Ma`naviy san`atlar - so`z, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning ma`no qirralari, mazmuniga xos hodisalardan ustalik bilan foydalanish, shu yo`l bilan badiiylik, go`zallik yaratish natijasida hosil bo`ladigan she’riy san’atlarning umumiy nomi.. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag’a, tablig’, ig’roq, g’uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr, ta`did, ruju`, tashxis, talmeh, irsoli masal, tazmin, husni matla`, ta`rix, muammo, tajohilul orif, husni ta`lil kabilar ma`naviy san`atlar sirasiga kiradi.
Muammo – arabcha so’z bo’lib, yashirilgan, berkitilgan ma’nolarini anglatadi. Adabiy termin sifatida bir so’z, ko’pincha ism yashirinib berilgan kichik lirik janr. Muammo, odatda, bir, ba’zan ikki baytdan tashkil topadi. U a-a yoki a-a, b-b shaklida qofiyalanadi.
Muashshar - mashru’ (arabcha - o’nlik) har bandi o’n misralik kam uchraydigan musammat shakli. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-d-d-a yoki a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-d-d-a-a Fors-tojik adabiyotshunoslari uni “musammati muashshar-mashro’x” istilohi bilan nomlaydi.
Munozara – arabcha tortishuv, fikr olishuv ma’nolarini bildiradi. Adabiy termin sifatida fors-tojik va o’zbek she’riyatidagi ma’lum janr nomi. Munozarada turli narsa, voqea, hodisa, tushuncha, holat va boshqalar tortishuvga kirishadi. Obrazlar ko’pincha ramziy xarakterli bo’ladi.
Muzdavij musammat - bandlaridagi oxirgi misralar birinchi banddagi bilan qofiyadosh bo’ladi. Bu musammatning oddiy shakli hisoblanadi.
Murabba’ - (arabcha - to’rtlik) eng qadimiy shye’riy janrlardan bo’lib, har bandi to’rt misradan iborat shye’r shakli. Uning shakllanishi melodiy era boshlariga borib bog’lanadi. Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a, d-d-d-a va h.
Musabba’ - (arabcha - yettilik) har bandi yyetti misradan iborat shye’r shakli bo’lib, u musammatning kam uchraydigan turidir. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-a yoki a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-a-a va h.
Musaddas - (arabcha - oltilik) har bandi olti misra bo’lgan aruzning turli bahr va vaznlarida, turli mavzularda yoziluvchi musammat shakli. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-a yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a va h. Musaddas namunalari o’zbyek adabiyotida XV asrning birinchi yarmida, so’ngroq Navoiy va Boyqarolar adabiy muhitida yaratildi.
Musallas - (arabcha - uchlik) har bandi uch misradan iborat bo’lib, musammatning kam uchraydigan turi. Qofiyalanishi: a-a-b, d-d-b, f-f-b yoki a-a-a, b-b-b-b, d-d-d va h. Shye’rning bu shakli G’arbda tyersina (ital.) dyeb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |