O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


«Gul va Navro’z» dostonining muallifi haqida



Download 1,14 Mb.
bet49/83
Sana23.05.2023
Hajmi1,14 Mb.
#942761
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
3.3. «Gul va Navro’z» dostonining muallifi haqida. «Gul va Navro’z» dostoni 1411 yilda yozilgan. Bu asarning muallifi masalasi adabiyotshunoslarimiz orasida ko’plab bahslarga sabab bo’lmoqda. Ko’plab olimlarimiz bu asarni Lutfiy qalamiga mansub dеb kеlgan edi. Va u kеng kitobxonlarga Lutfiy asari sifatida tanildi. 1970 yillarda yuqoridagi qayd etilgan va ko’plab boshqa olimlarimiz «Gul va Navro’z» muallifi xususida bahslar olib borishdi. Bu narsa ayniqsa 70- yillarda yana ham faollashdi. Kеyingi yillarda chop etilgan o’rta maktab darsliklarida esa «Gul va Navro’z» muallifi noma'lum asarlar sifatida bеrildi. Bir guruh olimlarimiz esa (jumladan, profеssor A.Hayitmеtov 1998 yil 17 aprеlda chop etilgan maqolasida ham) «Gul va Navro’z»ning muallifi sifatida H.Xorazmiyni ko’rsatishadi. Ahmad Taroziyning «Fununul balog’a», Boburning «Aruz risolasi»da «Gul va Navro’z»ning muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi xususida qaydlar bеrilgan.
«Funun ul-balog’a» asarida uch o’rinda Mavlono Haydarning nomi zikr etiladi. Asarning birinchi qismi beshinchi tur masnaviy bayonida bir necha shoirlar qatorida Mavlono Haydar ijodiga mansub olti bayt ham keltiriladi. Masalan, oldiin shoir «Ablag’ ul-mutaaxxirin Mavlono Haydar», ya`ni keyingi (shoir)lar ichida eng balog’atlisi, deb tanishtiriladi. Ushbu ta`rifdan ham ko’rinib turibdiki, Mavlono Haydar zamondoshlari orasida ijodda balog’atga erishgan adib sifatida shuhrat qozongan. Mana o’sha misol uchun keltirilgan olti bayt masnaviy:
Cherik tutti juhonni Kof to Kof.
Xurush etti kevurg’a, ko’krodi ko’s,
Uchub chavgon duhulning yuzina bo’ls.
Naviru burg’u-yu tug’-u naqara –
Dilovarlar yurakin qildi pora
Yasodi tog’ yanglig’ ongni, so’lni,
Hirovul turg’uzib, to’qtotti, qulni
Hamajiylar qo’ydi, berkitti qunbil
Qaro tog’dek yasab turdi muqobil
Bahodurlar uni, otlar xurushi –
Falak to kar qilur, Mirrix go’shi.
Misol uchun keltirilgan ushbu baytlarning dastlabki uch va so’nggi bir bayti adibning «Gul va Navro’z» asaridan olingan. Biroq to’rttinchi, beshinchi baytlar «Gul va Navro’z» asari matnida yo’q. Bu «Funun ul-balog’a»ni nashrga tayyorlagan olim tomonidan (A.Hayitmetov) ham ta`kidlangan.
Beshinchi tur masnaviy bayoni davomida Mavlono Haydar yana bir bor tilga olinadi. Biroq endi «Pisandidai ro’zgor Mavlono Haydar», ya`ni zamonasining saylangani, yoqtirilgani Mavlono Haydar, deb tanishtiriladi. Bu o’rinda ham Ahmad Tazoziy, Mavlono Haydar va uning ijodiga bo’lgan o’z ehtiromini yana bir bor bildirib o’tgan. Misol sifatida adib ijodidan bir bayt keltiradi.
Chun yorudi, subhi sahar urdi dam,
Tikti xo’tan xisravi oltun olam,
«Funun ul-balog’a» asarida ushbu bayt manbai ko’rsatilmagan bo’lsa-da, asarni nashrga tayyorlovchilar uning «Gul va Navro’z» asaridan olinganlini qayt etib o’tganlar. Biroq bu bayt asar matnida mavjud emas. Baytning vazni (sari`i musaddasi matviyi makshuf) uning Haydar Xorazmiy qalamiga mansub bo’lgan yana bir asar – «Maxzan ul-asror» dan olinganini ko’rsatadi.
«Funun ul-balog’a» asarining to’rttinchi, ya`ni aruz vazni masalalariga bag’ishlangan qismida hazaj bahrida yozilgan asarlar sanalib o’tilar ekan, Mavlono Haydarning «Gul va Navro’z» asari ham shu bahrda ekanligi ta`kidlab o’tilgan. Misol tariqasida quyidagi uch bayt keltirib o’tiladi:
O’shul kunlarni vaqtim erdi darham,
Buzulg’an bu ko’ngilda ming tuman g’am.
Parishonlik bila holim mushavvash,
Tiriklik nomulayim, umr noxush.
Na bir mahramkim, ul hamroz bo’lg’ay,
Na bir hamdamkim, ul damsoz bo’lgay.20
Ushbu baytlar «Gul va Navro’z» asarining «Sababi nazmi kitob» (Kitobning yozilish sababi) bobining boshlanish qismida berilgan.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish