4. “Guliston bit-turkiy” badiiy tarjimaning go’zal namunasi. Saroyining bulardan tashqari, Sa'diyning «Guliston» asarini tarjimasi hisoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ham еtib kеlgan. Olimlarimizning qayd etishicha, hijriy 793, mеlodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu asar fors-tojik shoiri Sa'diy Shеroziy qalamiga mansub «Guliston» asarining o’zbеk tilidagi eng birinchi ijodiy tarjimasidir. Sa'diy bu asarni 1258 yilda yozgan edi. Sa'diy asarini sinchiklab tadqiq etgan olim G’.Aliyevning qayd etishicha Sayfi Saroyi Sa'diy asarining nodir qo’lyozmasidan foydalangan.
Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy mag’zini olib uni o’z zamonasi ruhini aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit'a va baytlar bilan to’ldirib, ona tilida xalqiga taqdim etadi. Asarning yozilish sababi quyidagicha ko’rsatilgan:
“Ilk yoz kunlarining bir kun, bo’ston ichinda, gullar orasinda bir necha zarif olimlar bilan o’turub, insho ilmidin bahs qilib abyoti g’arib va ash’ori ajib o’qudum esa, ul olimlarning ulusi aruz ilmidin bir mushkul baytning taqattu’in savol etti. Filhol javobin eshitib aytti: “Ey adibi g’arib, senga bir muvofiq nasihatim bor, qabul qilsang, xayr bo’lg’ay”. Ayttim: “Buyurung”. Aytti: “Shayx Sa’diy “Guliston”in turkiy tarjima qilsang, bir sohib davlat er otina yodgoring jahonda qolsun deb”.11
Sayfi Saroyi «Guliston»idagi hikoyatlar quyidagi boblarga bo’lingan:
Birinchi bob-sultonlar haqidagi hikoyatlar.
Ikkinchi bob-faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar.
Uchinchi bob-qanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar.
To’rtinchi bob-sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar.
Bеshinchi bob-ishqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar.
Oltinchi bob-qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida.
Yеttinchi bob-tarbiyaning ta'siri haqida.
Sakkizinchi bob-suhbat odoblari haqida.
Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chеkinishlar mavjud. Masallar, to’rtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan.
Asardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang bo’lganidеk, obrazlar ham xilma-xildir. Shohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, hunarmandlar, dеhqonlar, darvеshlar, o’g’rilar, pahlavonlar, savdogarlar va boshqalar. Shartli tarzda nomlanuvchi «Asir, podsho va vazir» haqidagi (asir podshoni so’kishi, ikki vazir ikki xil talqin etishi), «Podsho va uch o’g’li» (kichik o’g’ilning ko’rimsiz, ammo jasurligi), «Malik, qul va kеma», «No’shiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bog’liq hikoyat», «Pahlavon va shogirdi» (shogirdning xiyonati va 360-usul), «O’g’ri, shoir va itlar» kabi hikoyatlar xaraktеrlidir.
Manbalarda Sayfi Saroyining "Guliston bit-turkiy" asaridan keltirilgan hikoyatlar orasida shundaylari ham borki, unda majmuani tuzuvchi mualliflar bilib yo bilmay hikoyatning yarmini kiritganlar. Natijada mukammal syujetli hikoyat epizodik hikoyatga aylangan. G’oya qisman o`z ifodasini topgan bo`lsa-da, hayotiy voqelik bilan asoslanmay qolgan. Bu esa hikoyat kompozitsiyasiga, uning o`qimishli bo`lishiga salbiy ta`sir etgan. 10-sinf majmuasiga kiritilgan "Sulton va uning uch o`g’li haqidagi hikoyat bunga yorqin misol bo`ladi:
Bir sultonning uch o'gii bor edi. Ikkisi uzun bo'yli, sohib-jamol dag'i biri qisqa bo'yli edi. Bir kun sulton bu qisqa bo'yli o'g'lina haqorat ko'zi bila boqti. O'g'lon farosat bilan bildi, dag'i aytti: "Ey ota, uzun bo'yli ahmaqdan qisqa bo'yli oqil yaxshiroq durur..."
Bu latifa sultong'a xush keldi, dag'i kuldi, qarindoshlari eshitib ma'lul bo'ldi”.
Majmuadagi hikoyat shu yerda yakun topadi.
Sayfi Saroyining "Guliston bit-turkiy" asarining o’zida ushbu hikoyat quyidagicha davom etadi:
Bu so`zdin bir necha kun kechti dag’i sultong’a bir og’ir dushman cherisi keldi. Bular dag’i cherik yasab qarshi yuridilar. Ikki cheri muqobil bo`ldi. Avval maydong’a ul qisqa bo`yli o`g’li kirdi dag’i na`ra urib bu baytni o`qudi:
Ey bahodirlar, biling, keldim bukun maydona man,
Bosh o`ynab jon tarkin urmog’a mardona man.
So`ngu o`ynab, ot chopub, ko`p turlu erdam ko`rguzub,
Aytti: "Ul zanjirin uzgan Faris devonaman".
Muni aytti dag’i dushman cherisina kirib, bir necha bahodur eranlarni tushurdi dag’i otasina xidmat qilib, bu baytni o`qudi:
Ey meni ko`rgan haqorat ko`z bilan shohi diyor,
Bo`lmas er surat bilan lashkar ichinda ixtiyor.
Erdaminda erdamin ko`rguzmas, illo er kishi,
Eyla kim erdam tevada yo`q dag’i arslonda bor.
Dushman cherisi hadsiz ko`p erdi dag’i bular oz. Jamoat qochmog’a yuz tuttilar...
Ul eranlar bu so`zni eshitib, g’ayratlanib o`g’long’a uydilar. Ul soat ichinda dushman cherisin sindurdilar. O`g’lon kelib otasi xizmatinga er o`pti. Sulton dag’i ul o`g’lini quchib ko`zundiн o`pti dag’i duo qildi. Kundan kuna muhabbat nazari aning uza ziyodat bo`ldi. qarindoshlari hasad eltиб ul o`g’longa osh ichinda og’u berdilar. Bularning bir qiz qarindoshi bor edi. Ul qiz toqadan ko`rdikim, qarindoshina osh ichinda og’u berdilar. Ul qiz toqani yopti esa, o`g’lon farosat bilan bildi. Elin oshdin chekib aytti: bu mahol erurkim, erdam eri o`lgay dag’i erdamsizlar aning erin tutqay...
Bu xabar sultong’a yetti esa, qarindoshlarin indab yigirib har birin bir yerda hokim qo`ydi, hatto fitna o`turub nizo` o`rtadin ketkay...
Hikoyatning davomi keltirilgandan keyingina asosiy g’oya oydinlashadi, shuningdek, kenja o`g’ilning tilidan aytilgan fikr "uzun bo'yli ahmaqdan qisqa bo'yli oqil yaxshiroq" ekanligi o`zining hayotiy isbotini topadi.
Asarda Sayfi Saroyi tomonidan kiritilgan hikoyatlar ham mavjud. “Iso mo’jizasi” haqidagi hikoyat shular jumlasidan.
Demak, Sayfi Saroyi she’riyati hamda «Gulistoni bit-turkiy» asari o’zbek mumtoz adabiyoti, xususan nasri taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shildi. Saroyi hikoyatlarini o’qish, undagi mazmun va mohiyatni anglash, hikoyatlardagi qiziqarli tasvirlar har bir o’quvchini o’ziga rom eta oladi hamda barkamoi avlod tarbiyasida muhim manba vazifasini bajarishda davom etadi.
Xulosa qilib aytganda, XIV-XV asrlarda o’zbek adabiyotida yaratilgan badiiy tarjimalar:
1. Buyuk mutafakkirlarning asarlarida ifodalangan yuksak axloq va madaniyat, falsafiy dunyoqarashdan turkiy xalqlarning ham bahramand bo’lishi uchun vosita bo’ldi.
2. O’zbek mumtoz dostonchilikning rivijlanishi, xususan epik dostonchilikning shakllanishiga turtki berdi.
3. Sharq adabiyotidagi mashhur sayyor syujetlarning o’zbek mumtoz adabiyotiga kirib kelishi an’anasini boshlab berdi.
4. “Xamsa”navislik an’anasining shakllanishiga zamin hozirladi.
5. O’zbek badiiy nasri, xususan, hikoyachiligi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Adabiyotimizdagi mazkur tendensiyalar Alisher Navoiy davriga kelib o’zining yuksak maqomiga ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |