensiyaviy yondashuv va uning xorijiy tajribada qo’llanilishi,
uning fan va turmushga kirib kelishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Ta’lim kompetensiyasi o’quvchining kelajakdagi to’laqonli hayotidagi
faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ayrim kompetensiyalarni hayotiga tatbiq eta olmaydi. Lekin bu ularni o’quvchida shakllantirish shartmas degani emas. Masalan, o’quvchi maktabda fuqarolik kompetensiyasini o’zlashtirsa-da, uni hayotda maktabni bitirganidan so’ng ishlatadi. Shunga ko’ra bunday kopmetensiyalar o’qish davrida ta’lim kopmetensiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Tayanch kopmetensiyalarning dunyo bo’yicha yagona qabul qilingan yo’q. Chunki har bir mamlakatning yoki hududning o’z an’analari, mentaliteti va o’ziga xos talablari bor. Kopmetensiya – jamiyatning o’z fuqarolariga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi bo’lib, ularning ro’yxati muayyan mamlakatdagi yoki hududdagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday
kelishuvga har doim ham erishib bo’lmaydi. Masalan, Shveytsariya va Amerika Qo’shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kopmetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida ham tayanch kopmetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo’lmagan.
Til ta’limida kopmetensiyaviylik
Kopmetensiyaviy ta’lim kontseptsiyasi til ta’limi oldiga yoshlarda muayyan kopmetensiyalarni, xususan, lingvistik, nutqiy, kreativ (mustaqil va
ijodiy fikrlash), pragmalingvistik singari kopmetensiyalarni shakllantirish
vazifasini qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |