Sov - qissa, hikoya, risola, so’z, otalar so’zi, payg’ambar (“DLT”)
Tanosub - She`riy san`atlardan biri. Baytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so`zlarni qo`llash orqali hosil qilinadi. Masalan, "bulbul" so`zi gul, bog’, chaman, navo so`zlari bilan; "Ka`ba" esa haj, farz, Tengri, ziyorat so`zlari bilan mazmuniy bog’lanib, yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Taqte` - (arabcha – “qata`a" fe`lidan yasalgan bo’lib, bo’lmoq, parchalamoq degan ma`noni ifodalaydi) Aruz istilohlaridan biri sifatida baytni ritmik bo’laklar-ruknlarga ajratish qonuniyatlarini ifodalovchi yoxud o’rgatuvchi fasl.
Tarje’band – arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi qaytish, ilgarigi narsani takrorlash. Tarje’band har bir bandning oxirida bir xil baytning takrorlanish usulidan foydalanib yaratilgan asar.Har band oxirida birinchi band maqta’i takrorlanib keladi. Mazkur maqta misralari o’zaro qofiyalangan bo’ladi.
Tarkibband – arabcha so’z bo’lib, biriktirish, bir qancha narsani biriktirib bir narsa hosil qilish ma’nosini anglatadi. Tarkibbanddagi bandlar soni turlicha bo’lib, har banddagi misralar g’azal shaklida qofiyalanadi. Bandning maqta’I o’zaro qofiyalangan bo’ladi. Bu qofiya bandlardagi asosiy qofiyalardan farq qiladi. Bandlarning har qaysisi har xil vaznda bo’lishi mumkin.
Ta’rix – arabcha so’z bo’lib, sodir bo’lgan biror voqeani anglatadi. Sharqda ana shu voqeaning sanasini sh’erda harflar vositasida berish usuli ta’rix deyiladi. Ta’rix maxsus janr sifatida mustaqil asar ham bo’ladi, boshqa asar tarkibiga ham kiritilishi mumkin.
Tatabbu’ - arabcha so’z bo’lib, bir narsaning izidan tushish, izlash, tyekshirish, ergashish ma’nolarini bildiradi. Tatabbu’ g’azalda bir shoir tomonidan badiiy qolipga solingan bir mazmun boshqa shoir tomonidan davom ettiriladi, unga ergashib, uni yangi shaklga, yangi ifoda qolipiga solinadi. Natijada bir mazmun turli badiiy shaklga tushadi, turli variantdagi shye’riy asarlar vujudga kyeladi.
Tazmin - arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi bir nimani ikkinchi bir nima orsiga qo’ymoqdir. Adabiy istiloh sifatida g’azal yoki musammat shye’rlarda bir shoirning ikkinchi bir shoir shye’ridan parcha olib, uning izidan borib shye’r yaratishidir.
Tashbeh (o`xshatish) – Adabiyotda keng ho`llanadigan she`riy san`atlardan biri. T.da narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o`xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Tashbehning yuzaga kelishida to`rt unsur ishtirok etishi mumkin:
1. Mushabbih ya’ni o`xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha.
2. Mushabbihun bih ya’ni o`xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha.
3. Vajhi shaboh ya’ni o’xshatish asosi - o`xshatishning qanday belgi yoki xususiyatga ko`ra chiqqanligi.
4. Odoti tashbeh ya’ni o’xshatish vosita - o`xshatilishning lug’aviy yoki grammatik belgisi.
Tashxis – (arabcha "shaxs" o`zagidan, "shaxslantirish" degan ma`noni anglatadi) Mumtoz she`riyatimizda keng qo`llangan badiiy tasvir vositalaridan biri. T. insongagina xos bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni (o’ylash, fikrlash, gapirish, quvonosh yoxud iztirob chekish, xastalanish, jarohatlanish, musobaqalashish, sevish, rashk qilish vahokazo) tabiat unsurlari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hodisalarga ko`chirish san`ati.
Do'stlaringiz bilan baham: |